Samolyot yuklanishining asosiy hisobiy holatlari referat

Samolyot yuklanishining asosiy hisobiy holatlari referat

O'quvchilarga / Aviatsiya
Samolyot yuklanishining asosiy hisobiy holatlari referat - rasmi

Material tavsifi

ma'ruza №5 Mavzu: Mustahkamlik normalari. Xavfsizlik koeffitsiyenti. Samolyot yuklanishining asosiy hisobiy holatlari Reja. Samolyotlarni sinflarga bo'lish. Havfsizlik koeffitsiyenti. Samolyot yuklanishining asosiy hisobiy holatlari. Samolyotlarni sinflarga bo'lish Barcha samolyotlarni uchish vazni va tezligiga qarab uchta sinfga bo'lish mumkin bo'ladi: A sinf - manevrli samolyotlar. Bu sinf samolyotlariga tik sho'ng'uvchi va har xil manevrlar bajaruvchi samolyotlar (qiruvchi va akrobatik sport samolyotlari) kiradi. Bu sinfdagi samolyotlarga ko'p yuk olish va uzoq masofaga uchish kabi talablar qo'yilmaydi. Ular uchun , uchuvchining fiziologik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi =(6…8). B sinf - chegaralangan manevrli samolyotlar. Bu sinf samolyotlariga tik sho'ng'imaydigan va manevrlarni asosan gorizontal parvozda bajaruvchi samolyotlar (front bombardimonchi va shturmchi samolyotlar) kiradi. V sinf - manevrga layoqatsiz samolyotlar. Bu sinf samolyotlariga katta miqdordagi yuk bilan uzoq masofaga uchish imkoniyatiga ega samolyotlar (yo'lovchi va yuk tashuvchi fuqaro aviatsiyasi samolyotlari, harbiy-transport samolyotlari, strategik bombardimonchi samolyotlar) kiradi. Samolyot uchish vazni G va maksimal bosim tezligiga qmax qarab, har qaysi samolyot turiga maksimal ekspluatatsion ortiqcha yuklanish nemax qiymati beriladi. Shunday ekan, bu yerda, G - samolyot uchish vazni; - gorizontal parvoz paytidagi maksimal bosim tezligi. O'rta va og'ir transport samolyotlari uchun ekspluatatsion ortiqcha yuklanishni notinch havoda aniqlash tavsiya qilinadi. Har qaysi samolyot turi uchun, ekspluatatsion ortiqcha yuklanish nemax qiymati mustahkamlik me'yorlarida beriladi. Yo'lovchi tashuvchi va o'quv-mashq samolyotlari uchun ekspluatatsion ortiqcha yuklanish nemax taxminiy qiymatlarini 1-jadvalda keltiramiz. 1 - Jadval Bundan tashqari 2-jadvalda samolyotda oliy pilotaj figuralarini bajarishdagi ortiqcha yuklanish qiymatlari keltirilgan 2 - Jadval 1 va 2 jadvallardan, oliy pilotaj figuralarini bajarishdagi ortiqcha yuklanish qiymati 6 - 7 dan oshmasli ko'rinib turibdi. Havfsizlik koeffitsiyenti va uning qiymatlari. koeffitsiyenti bezopasnosti vvoditsya dlya obespecheniya opredelennogo urovnya bezopasnosti konstruktsii ot deystviya maksimalnix nagruzoq s uchetom rasseyaniya velichin vneshnix nagruzoq, deystvuyushix na konstruktsiyu, i razbrosa nesushix svoystv konstruktsii v svyazi s dopustimimi otkloneniyami texnologicheskix protsessov i mexanicheskix xarakteristik materialov. Samolyotga parvoz paytida yoki qo'nish va yerda harakatlanishi davomida ta'sir qiluvchi tashqi kuchlar haqiqiy (ekspluatatsion) kuchlar deb ataladi. Samolyotning ekspluatatsiyasi jarayonida, ta'sir etishi mumkin bo'lgan kuchlar ta'sirida, uning konstruksiya elementlarida qoldiq deformatsiyalar bo'lmasligi uchun, konstruksiya elementlarida hosil bo'luvchi kuchlanishlar, konstruksiya elementlari materiallarining mustahkamlik (oquvchanlik) chegaralaridan oshmasligi kerak. Havfsizlik koeffitsiyenti, samolyotga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan maksimal ekspluatatsion kuch, sindiruvchi kuchdan necha baravar kattaligini ko'rsatadi: gde Rrazr - «sindiruvchi» (hisobiy) kuch; Remax - ekspluatatsiya mobaynida ta'sir etuvchi eng katta kuch; ƒ - havfsizlik koeffitsiyenti. Samolyotsozlikda, konstruksiyalar va ularning elementlarini mustahkamlikka hisoblash, «sindiruvchi» kuchlar asosida olib boriladi. Ekspluatatsiya davomida ta'sir etuvchi kuchlardan, «sindiruvchi» (hisob) kuchlarini aniqlashda, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Aviatsiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 240.24 KB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 22:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Aviatsiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 240.24 KB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga