Asosiy ekologik omillar

Asosiy ekologik omillar

O'quvchilarga / Biologiya
Asosiy ekologik omillar - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Yorug'likning organizmlarga ta'siri. 2. Haroratning organizmlarga ta'siri. 3. O'simlik va hayvonlarning harorat o'zgarishiga moslashuvi. 4. O'simliklarning namlikka moslashishi. 5. Hayvonlarning namlikka moslashishi. 6. Havo va edafik omillar. .1. Asosiy ekologik omillarning xususiyatlari.Cheklovchi omillar. Miqdor jihatdan turning chidamlilik chegarasidan chiqadigan ekologik omilga cheklovchi omil deyiladi.Bunday omil boshqa barcha omillar ta'siri yashash uchun eng qulay bo'lgan vaqtda ham turning tarqalishini cheklab turadi. Cheklovchi ekologik omillar tur tarqalishining geografik arealini belgilaydi va organizmlar rivojlanishining avvalam bor moddalarning yetishmasligi yoki haddan tashqari ko'pligi uchun cheklab qo'yishi mumkin. Ekologik omillarning ta'sir qilish xususiyati ma'lum sharoitda o'zgarishi mumkin, ya'ni ular cheklovchi bo'lishi ham bo'lmasligi ham mumkin. Nemis agroximik olimi Yu. Libix minimum qonunini yaratdi: ya'ni hosil (mahsulot) minimumda omilga bog'liq bo'ladi. Lekin Yu. Libixning minimum qonuni cheklangan ta'sirga ega va kimyoviy moddalarning ma'lum miqdorida namoyon bo'ladi, chunki hosil faqat bitta omil ta'siriga emas, balki o'simlik hayotiga ta'sir ko'rsatuvchi harorat, namlik, yorug'lik va boshqa barcha omillar yig'indisiga bog'liq bo'ladi. Omillar bir-biriga nisbatan o'zaro ta'sirga ega bo'lishiga qaramasdan ular bir-birining o'rnini bosa olmaydi, bu V.R. Vilyamsning omillarni mustaqil ta'sir ko'rsatishi qonunida o'z ifodasini topadi: hayot sharoiti turli-tuman, chunki hayotda biron bir omil boshqasi bilan almashtirilishi mumkin emas. Masalan, suvning yoki havoning namligi ta'sirini is gazi yoki quyosh nurining yorug'lik ta'siri bilan almashtirish mumkin emas. Ekologik omillarning organizmga ta'sirini V. Shelfordning tolerantlik qonuni juda to'liq ifodalaydi: unga ko'ra biron bir omilning ta'siri yetishmaganda yoki aksincha, haddan tashqari ko'p bo'lishi organizmlarning rivojlanish darajasini aniqlaydi, omilning ta'sir darajasi shu organism chidamlilik darajasiga yaqin bo'lishi mumkin. Bu ikki chegaraga tolerantlik chegarasi deyiladi. Organizmlarning tolerantligi doimiy emas, omillardan birortasi tolerantlik chegarasidan biriga yaqin bo'lsa, u shu tomonga qarab qisqarishi mumkin. Adaptatsiya organizmlarning o'z yashash joyiga muvofiqligini bildiradi va har doim uchta asosiy omil- o'zgaruvchanlik, irsiyat va tabiiy tanlanish ta'siri ostida rivojlanadi. Adaptatsiya manbai organizmdagi genetic o'zgarishlar, ya'ni organizmga ko'rsatiladigan tabiiy va sun'iy omillar ta'siri ostida vujudga keladigan mutatsiyalar bo'lib hisoblanadi. Mutatsiyalar turli-tuman va ularning yig'ilishi hatto integratsiyani buzuvchi jarayonlarga ham olib kelishi mumkin. Evolyutsion taraqqiyot yo'li tarixida organizmlarga abiotik va biotik omillar majmui ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Omillar majmuining bunday ta'sirlariga muvaffaqiyatli va turning o'limiga olib keluvchi muvaffaqiyatsiz moslanishlar ma'lum. Masalan, ko'pchilik olimlarning fikricha odamning qadimiy vatani Afrikaning Efiopiya va Keniya davlatlarida bo'lgan, chunki u yerda qadimiy vodiylar va yer po'stining ajralgan joylari bor. Qadimda bu vodiyda kuchli vulqonlar kuzatilgan bo'lib, u ko'pchilik jinslarning radioaktivligini oshib ketishiga olib kelgan. Bu vodiyda yashagan primatlar organizmida mutatsiyalar radioaktivlik ta'sirida vujudga kelgan va ongli odam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.78 KB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.78 KB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga