Biologiya darsliklarining tahlili

Biologiya darsliklarining tahlili

O'quvchilarga / Biologiya
Biologiya darsliklarining tahlili - rasmi

Material tavsifi

Biologiya darsliklarining tahlili. Darsning maqsadi va vazifalari: a) ta'limiy: Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha,Maktab darsligiga qo'yilgan asosiy talablar, Maktab botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, umumiy biologiya darsligining mazmuni va tuzilishi. b) tarbiyaviy. ta'lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy kadr qimmat tuyg'usi, yuksak ma'naviyat, ijtimoiy normalarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish nazarda tutiladi. v) rivojlantiruvchi: ta'lim uzluksizligi va izchilligi;ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo'lish va iste'dodni rag'batlantirish; Darsning turi: ma'ruza. Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o'tish joyi: № 536 xona. Darsning jihozlanishi: Adabiyotlar, tablitsa. Fanlar bilan bog'lab o'tish: psixologiya, pedagogika, kimyo. hayot bilan bog'lab o'tish: insonga o'qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya nazariy fazilatlarni, ma'lum hunarni egallash uchun zarur bo'lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini o'rgatishdir, Darsning texnologik xaritasi. Darsning borishi: 1. tashkiliy qism: salomlashuv, davomat, yangiliklar. (2 min) 2. O'tilgan mavzuni so'rash va mustahkamlash: (30 min) 1. Ta'lim standartining lug'aviy ma'nosi nimani bildiradi; 2. Biologiya bo'yicha umumiy o'rta ta'lim davlat standartida o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan ta'lim qanday yo'nalishlarda berilgan; 3. Biologiya o'quv dasturida metodik tavsiyalar necha banddan iborat: 4. Maktab biologiya kursi qanday o'quv fanlardan tashkil topgan 3. Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) Darslik va o'quv qo'llanma.Darslikning vazifasi. Darslik strukturasi. Jihozlar. Maktab botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, umumiy biologiya darsliklari. . 4. Asosiy qism. (30min) Yangi mavzu bayoni: Reja: 1.Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha. 2.Maktab darsligiga qo'yilgan asosiy talablar. 3.Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi. 4.Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi. 5.Odam va uning salomatligi darsligining mazmuni, tuzilishi. 6.Maktab umumiy biologiya darsligining mazmuni va tuzilishi. 1. Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha. Maktab biologiya kursini o'qitishda qo'llaniladigan vositalar orasida darslik alohida o'rin tutadi. Darslik o'quvchilarning mustaqil bilim olishini asosiy manbai hisoblanadi. Har bir darslik o'quv qo'llanmadan farqli ravishda o'quv dasturi asosida yoziladi. O'qitishning maqsadi va vazifalariga, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga, tayyorgarlik darajasiga qarab darslik xajmi va bilimlar sistemasi belgilanadi. 2.Maktab darsligigi qo'yilgan asosiy talablar. 1. maktab darsligi ilmiy bo'lishi, ya'ni fanning rivojlanishini, so'ngra yutuklarini o'zida ifoda etmog'i; 2. u o'quvchilar uchun tushunarli, ya'ni ularning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo'lishi; 3. darslik o'quvchi uchun qiziqarli bo'lishi, unda har bir mavzuga mos rangli rasmlar, sxemalar, jadvallar, qo'shimcha qiziqarli ma'lumotlar, topshiriqlar, savollar o'rin olmog'i; 4. darslik o'quvchilarning mustaqil bilim olishiga, ijodiy rivojlanishiga, mantiqiy tafakkurini o'stirishga qaratilgan bo'lishi; 5. darslik milliy istiqlol mafkurasini o'quvchilar ongiga singdirish uchun yo'naltirilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 11.88 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 11.88 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga