ANTROPOGEN OMILLARNING TUPROQ MIKROORGANIZMLARGA TA'SIRI REJA: 1. Tuproqning biotik omillari 2. Insonning tuproqga ta'siri va uning asosiy shakllari. 3. Tuproqlarning tabiat va jamiyatdagi roli. 4. Tuproqning og'ir metallar bilan ifloslanishi. 5. Radioaktiv chiqindilari bilan tuproqning ifloslanishi. 6. Tuproqning sho'rlanish va uning turlari. 7. Tuproqning sho'rlanish va botqoqlanishidan muhofaza qilish. 8. Tuproqning ifolslanishi va uni muhofaza qilish. Tuproqning biotik omillari .Tuproqda o'simliklar va hayvonlaming parchalanishidan qolgan qoldiqlaridan tashqari yana yuqori o'simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan har xil mikro va makroorganizmlar ko'plab uchraydi. Ana shu xildagi organizmlami Yu.Odum (1975) quyidagi guruhlarga ajratadi: Mikrobiota - bakteriyalar, zamburug''lar, tuproq suvo'tlari va sodda hayvonlar; Mezobiota - nematodlar, kanalar, kichik hasharot va boshqa organizmlaming lichinkalari; Makrobiota - o'simlikiaming ildizlari, yirik hasharotlar, yomg'ir chuvalchanglari. Shular orasida eng muhim ekologik ahamiyatga ega bo'lganlari tuproqdagi xlorofilsiz organizmlar (bakteriyalar, zamburug''lar, aktinomitsetlar, infuzoriyalar, amyobalar, qorinoyoqlilar va boshq.) hisoblanadi. Mikrorganizmlar kul moddasi va azot ko'p bo'lgan bog'-rog'lar va shunga o'xshash madaniy tuproqlarda juda ko'p miqdorda boiadi. Ildiz va uning atrofidagi tuproqlar mikroorganizmlarga, ayniqsa boydir (rizosfera). Mikroorganizmlar miqdori faqatgina tuproq strukturasigagina emas balki o'simlik turiga ham bogiiq. Lyupin, beda, sebarga, no'xat va shu kabi dukkakli o'simliklar rizosferasi, ayniqsa mikroorganizmlarga- boy hisoblanadi. Masalan, beda yetishtiriladigan 1 g tuproqda 50-100 mlrd gacha bakteriyalar boladi (M.A.Krasilnikov, 1958). 0 'sha muallifning aytishicha g'o'za ildizida azotobakteriyalar beda ildizidagiga qaraganda ancha kam boiadi. Lekin uning ildizida vilt kasalligini qo'zg'atuvchi zamburug'iar (Verticiluum dahliae, Fusarium fasinfectum) ko'p uchraydi. Timofeyevka javdar kabi o'simliklar ildizlarida esa diatom suvo'tlari, lyupin, sebarga rizosferalarida yashil suvo'tlari, kartoshka rizosferasida esa ko'k yashil suvo'tlari yashaydi. Rizosferalardagi mikroorganizmlar miqdori o'simliklaming yashashiga va rivojlanish fazalariga ham bogiiq boiadi. Yosh o'simliklaming gullash davridan oldin mikroorganizmlar, ayniqsa, ko'p boiadi. Chunki, aynan shu davrda mikroorganizmlaming o'sishini va rivojlanishini tezlatuvchi organik moddalar ildizlar tomonidan ko'p hosil boiib turadi. Shuni ta'kidlash lozimki, tuproqning gumusli qavatida mikroorganizmlar ko'p boiadi. A.N.Krasilnikovning yozishicha (1958) tuproqning haydaladigan qavatida gektariga 10 t. ga to'g'ri keladigan bakteriyalar, zamburug'iar, suv o'tlari, aktinomitsetlardan tashkil topgan tirik massa uchrar ekan. Bundan tashqari, haydaladigan tuproqlarda gektariga taxminan 600-664 ming dona yomgir chuvalchangi to 'g'ri keladi (Olimjonov, 1946). Yuksak agrotexnik qoidalarga amal qilingan yerlarda esa ulaming miqdori bir tonnagacha boradi. Ulaming bir yil davomida ovqat hazm qilish tizimidan o 'tkazgan tuprogi gektariga 12 tonnadan 100 tonnagacha yoki 7 mm qilinlikdagi tuproqni tashkil etadi. Shunday qilib, yuqori o'simliklar rizosferasi tuproqning organik va mineral birikmalarini parchalab turadigan mikroorganizmlaming yashashi uchun eng qulay zona hisoblanar ekan. Gumus qavatida ko'pincha bakteriyalar ko'p uchraydi lekin suvo'tlari, zamburug'iar va aktinomitsetlar ham ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.91 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.91 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:24 ]
Arxiv ichida: docx