Bioinformatika

Bioinformatika

O'quvchilarga / Biologiya
Bioinformatika - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy bioinformatsion ma'lumotlar bazalari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishish. Bioinformatika bu biologik ma'lumotlarni tahlil qilish va boshqarishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni anglatadi. Bioinformatika asosan genomni tadqiq etish, oqsil strukturasi tahlili va taxmin qilish, oqsillarning o'zaro va boshqa molekulalar bilan o'zaro ta'sirini tahlil etish, evolyutsiya jarayonini modellashtirish bilan shug'ullanadi. -bioinformatikada vazifalar algoritmik yani ketma - ketlikda bajariladi. -juda qatta hajmdagi ma'lumotlar bilan ish olib boriladi -bioinformatikani dasturiy ta'minotdan ajratib turuvchi eng katta farq bu - tadqiqotlar va maqolalardir. Bioinformatikaning asosiy maqsadi - biologik jarayonlarni tushunishning sodda yo'llarini izlab topishga ko'maklashish. Bioinformatika quyidagi masalalarni hal etishda qo'llaniladi: Oqsil va nuklein kislotalarni birlamchidan to uchlamchi strukturalari haqidagi ma'lumotlarni saqlash va boshqarish; Praymerlarni konstruksiyalarini yaratish; Malum bir gen mahsulotlarining vazifasini taxmin qilish; Oqsillarning birlamchi strukturasi haqidagi ma'lumotlar asosida ikkilamchi va uchlamchi strukturasini aytib berish va modellashtirish; Bioinformatika quyidagi yo'nalishlar va usullardan foydalanadi: 1)genom bioinformatikasi-solishtirma genomikada kompyuter tahlilining matematik usullaridan foydalaniladi. 2)struktur bioinformatika-oqsillarning fazoviy strukturasini aniqlovchi algoritm va dasturlarni ishlab chiqadi 3)hisob usullari bilan mos keluvchi strategiyalarni tadqiq etish va biologik tizimlardagi murakkab axborotlarni umumiy boshqarish. Bioinformatikaning asosiy tadqiqot yo'nalishlari A) Genetik ketma -ketliklar tahlili B) Genom annotatsiyasi C) evolyutsion biologiya D) Biologik xilma hillikni baholash Zamonaviy bioinformatsion ma'lumotlar bazalari. Biologik ma'lumotlar bazalari - ma'lumotlar bazasining tarkibiga genlar ketma -ketligi, matnli tavsiflar, ontologiyalarning belgilari va klassifikatsiyasi, sitatalar va jadvalli ma'lumotlar kiradi. DNK hamda aminokislotalarni ketma-ketligini birlamchi strukturasini saqlovchi eng yirik xazinalari (YeMBL , GenBank , DDBJ , SWISS-PROT , PIR kabi va boshqalar) bevosita tekshiruvlardagi , Internet tarmog'i bo'yicha ma'lumotlar bazasini avtomatlashgan to'ldiriluvchi sistemasi yordamida qisqa tavsiflangan ketma -ketliklar yordamida to'ldirilib boriladi. DNK, RNK va oqsil ketma -ketliklarini solishtiruvchi uch eng yirik electron ma'lumotlari bazalari: NCBI - Informatsion biotexnologlar milliy markazi (Gen bank va boshqa ma'lumotlar bazasi). YeBI - Yevropabioinformatiklar instituti (YeMBL va boshqa ma'lumotlar bazasi) DDBJ - Yaponiya DNK elektron ma'lumotlar bazasi NCBI ning ma'lumotlar bazasiga OMIM (Online Men-delian Inheritance in Man), MMDB (Molecular Modeling Database), UniGene (Unique Human Gene Sequence Collection), dbYeST (Database of expressed Sequence Tags - informatsion RNKning DNK-nusxasi), dbSTS (Database of Sequence Tagged Sites -DNK kichik fragmentlari) va SNP (Single Nucleotide Polimorphism - bir nukleotidli o'zgarishlar yoki polimorfizmlar) kiritish mumkin. YeMBL - european Molecular Biology Laboratory. YevropaMolekulyar Biologiya Laboratoriyasining nukleotidlar ketma - ketliklari ma'lumotlar bazasi hisoblanadi DDBJ- DNK nukleotidlari ketma - ketliklari bo'yicha Yaponiyaning ma'lumotlar bazasi hisoblanadi. ma'lumotlar bazalarini ularda joylashtirilgan axborotlar turi va sifatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin Birinchi tur -arxiv ma'lumotlar bazasi, PDB - oqsillarning fazoviy strukturasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.25 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.25 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga