Biologiya faniting predeti, maqsad va vazifalari Reja: 1. Biologiya hayot haqidagi fan. 2. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari. 3. Muammolari. 4. Ahamiyati. Tayanch so'zlar va iboralar. Biologiya, taqqoslash,biosfera, modellashtirish,ekologiya, ekspriment,qizil kitob, organ, to'qima, tirik tabiat. Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno fransuz olimi J.B. Lamark va nemis olimi G.R. Terviranus tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, yunoncha bios - hayot, logos - fan, yaoni hayot haqidagi fan, degan mahnoni anglatadi. Biologiya qisqacha aytganda hayot, uning shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari to'g'risidagi fandir. Biologiyaning tekshirish obhekti bo'lib, o'simliklar, hayvonlar, zamburug''lar, mikroorganizmlar, odamlar, ularning organ, to'qima hujayra va hujayra komponentlarining tuzilishi, funksiyalari, kimyoviy tarkibi, ularda kechadigan jarayonlar hamda shaxsiy tarixiy rivojlanishi, jamoalari, ularning o'zaro anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, muammolari, ahamiyati. Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi. Kuzatish metodi organizmlar va ularning atrofidagi muhitda ro'y beradigan hodisalarni tasvirlash va tahlil qilish imqonini beradi. Bu metod biologiya fanining ilk rivojlanish davrida keng qo'llanilgan. Hozirgi paytda ham bu metod o'z mavqeini yo'qotgani yo'q. U botanika, zoologiya, ekologiya va biologiyaning boshqa ko'pgina sohalarida keng qo'llaniladi. Turli sistematik guruhlar, tirik organizm jamoalari, organizmlar, ularning tarkibiy qismlaridagi o'xshashlik va farqlar taqqoslash metodi yordamida aniqlanadi. Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya, embriologiya va shu singari fanlarda keng foydalaniladi. Bu metod orqali hujayra nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o'zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan. Turli sistematik guruhlar organizm, uning organlarining tarixiy jarayonda paydo bo'lish qonuniyatlari tarixiy metod yordamida aniqlanadi. Mazkur metod yordamida organik dunyoning evolyutsion ta'limoti yaratildi. Eksperimental metod orqali tirik tabiatdagi, organizmlardagi voqea-hodisalar boshqa metodlarga nisbatan chuqur o'rganiladi. Keyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan biologik tadqiqotlarda modellashtirish metodidan ham foydalanilmoqda. Modellashtirish metodining mazmuni tirik tabiatdagi biror voqea-hodisa yoki uning muhim jihatlarini model tarzida qayta tiklab o'rganishdan iborat. Tasvirli model matematik belgilarga aylantiriladi va mahlum vaqtdan keyin unda qanday o'zgarishlar, hodisalar ro'y berishi mumkinligi elektron hisoblash meshinasi yordamida aniqlanadi. Modellashtirish metodining afzalligi shundaki, u tirik tabiatda kelgusida ro'y beradigan voqea- hodisalarni oldindan bilish imqonini beradi. Biologiyada boshqa fanlardagi kabi ko'p muammolar, o'z yechimini kutayotgan tabiat sirlari mavjud. Muammolar. Bu muammolar, birinchidan molekulalarning tuzilishi va funksiyasini aniqlash; ikkinchidan, bir va ko'p hujayrali organizmlarning rivojlanishini tartibga solish mexanizmlarini bilish; uchinchidan, organizmlar shaxsiy rivojlanishijagi irsiyat mexanizmlari yahni oqsil biosintezidan hujayra hosil bo'lgunga qadar tabaqalanishni oydinlashtirish; to'rtinchidan, organizmlar tarixiy rivojlanishini aniqlash; beshinchidan, Yerda hayotning paydo bo'lishi muammosini yechish va tajribada isbotlash; oltinchidan, insonlarning tabiatga ko'rsatadigan ijobiy va salbiy tahsirini bilish; ettinchidan odamning paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan bahzi muammolarni hal etishdan iborat. Biologiya ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.3 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.3 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:25 ]
Arxiv ichida: doc