Aerodinamikaning asosiy tushunchalari referat

Aerodinamikaning asosiy tushunchalari referat

O'quvchilarga / Aviatsiya
Aerodinamikaning asosiy tushunchalari referat - rasmi

Material tavsifi

MA'RUZA - 2 Mavzu: Aerodinamikaning asosiy tushunchalari. ma'ruzaning dasturi: Yuza kuchlari, qovushqoqlikning suyuqlik harakatiga ta'siri, aerodinamik kuch va arodinamik momentlarni tashkil qiluvchi qiymatlar. Kalit so'zlar: Aerodinamika, yuza, kuch, normal, urinma, oqim, tezlik, massa markazi, zichlik, bosim, harorat, qovushqoqlik, adiabata, laminar, turbulent, tebranish tezligi, moment, gaz oqimi, qarshilik, ko'tarish, aylana, suzish, ogish, boshqaruv tizimi. 1. Aerodinamikaning asosiy tushunchalari (1 mavzuning davomi). 1.3. Yuza kuchlari. Aerodinamikada yuza kuchlari degan tushuncha kiritilgan. Bu kuchlarni paydo bo'lishi sabablarini tushunush uchun uzluksiz qovushqoq gaz muhitida harakat qilayotgan qattiq jismni ko'rib chiqamiz (rasm-1.1.). Jismning yuza atrofidan oqib o'tayotgan gaz muhiti tufayli, jismning tashqi yuzasida ta'sir kuchlari paydo bo'ladi. Rasm - 1.1. da belgilash uchun ko'rsatilgan xarflar quyidagi qiymatlarni ifodalaydi: - S jismning umumiy yuzasi; - dS jismning ixtiyoriy tanlab olingan cheksiz kichik yuzasi; - V jismning harakat tezligi; - V* gaz muhitining cheksizlikdagi harakat tezligi; - Rn yuzaga ta'sir qilayotgan normal kuch. Bu kuch gaz muhitining bosimi natijasida paydo bo'ladi va jism yuzasiga perpendikulyar holda vektor yo'nalishga ega; - Ru yuzaga ta'sir qilayotgan urinma kuch. Bu kuch gaz muhitining harakati tufayli, jism yuzasiga ishqalanishi natijasida paydo bo'ladi va jism yuzasiga urinma holda vektor yo'nalishga ega; - R umumiy bosh kuch, normal Rn va urinma Ru kuchlarning vektor yig'indisiga teng; - M.M. jismning massa markazi. Gaz muhitini harakatini quyidagi qiymatlar bilan ifodalasa bo'ladi: - V gaz oqimining tezligi; - R gaz oqimining bosimi; - gaz oqimining zichligi; - T gaz oqimining harorati. Bu qiymatlardan tashqari gaz muhitining fizik xossalari xam oqim harakatiga ta'sir kursatadi yani: - gaz muhitining kinimatik kavushkoklir koeffitsiyenti; - issiqlik almashuv koeffitsiyenti, - k = SrSv adiabata ko'rsatkichi; - Sr va Sv gaz muhitining izobar va izaxor issiqlik sigimlari. 1.4. qovushqoqlikning suyuqlik harakatiga ta'siri. qovushqoqlik tufayli suyuqlikning harakati ikki xil oqimga ega bo'ladi, «Laminar» va «Turbulent» oqimlar. Laminar oqim - bu qatlamli oqim bo'lib oqim chiziqlari bir biri bilan aralashmasdan bir teks yo'nalishda harakat qiladi (rasm-1.2) Laminar oqim suyuqlikning past tezliklarida kuzatiladi. suyuqlik harakatini tezligini o'sishi laminar oqimning muvozanatini buzulishiga olib keladi va oqimning teks harakati noteks harakatga o'ta boshlaydi, natijada turbulent oqim paydo bo'ladi. Turbulent oqim noteks harakatda bo'lib, qatlamlar oqim chizigi qo'shimcha tebranish harakatiga ega bo'ladi. Shu sababli katlamlarni muvozanatli teks oqimi buzilib bir biri bilan aralashadi va noteks har xil yo'nalishga ega bo'lgan oqim harakati paydo bo'ladi (rasm-1.3). Turbulent oqimni kinematikasini o'rganishda oqimning o'rtacha tezligi tushunchasidan foydalaniladi, yani oqimning o'rtacha statistik tezligi (UST). x - uki uchun UST ni quyidagi tenglama ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Aviatsiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 236 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 22:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Aviatsiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 236 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga