Reja 1. Kirish 2. Asosiy qism a. Bakteriyalarning ko'payishi b. Bakteriyalarning sanoatdagi ahamiyati c. Bakteriyal o'g'itlarni tayyorlash 3. Xulosa Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmog'I bo'lib u kun sayin rivoj topmoqda. Bioximya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agrokimyo, fitopatologiya, viterinariya, tibbiyot, epidemiologiya, qishloq xo'jaligida sanoat, dengiz giologiya, genetika ko'smik biologiya va boshqa fanlar bilan chanbarchas bog'liqdir. Mazkur fanlarning yutuqlari o'z navbatida ikkinchi fanga, jumladan, Mikrobiologiyaning rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Mikroorganizmlar nihoyatda mayda bo'lishidan qatiy nazar, tabiyatda va jamiyatda muhim ahamiyatga ega. Masalan, oziq-ovqat sanoatida qatiq, qimiz, pishloq tayyorlash, silos bostirishda sut kislatali bijg'ituvchi bakteriyalarning faoliyatiga bog'liq. Novvoychilik, turli ichimliklar (spirt, vino, pivo va h.k) tayyorlash ham achitqilar ishtiroki bilan boradigan jarayonlarga kiradi. Ko'pgina foydali qazilmalarning (to'rf, toshko'mir, neft, temir, oltingugurt rudalarning) hosil bo'lishi ham bakteriyalar faoliyati bilan bog'liqdir. Chirituvchi bakteriyalar o'simlik qoldiqlari, hayvon jasadlari va boshqa chiqindilarni parchalab, yer yuzini tozalaydi va tabiatda moddalarning aylanishini ta'minlaydi. Iflos suvlarni tozalash, ko'mir konlarda metan gazi parchalash va havoni tozalashda ham mikroorganizmlarning ro'li katta. Ko'pgina mikrooarganizmlar turli fiziologik faol moddalar, fermentlar (biologik katolizatorlar), vita'minlar, aminokislatalar, biologik stimulyatorlar va antibiotiklarni sintezlash xususiyatiga ega. Masalan, saxarometsit achitqilari 45-50% gacha oqsil sintezlaydi. Bazi bakteriyalar antibiotiklar sintezlaydi, tirotritsin, batsitratsin , subtilin polimiksin va birlari esa sirka kislatasini sintezlaydi. Aktinomitsitlar yoki nurli zamburug''lar streptomitsin, aureomitsin, neomitsin, tetrasiklin kabi antibiotiklarni sintezlaydi. Bakteriyalar ham o'sadi,ham ko'payadi. O'sish deganda hujayradagi butun kimyoviy moddalarning (oqsil,RNK,DNK va boshqalar) bir-biriga mutanosib tarzda ko'payishi tushiniladi. O'sish natijasida hujayraning kattaligi va massasi oshadi. Hujayraning kattaligi ma'lum darajaga yetgandan so'ng, u ko'paya boshlaydi. Ko'payish deb bakteriya hujayra sonining oshishiga aytiladi. Ko'payish ko'ndalangiga bo'linish yo'li bilan, bazan esa ko'rtaqlanib yoki spora hosil qilib amalga oshadi. Umuman, prokariotlarning ko'payishi jinssiz binar bo'linib ko'payishdir. Ko'payish jarayoni hujayraning uzayishidan nukleoidning ikkiga bo'linishdan boshlanadi. Nukleoid-superspirallashgan, zij joylashgan DNK molekulasidir (u replikon ham deyiladi). Bakteriyalarda ham DNK ning replikatsiyasi, DNK-polimeraza fermenti orqali amalga oshadi. DNK ning replikatsiyasi, bir vaqtning o'zida qarama-qarshi yo'nalishda ketadi va u ikkilanib qiz hujayralarga o'tadi, qiz hujayrada ham DNK ketma-ketligi ona hujayranikidek bo'ladi. Replikatsiya bakteriya hujayrasining ko'payishiga ketadigan vaqtning 80%ni egallaydi. DNK replikatsiyasidan so'ng, hujayralararo to'siq hosil bo'ladi. Bu murakkab jarayondir. Avvalo hujayraning ikki tomonidan sitoplazmatik membrananing ikki qavati o'sadi, so'ngra, ular orasida peptidoglikan (murein) sintezlanadi va nihoyat to'siq hosil bo'ladi. To'siq hosil bo'ladi. To'siq ikki qavat sitoplazmatik membrananing va peptidoglikandan iborat. DNK replikatsiyasi davomida va bo'luvchi to'siq hosil bo'lishi vaqtida hujayra uzluksiz o'sadi. Bu vaqtda hujayra devorining peptidoglikani, sitoplazmatik membranasi, yangi ribosonalar va boshqa organellalar, birikmalar, xullas, sitoplazmadagi birikmalar hosil boladi. ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.24 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.24 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:25 ]
Arxiv ichida: docx