Bakteriya hujayrasining tuzilishi va sistematikasi

Bakteriya hujayrasining tuzilishi va sistematikasi

O'quvchilarga / Biologiya
Bakteriya hujayrasining tuzilishi va sistematikasi - rasmi

Material tavsifi

BAKTERIYA HUJAYRASINING TUZILISHI VA SISTEMATIKASI Bakteriya hujayrasi murakkab tuzilishga ega. Elektron mikroskopning yaratilishi, o'ta yupqa kesmalar tayyorlash usullarining ishlab chiqilishi, mikrobiologiya usullarini rivojlanishi bakteriya hujayrasining tashqi va ichki quria:lmalarini o'rganishga katta imkon yaratdi. Bakteriya hujayrasini sxematik ko'rinishi quyidagilarni o'z ichiga oladi: tashqitomondan kapsula, xivchin, fimbriy, pili; ichki qismida: sitoplazma, nukleoid, ribosomalar, membrana qurilmalari, kiritmalar qo'shilmalar), ba'zi bakteriyalarda sporalar ham bo'ladi Kapsula. Bakteriyalarning ko'p lari kapsula bilan o'ralgan. Ular shilimshik moddadan iborat bo'lib mikro va makrokapsuladan iborat bo'lishadi. Makrokapsulaning qalinligi 0.2 mkm, mikrokapsulaniqi esa - 0.2 mkmdan kichik bo'ladi Makro va mikrokapsulaning ichki tomonida shilliq qavat va uni ichki tomonida esa eruvchan shilliq qalin: bo'ladi Kapsulaning kimyoviy to'zilishi. Kapsula geteropolisaharid bo'lib uning tarkibi 90% suvdan iborat, polisaharid, polipeptid, lipid (tuberkullyoz bakteriyalarda) birikmalaridan tashkil topgan. Kapsulali bakteriyalar kapsulasiz bakteriya yashay olmaydigan muhtlarda ham yashay olishi mumkin. Bakteriya xivchinlari. Bakteriyalar ikki xil harakatlanadi. Sirpanib harakatlanuvchi bakteriyalarning (mikrobakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari) tulqinsimon qisqarishi natijasida hujayra shakli davriy o'zgarib turadi, natijada bakteriyaning ma'lum harakati sodir bo'ladi So'zib harakatlanish xivchinlari bilan amalga oshadi. Masalan, spirillalar va kokkilarning ba'zilari. Bakteriyalar xivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga bulinadi; Monotrixlar - bakteriya hujayrasining bir uchida bitta xivchin bo'ladi.; Lofotrix - hujayraning bir uchida bir tup xivchini bo'ladi.; Amfitrix - hujayraning ikki uchida ikki tup xivchin bo'ladi.; Peritrix - hujayraning hamma tomoni xivchin bilan qoplanib, unga peritrix deyiladi. Xivchinlar soni ham har xil. Spirillalarda 5 - 30 tagacha, vibrionlarda 1, 2 ta yoki 3 ta xivchin bo'lib ular hujayra kutblarida joylashadi. Ba'zi tayoqchasimon bakteriyalar - Proteus vulgaris, Clostridium tetani kabilarda 50 - 100 gacha xivchin bo'ladi Xivchinlarning eni 10 - 20 nm, o'zunligi 3 - 15 mkm. Xivchinlar uzunligi kulturaning tabiati, oziqa muhtini yoki tashqi muhit ta'siriga qarab har xil bo'ladi Xivchinlar kimyoviy jihatidan oqsil modda - flagellindan tuzilgan. Xivchin bakteriya hayotida katta rol uynaydi. Bakteriyalarni ba'zi bir oziqa muhtlarida xivchinsiz qilib ham o'stirish mumkin. O'sish fazasiga qarab bakteriyalarning xivchinli va xivchinsiz davrlari bo'ladi Bakteriya xivchinini yo'qotsa ham yashayveradi. Xivchin ba'zan plastinkaga yopishgan bo'ladi Plastinka esa sitoplazmatik membrana tagida joylashgan bo'ladi Ba'zan tanacha, bakteriyada motor vazifasini bajarib xivchinni harakatga keltiradi. Ba'an tanacha xivchin bilan ilmoq orqali birikadi. Ba'zan tanacha o'z navbatida 4 ta halqa bilan ta'minlagan. Halqalar sterjen orqali bir tizimga birlashdi Bu halqalar bir - biriga nisbatan harakatga kelishadi va sterjen orqali xivchinni harakatga keltirishadi. Harakat tezligi temperaturaga, osmotik bosimga, yopishqoqlikga bog'liq bo'ladi Ba'zi bakteriyalar 1 sekunda 1 bakteriya tanasi uzunligicha, ba'zilari esa 50 tana uzunligicha harakat qiladi Odatda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.28 KB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.28 KB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga