Amaliy mashg'ulot № 2. Samolyotlar tasnifi (klassifikatsiyasi) A. Samolyotlarning yaratilish maqsadlariga ko'ra tasnifi. Samolyot turlarining ko'pligi, ulardan xalq xo'jaligi va har bir sohalarda foydalanilishi, konstruktiv va aerodinamik jihatlardan xilma-xil ekanligi nazarda tutilsa, samolyotlarni tasniflash maqsadga muvofiqligini etirof etish mumkin. Birinchi navbatda, samolyotlar o'z vazifalariga qarab fuqaro aviatsiyasi va harbiy aviatsiya samolyotlariga bo'linadi. Fuqaro aviatsiyasi samolyotlarining tasnifi 1-rasmda keltirilgan. xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO - ICAO International Civil Aviation Organization) ning me'yoriy hujjatiga muvofiq uchish vazni 5750 kgdan kam bo'lgan samolyotlar «yengil» samolyotlar toifasiga kiradi. Ushbu samolyotlarni «maxsus» samolyotlar va «o'quv-mashq va sport» samolyotlar turkumlaridan tashkil topgan deb qarash mumkin. hozirda «maxsus» samolyotlarning turlari juda ko'plab ishlab chiqarilmoqda. Sanitar aviatsiyasi samolyotlari, qishloq xo'jalik samolyotlari, 6…10 yo'lovchiga mo'ljallangan ma'muriy (administrativ) samolyotlar, geologiya-qidiruv, geodeziya va kartografiya, havodan turib nazorat qilish, ekologik tadqiqotlar olib borish va h.k. vazifalarni bajarish uchun yengil samolyotlar, «maxsus» samolyotlar turkumini tashkil etadi. Uchish vazni 5750 kgdan yuqori bo'lgan samolyotlar «transport» toifasidagi samolyotlar hisoblanadi. Bu toifadagi samolyotlarning aksariyat qismi magistral yo'lovchi samolyotlarning yuk tashishga mo'ljallangan maxsus modifikatsiyalardan iborat: DC-10F, B-747F, Il-96T, A-300F, MD-11F… (bu yerda lotincha F xarfi - inglizcha freighter so'zining bosh harfi, so'zning manosi «yuk tashuvchi kema» (gruzovoe sudno)). Bazan harbiy-transport samolyotlardan ham foydalaniladi: Il-76T, Il-76MF, An-124 (Ruslan). Rasm 1. Fuqaro aviatsiyasi samolyotlarining tasnifi. Yo'lovchi tashuvchi samolyotlar ikki turga - mahalliy havo yo'llari uchun mo'ljallangan samolyotlar va magistral samolyotlar turlariga bo'linadilar. O'z navbatida, uchish masofasiga qarab, magistral samolyotlar to'rt turdan iborat: yaqin, o'rta, uzoq va qitalararo masofalarga ucha oluvchi magistral yo'lovchi samolyotlar. harbiy samolyotlar bajarilishi lozim bo'lgan harbiy vazifalarga muvofiq quyidagi turlarga bo'linadi: qiruvchi aviatsiya - dushman samolyotlarini qirish, yerdagi qo'shinlarni, inshoat va harbiy obyektlarni himoya etish; bombardimonchi aviatsiya - dushman ichkarisidagi harbiy texnika obyektlarini yo'qotish; harbiy-transport aviatsiyasi - askarlar (desant) va harbiy texnikalarni kerakli manzilga yetkazish; qidiruv (razvedka) aviatsiyasi; kemalarga qarshi kurashish aviatsiyasi; kema palubasidan uchib-qo'nuvchi aviatsiya; shturmchi aviatsiya - dushman qurolli kuchlari va harbiy texnikasini yakson qilish. Yuqoridagilardan tashqari maxsus harbiy samolyotlar ham mavjud. Masalan, qurolli kuchlarni havodan turib boshqarish imkonini beruvchi, AWASS (Airborne Warning and Control System) tizimidagi maxsus uchuvchi komanda punkti samolyotlari, vertikal uchib-qo'nish imkoniyatlariga ega harbiy samolyotlar va h.k. B. Samolyotlarning aerodinamik sxemalariga ko'ra tasnifi. Samolyotlarning aerodinamik sxemasi samolyotning asosiy tashuvchi sirti - qanot bilan muvozanatlovchi aerodinamik yuzalar (asosan, gorizontal muvozanatlovchi aerodinamik yuza)ning o'zaro bir-biriga nisbatan joylashuviga qarab aniqlanadi. Samolyotlar aerodinamik sxemalariga qarab uch turga bo'linadilar: 1. Normal (klassik) sxema. Bunda, muvozanatlovchi aerodinamik yuzalar (GMAYu, VMAYu) qanotdan keyin (yani, fyuzelyajning dum qismida) joylashadi ...

Joylangan
14 Sep 2022 | 20:59:26
Bo'lim
Aviatsiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
137.73 KB
Ko'rishlar soni
288 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 22:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 Sep 2022 [ 20:59 ]
Bo'lim
Aviatsiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
137.73 KB
Ko'rishlar soni
288 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 22:58 ]
Arxiv ichida: doc