Uchish apparatlari mustahkamligi fani mazmuni, tizimlari referat

Uchish apparatlari mustahkamligi fani mazmuni, tizimlari referat

O'quvchilarga / Aviatsiya
Uchish apparatlari mustahkamligi fani mazmuni, tizimlari referat - rasmi

Material tavsifi

ma'ruza № 1 Mavzu: Kirish. Fanning mazmuni, fanlar bilan bog'likligi va rivojlanish tarixi. Fanda ko'riladigan tizimlar. Reja Fanning mazmuni, fanlar bilan bog'likligi va rivojlanish tarixi. Fanda ko'riladigan tizimlar. Fanning mazmuni, fanlar bilan bog'likligi va rivojlanish tarixi. «Uchish apparatlari mustahkamligi» fanining maqsadi - yangi uchish apparatlarini ratsional loyihalash, to'g'ri hisoblash uchun, uchish apparatlari konstruksiyalarini mustahkamlikka, bikirlikka va ustivorlikka hisoblash usullarini o'rganish va ishlab chiqishdan iborat. Qurilmalarni mustahkamlikka, bikirlikka va ustivorlikka hisoblashni o'rganuvchi ilm UA qurilish mexanikasi va mustahkamligidir. Mustahkamlik (prochnost) bu - qurilma va uning elementlarining malum bir yuklanishni qabul qiilish qobiliyatidir. Bikirlik (jestkost) bu - qurilma va uning qismlarining tashqi kuch ta'sirida malum bir qiymatdan oshmagan holda deformatsiyalanishi va siljish qobiliyatidir. Barqarorlik (ustoychivost) bu - qurilmaning malum bir chegaradagi yuklanishda o'zining muvozanat shaklini saqlab qolish qobiliyatidir. Fanda qo'riladigan tizimlar. Konstruksiya hisobi quyidagi bosqichlardan iborat: tashqi yuklarni aniqlash; konstruksiyaning geometrik o'zgarmasligini tekshirish; konstruksiya elementlardagi ichki kuchlarni aniqlash; kesimni hisoblash. UA mustahkamligi fani Nazariy mexanika va Materiallar qarshiligi fanlari bilan chambarchas bog'liq. Fanda sterjenli tizimlar, plastinalar va qobiqlar ko'rib chiqiladi. Sterjenli tizimlarga: to'sinlar, fermalar, ramalar va ularning aralashmalaridan hosil bo'lgan aralash sterjenli tizimlar kiradi Fermalar. Uchlari sharnirli mahkamlangan sterjenlardan tuzilgan geometrik o'zgarmas tizimga ferma deyiladi. Fermalarga misol. Ramalar. Rama deb, uchlari bikr mahkamlangan sterjenli tizimga aytiladi. Rama konstruksiyasi elementlari asosan egilishga ishlaydi. Aralash sterjenli tizimlar to'sin va ferma elementlaridan yoki ferma va rama elementlaridan tashkil topgan bo'ladi. Aralash tizimlarga misollar: Plastinalar Plastina deb, qalinligi boshqa 2 ta o'lchamlaridan ancha kam bo'lgan prizma shaklidagi qayishqoq jismga aytiladi. Plastinalar mahkamlanmagan va mahkamlangan bo'ladi. Normal va urinma kuchlanishlarga ishlaydi. Mahkamlangan plastinalar samolyot konstruksiya elementlarida ko'p uchraydi. Bunaqa plastinalar odatda qalinligi kichik, shuning uchun ularni faqat surilishga ishlaydi deb hisoblanadi. Qobiqlar. Qobiqlar deb, oralaridagi masofa boshqa o'lchamlariga nisbatan kichik bo'lgan 2 ta egri chiziqli yuzalar bilan chegaralangan qayishqoq jismga aytiladi. Misollar: Mahkamlanmagan qobiqlar: Mahkamlangan qobiqlar: Qobiqlar barcha turdagi kuchlarga yaxshi ishlaydi va konstuksiya yuzasini hohlagan tashqi shaklini hosil qilishda ishlatiladi. Nazorat savollari. 1. Mustahkamlik nima ? 2. Bikirlik nima ? 3. Barqarorlik nima ? 4. Ferma nima? 5. Rama nima? 6. Plastina nima? 7. Qobiq nima? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Aviatsiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 395.68 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 22:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Aviatsiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 395.68 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga