Biologik ta'limning roli. Darsning maqsadi va vazifalari: a) ta'limiy: biologiya o'qitish metodikasining maqsad va vazifalari,uning fan sifatida o'rni, boshqa fanlar bilan o'zaro aloqasidan iborat. b) tarbiyaviy. To'g'ri yo'lga qo'yilgan biologik ta'lim, ilmiy dunyoqarashni tarbiyalashga imkon beradi, O'quvchilar, biologik ta'lim ola turib, tabiat faktlari va hodisalarini o'zaro bog'lanishda, harakat, o'zgarish va rivojlanish holatida tushunishga o'rganadilar v) rivojlantiruvchi: Biologik ta'lim butun yosh avlodni tabiatga to'g'ri munosabatda bo'lishga olib keladi: unga nisbatan ta'sirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiatning chiroyini idrok yetishdan tashqari uni muhofaza qilish, asrash, tabiat boyliklarini o'z qo'llari bilan yaratish va ko'paytirishga o'rgatadi. Darsning turi: ma'ruza. Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o'tish joyi: № 536 xona. Darsning jixozlanishi: адабиётлар Fanlar bilan bog'lab o'tish: psixologiya, pedagogika, kimyo. Xayot bilan bog'lab o'tish: Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo'lib, u narsa va xodisalar to'g'risida bilimlar to'plashga yo'nalgan, hamda tadqiqot qilinayotgan narsa xodisalar to'g'risida to'liq va chuqur bilim olishga qaratilgan. Darsning texnologik xaritasi. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashuv, davomat, yangiliklar. (2 min) II. O'tilgan mavzuni so'rash va mustaxkamlash: (30 min) II. Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) Fan, Pedagogika, Metodika, O'quv fani, Abstrakt tafakkur, Innovasion ya'ni innovasiya, Bionika. IV. Asosiy qism. (30min) Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. Biologiya o'qitish metodikasining maqsadi va vazifalari. 2. Biologiya o'qitish metodikasi fan sifatida, 3. Biologiya o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog'liqligi 4. Biologik ta'lim yutuklari. 5. Biologik ta'limning tarbiyaviy roli Biologiya o'qitish metodikasi biologiya o'quv fanlarining mazmuni, uning o'qitish shakllari, metodlari, vositalarini o'zaro bog'liq holda joriy etishni maqsad qilib qo'yadi. Biologiya o'qitish metodikasining asosiy vazifasi o'quvchilarga biologik o'quv fanlar bo'yicha chuqur atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishga ko'mak beruvchi o'quv fanlar mazmunini, o'qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Biologiya o'qitish metodikasi fan sifatida. Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo'lib, u narsa va xodisalar to'g'risida bilimlar to'plashga yo'nalgan, hamda tadqiqot qilinayotgan narsa xodisalar to'g'risida to'liq va chuqur bilim olishga qaratilgan. Fanning asosiy funksiyasi tadqiqot hisoblanadi. Biologiya o'qitish metodikasi fan sifatida mazkur fan bilan bog'liq o'quvchilarning bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan tadqiq qilishni maksad qilib qo'yadi. Fanning asosiy belgisi bo'lib, maqsadning aniqligi, o'rganish predmeti, bilimlarni bilish usullari va shakllari hisoblanadi. Shu bilan birga fanning rivojlanish tarixi, uning boyishiga sababchi bo'lgan kashfiyotlarni bilish ham muhim sanaladi. Biologiya o'qitish metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. Shu sababli uning oldida turgan maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Biologiya o'qitish metodikasi barcha o'quv fanlarga ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.63 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.63 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:25 ]
Arxiv ichida: docx