O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA o'rta MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Toshkent DAVLAT AVIATSIYA INSTITUTI AVIAKOINOT fakultetI «UChISh APPARATLARINING AERODINAMIKASI VA SINOVLARI» kafedraSI A. R. KARIMOV «Aerodinamika» fanidan ma'ruzalar matni 5840100 radiotexnika va elektrotexnika yo'nalishlari bo'yicha oliy ta'lim mutaxasisligi ( bakalavr ). Toshkent - 2006 y Aerodinamika fanidan ma'ruzalar matni. «» 200 y (bayonnoma № ) kafedra majlisida muxokama qilingan va maqullangan. «U A A va S» kafedrasi mudiri t. f. d. prof. Kucherov V. P. Takrizchi t. f. n. dots. Umarov E. O. AKF o'quv-uslubiy kengashi tomonidan ko'rib chiqilgan va institut doirasida nashr qilishga maqullangan. (bayonnoma № «» 200 y). Kengash raisi dots. Xidoyatov A. V. UDK 533.6 (075) Karimov A.R. «Aerodinamika» fanidan ma'ruzalar matni 5840100 radiotexnika va elektrotexnika yo'nalishlari bo'yicha oliy ta'lim mutaxasisligi (bakalavr). T. TDAI nashri, 200 y., varok. Aerodinamika fanining asoslari yoritilgan. Ushbu ma'ruzalar matnida aerodinamika fanining nazariy va amaliy asoslari, suyuqlik muxutining qisqa nazariy asoslari, tajribaviy aerodinamika, aerodinamik o'xshashlik nazariyasi, uchish apparatlarining gemetrik va aerodinamik tavsiflari, uchish apparatlarini ko'tarish kuchini ifodalavchi tenglamalar va ularning baholash usullari keltirilgan. KIRISh Aerodinamika fani asosan odomzodning amaliy ishlarni bajarishida, yani havodan ogir bo'lgan apparatlarda parvoz qilish maqsadida qilingan harakatlari aerodinamikani rivojlanishiga sababchi bo'lgan. Bunday ishlarni amalga oshirish uchun havoda harakat qilayotgan apparatga ta'sir kuchlarini va momentlarini aniqlash kerak bo'lgan.ayniqsa apparatni havoda uchish va ko'tarish kuchlarini aniqlash asosiy masala hisoblangan. Aerodinamika uzining boshlang'ich rivojlanishi davrida past oqim tezliklar qonunlarini o'rganish bilan chegaralangan, chunki uchish apparatlari past uchish tezliklarga ega bo'lgan. Keyinchalik artilleriya, raketa texnikasi va yuqori tezliklarda uchadigan apparatlar paydo bo'lishi sababli aerodinamikani yuqori tezliklar qonunlarini o'rganishini rivojlanishiga olib keldi. Bu soha aerodinamikani maxsus yo'nalishlaridan bo'lib «Gazodinamika» diyiladi. Ushbu ma'ruzalar matnida aerodinamikaning asosiy tushunchalari va qonunlari, suyuqlik muxutining qisqa nazariy asoslari, uchish apparatlaring geometrik va aerodinamik tafsilotlari, aylana shakiliga ega bo'lgan jismlarning geometrik va aerodinamik tafsilotlari, uchish apparatlarini ko'tarish kuchini ifodalavchi tenglamalar keltirilgan. ma'ruza - 1 Mavzu. Aerodinamikaning asosiy tushunchalari. ma'ruzaning dasturi. Aerodinamikani o'rganadigan fani, aerodinamikani yo'nalishlari, yer atmosferasining tizimi. Kalit so'zlar: Aerodinamika, gazodinamika, nazariy, amaliy, yuqori tezlik, geprtovush, idial, past bosim, atmosfera, harorat, azon qatlami, gaz aralashmalari, balandlik, zichlik. 1. Aerodinamikani asosiy tushunchalari. 1.1. Aerodinamikani o'rganadigan fan va uning asosiy yo'nalishlari. Aerodinamika yunoncha so'zdan olingan bo'lib, aero - havo va dinamika - kuch ta'siri degan manoni bildiradi va Nyuton mexanikasining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Arodinamika fani tashqi va ichki kuchlar ta'sirida havoning harakat qonunlarini o'rganadi. qisqa qilib aytganda muxutda harakat qilayotgan jism bilan havoning uzora ta'sir kuchlarini ifodalavchi ...

Joylangan
14 Sep 2022 | 20:59:26
Bo'lim
Aviatsiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
332 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 22:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 Sep 2022 [ 20:59 ]
Bo'lim
Aviatsiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
332 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 22:58 ]
Arxiv ichida: doc