ma'ruza №6 Mavzu: Qanotga ta'sir qiluvchi tashqi kuchlar. Qanot qulochi bo'yicha tashqi kuchlarni aniqlash Reja Samolyot qanotiga ta'sir qiluvchi tashqi kuchlarni aniqlash. Qanot qulochi bo'ylab ta'sir qiluvchi kuchlarning tasimlanishi. Qanotning nayzasimonligini hisobga olish. Samolyot qanotiga ta'sir qiluvchi tashqi kuchlarni aniqlash. Umumiy holda qanotga quyidagi kuchlar ta'sir qiladi: aerodinamik kuchlar, qanot og'irligidan hosil bo'lgan massa kuchi va qanotda joylashgan yuklar og'irligidan hosil bo'lgan jamlangan (nuqtaviy) massa kuchlari. 1a - rasmda katta Max soniga ega, hujum burchagi musbat bo'lganda, 1b - rasmda esa hujum burchagi manfiy bo'lganda qanotiga ta'sir qiluvchi tashqi kuchlar ko'rsatilgan. a) b) 1- rasm Yuklanish qiymatlarini aniqlash. Samolyot og'irligini G, ekspluatatsion ortiqcha yuklanganlik ne va xavfsizlik koeffitsiyentlarini ƒ bilgan holda, qanotning hisobiy ko'tarish kuchi qiymatini quyidagi formula orqali aniqlashimiz mumkin: (1) To'liq havo yuklanishi qiymati quyidagicha aniqlanadi: (2) Bu yerda qanotning qarshilik kuchi; qanotning ko'tarish kuchi. 2-rasm Taxminan cosα = 1,0 deb olishimiz mumkin, bunda Qanot og'irligidan hosil bo'lgan hisobiy massa kuchi quyidagicha bo'ladi: (3) Qanotda joylashgan yuklar og'irligidan hosil bo'lgan jamlangan (nuqtaviy) hisobiy massa kuchlari quyidagicha aniqlanadi: (4) Bundan kelib chiqqan holda, qanotga ta'sir qiluvchi yig'indi kuch quyidagicha bo'ladi: (5) Qanot qulochi bo'ylab ta'sir qiluvchi kuchlarning tasimlanishi. Avval aerodinamik pogon kuchlarni keyin esa qanotda joylashgan yuklar og'irligidan hosil bo'lgan jamlangan (nuqtaviy) massa kuchlarini aniqlaymiz. Qanot buralishini hisobga olmagan holdagi aerodinamik pogon kuchlarining taqsimlanishi. To'g'ri qanotlarda aerodinamik pogon kuchlari nisbiy tserkulyatsiyaga proportsional ravishda taqsimlanadi. Qanot bir birlik uzunligida aerodinamik pogon kuchlari quyidagicha aniqlanadi. (6) 3-rasm Ko'tarish kuchi quyidagicha aniqlanadi. (7) bu yerdan tezlik bosimi (8) (6) formuladagi tezlik bosimi q o'rniga (8) formuladagi qiymatini qo'ysak, quyidagini olamiz: (9) (9) formulani boshqacha yozish mumkin: (10) bu yerda - qanotning nisbiy tserkulyatsiyasi, va u quyidagicha belgilanadi Hisobiy aerodinamik pogon kuchlari aniqlash uchun (10) formulani quyidagicha yozamiz: (11) bu yerda o'rta geometrik xorda; L - qanot qulochi; susech - kesimdagi qanotning ko'tarish kuchi koeffitsiyenti; sukr - qanotning ko'tarish kuchi koeffitsiyenti; bsech - kesimdagi qanot xordasi; Gpr - to'g'ri qanotlarning qulochi bo'ylab nisbiy tserkulyatsiyasi. Qanotning nisbiy tserkulyatsiyasi ko'tarish kuchi koeffitsiyentining su qanot qulochi L va nisbiy torayishi bo'yicha o'zgarishini hisobga oladi. 1 - rasmda bog'liklik aks etgan. bu yerda z - qanot yarim qulochi L2 bo'ylab kesimlar koordinatasi; nisbiy torayish. 4-rasm Qanotning nayzasimonligini hisobga olish. Nayzasimon qanotlarda aerodinamik pogon kuchlar to'g'ri qanotlarga nisbatan boshqacha taqsimlanadi. To'g'ri (musbat) nayzasimonlik qanot uch qismida yuklanishni ko'paytiradi, fyuzelyajga yaqin qismida esa kamaytiradi. Teskari (manfiy) nayzasimonlik esa teskari, yani qanot uch qismida yuklanishni kamaytiradi, fyuzelyajga yaqin qismida esa ...

Joylangan
14 Sep 2022 | 20:59:26
Bo'lim
Aviatsiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
290.05 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 22:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 Sep 2022 [ 20:59 ]
Bo'lim
Aviatsiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
290.05 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 22:58 ]
Arxiv ichida: doc