Biologiya darslarida zamonaviy pedagogika va axborat texnolorgiyalaridan foydalanish. Darsning maqsadi va vazifalari: a) ta'limiy: Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha,biologiyani o'qitishda didaktik o'yinli darslardan foydalanish, biologiyani o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish, modulli ta'lim texnologiyalari va modulli darslarning o'ziga xos xususiyatlari, biologiya darslarida hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan foydalanish, biologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish. b) tarbiyaviy: Pedagogik texnologiyalar orqali o'qituvchi, o'quvchi (ta'lim oluvchi)ga aqliy, ruhiy, axloqiy jihatdan turli usulda ta'sir o'tkazish, shu bilan birga o'quvchilarni mustaqillik prinsiplari va Ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qalbi va ongiga milliy istiqlol g'oyalarini singdirish imkonini beradi. v) rivojlantiruvchi:texnologiya o'qituvchi va o'quvchi shaxsi o'rtasidagi munosabatlarni mukammalashtirish, o'quvchi shaxsiga individual yondashish, ta'lim tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ta'lim mazmunini insonparvarlik g'oyalari bilan boyitishni nazarda tutadi. Darsning turi: ma'ruza. Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o'tish joyi: № 544 xona. Darsning jixozlanishi: Adabiyotlar, tablitsa. Fanlar bilan bog'lab o'tish: psixologiya, pedagogika, kimyo. Xayot bilan bog'lab o'tish: insonga o'qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya nazariy fazilatlarni, ma'lum hunarni egallash uchun zarur bo'lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini o'rgatishdir, Darsning texnologik xaritasi. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashuv, davomat, yangiliklar. (2 min) 11. O'tilgan mavzuni so'rash va mustaxkamlash: (30 min) 1.O'qitish vositalarning qanday ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati bor? 2. O'qitish vositalar qanday sistemalardan iborat. 3.Ko'rsatmalilik atamasi o'zida qanday tushunchalarni ifoda qiladi. 4.Ko'psatmali qurollar qanday turlarga bo'linadi? 5.Ko'rgazmali o'qitish vositasi, ko'rgazmali qurol orasida qandan farq bor? 6.Asosiy ko'rgazmali qurollarga nimalar kiradi? 11. Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) Pedagogik texnologiyalar, umumiy didaktik, xususiy metodik, lokal daraja, didaktik o'yinli, muammoli ta'lim, modulli ta'lim, hamkorlikda o'qitish texnologiyalari, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarning o'ziga xos xususiyatlari. 4. Asosiy qism. (30min) Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha. 2. Biologiyani o'qitishda didaktik o'yinli darslardan foydalanish. 3. Biologiyani o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish. 4. Modulli ta'lim texnologiyalari va modulli darslarning o'ziga xos xususiyatlari. 5. Biologiya darslarida hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan foydalanish. 6. Biologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi ikkinchi sifat bosqichi ta'lim muassasalarida o'qitiladigan barcha o'quv fanlarini ilgor pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlashni ko'zda tutadi. Shu sababli barcha o'quv fanlari kabi biologiyani o'qitishda ham pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamon talabi sanaladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo'ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan o'tib kelmoqda. 80- yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta'limning kompьyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Pedagogik texnologiya o'qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qo'llash, ularning o'zaro ta'sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Bu yerda, ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.07 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.07 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:25 ]
Arxiv ichida: doc