Samolyotlar haqida umumiy tushunchalar referat

Samolyotlar haqida umumiy tushunchalar referat

O'quvchilarga / Aviatsiya
Samolyotlar haqida umumiy tushunchalar referat - rasmi

Material tavsifi

Samolyotlar HaQida umumiy tushunchalar 1.1. Samolyot va aviatsiya kompleksi. Samolyot - bu, parvozi aerodinamik prinsipga asoslangan, havodan og'ir uchish apparati (UA). Samolyotning uchishini ta'minlash uchun, unda, havo muhiti ta'sirida ko'tarish kuchi hosil qiluvchi qanot, muvozanatlovchi gorizontal va vertikal aerodinamik yuzalar, asosiy boshqarish organlari - yo'nalish, balandlik hamda og'ish rullari (eleronlar), havoda muayyan tezlik bilan harakatlanishni taminlovchi kuch qurilmalar - dvigatellar mavjud. Uchish va qo'nish, aerodromda harakatlanish uchun samolyot maxsus tayanchlar tizimi - shassi bilan ta'minlangan. Bulardan tashqari, samolyot, uning vazifasiga muvofiq maxsus jihozlar va boshqarish tizimlariga ega. Shunday qilib, samolyot murakkab texnik qurilma va jihozlar majmuasidan iboratdir. Samolyotning funksional tuzilish sxemasi 1-rasmda keltirilgan (ilovaga qarang). Unga muvofiq, samolyotni shartli ravishda uch qismdan tashkil topgan deb qarash mumkin. Birinchi qismga - samolyot konstruksiyasi, yani uning asosiy qismlari (agregatlari): qanot, fyuzelyaj, muvozanatlovchi aerodinamik yuzalar va shassi kiradi. O'z navbatida har bir agregat ayrim konstruktiv elementlardan tashkil topgan. Ikkinchi qismga - samolyotning jihozlar va boshqarish tizimlari majmuasi kiradi. Har bir samolyotda quyidagi komplekslar mavjud: pilotaj - navigatsiya kompleksi; radio-radiolakatsiya kompleksi; avtomatik - bort boshqarish tizimi kompleksi; elektr jihozlar kompleksi. Bulardan tashqari, samolyotni boshqarish tizimi, hayot ta'minoti tizimi, hamda, samolyotning vazifasiga muvofiq ayrim maxsus tizimlar ham mavjud bo'lishi mumkin. Va nihoyat, samolyotning uchinchi qismi - kuch-qurilmalar tizimlari. Bunga birinchi navbatda dvigatellar, ularni boshqarish va yoqilg'i bilan ta'minlash tizimlari, hamda yong'in xavfsizligi va sovutish tizimlari kiradi. Yuqorida keltirilganlar samolyotning bo'sh vaznini tashkil etadi. Albatta, har bir samolyot malum miqdordagi foydali yukni kerakli masofaga yetkazish imkoniyatiga egadir. Shuning uchun samolyotning umumiy (uchish) vazniga, samolyot olayotgan foydali yuk, parvoz davomida sarflanuvchi va zahira yoqilg'i, hamda, ekipaj a'zolari va kerakli anjomlar kiradi. Zamonaviy samolyotlar, etarli darajada takomil bo'lishiga qaramasdan, o'z vazifalarini amalga oshirishlari uchun yerdagi maxsus boshqarish va texnik tizimlar xizmatiga muhtojdirlar. Bu holat, samolyotni yuqori darajadagi tizim - aviatsiya kompleksi (AK)ning bir elementi deb qarash imkoniyatini beradi. Aviatsiya kompleksi bu insonlar tomonidan boshqariluvchi, o'zaro funksional bog'liq bo'lgan, samolyotlar va boshqarish, ta'minot va axborot bo'limlaridan iborat texnik tizimlar majmuasidir. AK ning funksional tuzilishi 2-rasmda keltirilgan. Unda samolyotlar AK ning asosiy bo'limini tashkil etadi. O'z navbatida aviatsiya kompleksini, undan xam yuqoriroq ierarxik bosqich bo'lgan - transport tizimining bir elementi deb qarash mumkin. Ushbu tizim o'z ichiga AK bilan bir qatorda boshqa transport tizimlarini (avtomobil, temir yo'l, suv transporti) o'z ichiga olishi mumkin. AK tarkibidagi samolyotlar o'z funksional vazifalarini yuqori darajada bajarishlari uchun, samolyot jihozlari tizimlari va yerdagi texnik qurilmalar tizimlari parametrlari va xarakteristikalari o'zaro muvofiq bo'lishi kerak. Masalan, samolyot ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Aviatsiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 370.18 KB
Ko'rishlar soni 260 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 22:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Aviatsiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 370.18 KB
Ko'rishlar soni 260 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga