Biologiya fani nimani o'rgatadi. Biologiya (yunoncha bios, hayot; va logos, bilim) hayot va u bilan bog'liq masalalar tadqiqotidir. U empirik fanning jonli organizmlarning tuzilishi, funksiyalari, o'zgarishi, kelib chiqishi, evolyutsiyasi va o'lishini o'rganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni saralaydi, ularning ishlashini, turlarning paydo bo'lishini, ularning o'zaro va atrof-muhit bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya botanika, zoologiya, fiziologiya kabi turli ostsohalarga bo'linadi. Biologiya tirik tabiat to'g'risidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon bo'ladi. Chunki bu fanda ilgari o'rganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan ma'lum tizimlarga keltiriladi va ularning yig'indisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi. Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan biri bo'lib, uning yordanida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta'riflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney juda katta muvoffaqiyatlarga erishgan. Bu usul bugungi kunda ham ahamiyatini yo'qotmagan. Biologiya (bio va logiya)- tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. B. hayotning barcha ko'rinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va yotirik tabiat bilan o'zaro bog'lanishini o'rganadi. B.ning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon bo'lishi qonuniyatlarini o'rganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. B. terminini 1892 yda bir-biridan mustasno tariqasida birinchi bo'lib J. B. Lamark va G. R. Treviranus taklif etishgan. Bu termin T. Roze (1797) va K. Burdax (1800) asarlarida ham uchraydi. iologiya fanlari sistemasi. B. bir necha fanlardan tarkib topgan. Tadqiqot obyektiga binoan B. botanika (o'simliklarni o'rganadigan fan), zoologiya (hayvonlarni o'rganadigan fan), odam aiatomiyasi va fiziologiyasi (odam organizmining tuzilishi va funksiyasini o'rganadigan fan), mikrobiologiya (mikroorganizmlarni o'rganadigan fan) va gidrobiologiya (suvda yashovchi organizmlar haqidagi fan)larga bo'linadi. Bu fanlar o'z navbatida birmuncha kichikroq tarmoqlarga ajratiladi. Shu bilan birga B. fanlarining bir-biri bilan va boshqa fanlar bilan qo'shilib ketishi tufayli bir qancha kompleks fanlar shakllangan (mas, sitogenetika, sitoembriologiya, ekologik genetika, ekologik fiziologiya). B. fanlarini tadqiqot metodlariga binoan ham alohida fanlarga ajratish mumkin. Maye, organizmlarning tarqalishini biogeografiya, to'qima va hujayralar tarkibini biokimyo, fizik jarayonlar va metodlarni biofizika o'rganadi. O'z navbatida bu fanlarni ham tekshirish obyektlariga binoan alohida fanlarga ajratish mumkin (mas, o'simliklar biokimyosi, hayvonlar biokimyosi). Biokimyoviy va biofizik metodlar ko'pincha o'zaro qo'shilib yoki boshqa fanlar bilan birgalikda yangi fanlarni hosil qiladi (mas, radiatsiyey biokimyo, radiobiologiya). Biologik tadqiqotlardan oliigan natijalarni tahlil qilish va umumlashtirishda biometriya, ya'ni biologik mat. katta ahamiyatga ega. ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.7 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.7 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:25 ]
Arxiv ichida: docx