Biologiya o'qitishda foydalaniladigan uslublar va usullari Darsning maqsadi va vazifalari: a) ta'limiy: biologiya o'qitishda o'qitish metodlarining umumiy tavsifi,og'zaki metodlar va ularning turlari, ko'rgazmali metodlar va ular tarkibiga kiradigan uslublar, amaliy metodlar va ularning turlari bilan tanishtirish. b) tarbiyaviy. O'qitish metodlari o'zaro bog'langan faoliyat usullari sifatida darsning barcha bosqichlari, tashkiliy qism, o'quvchilarning bilish motivlarini faollashtirish, yangi mavzuni o'rganish, o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash, olingan natijalarni taxlil qilish, uy vazifasini berishda foydalaniladi v) rivojlantiruvchi: O'quv materialini o'rganish, muammoni hal etish bo'yicha turli variantdagi yechimni tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida o'quvchilarning hamkorligi har bir o'quvchiga, guruh muvaffaqiyati uchun o'z ulushini qo'shishga, ular o'rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Darsning turi: ma'ruza. Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o'tish joyi: № 536 xona. Darsning jixozlanishi: таблица, адабиётлар. Fanlar bilan bog'lab o'tish: psixologiya, pedagogika, Xayot bilan bog'lab o'tish: Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo'lib, u narsa va xodisalar to'g'risida bilimlar to'plashga yo'nalgan, hamda tadqiqot qilinayotgan narsa xodisalar to'g'risida to'liq va chuqur bilim olishga qaratilgan. Darsning texnologik xaritasi. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashuv, davomat, yangiliklar. (2 min) II. O'tilgan mavzuni so'rash va mustaxkamlash: (30 min) 1. Biologiyadan yillik istiqbol reja tuzishning ahamiyatini aniqlang. 2. Mazkur rejani tuzishda o'qituvchi nimalarni nazarda tutishi lozim? 3. Biologiyadan mavzuli taqvim reja tuzishning mohiyatini aniqlang. 4. Mavzuli taqvim reja tuzishda o'qituvchi nimalarga e'tiborini qaratishi zarur deb hisoblaysiz? 5. O'quv dasturidagi dasturidagi boblar va mavzular o'quvchilarda biologik tushunchalarni shakllantirish tizimi ekanligini aniqlang. 6. Biologiyadan laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarning maqsadi, vazifalari, ta'limtarbiya jarayonida tutgan o'rnini belgalang. 7. Biologiya o'quv fanlarining dasturlarini tahlil qiling va istiqbol, mavzulitaqvim reja tuzing. II. Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) Metod, metodika, uslub, usul, ko'rgazmalilik, amaliy. IV. Asosiy qism. (30min) Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. O'qitish metodlarining umumiy tavsifi. 2. Og'zaki metodlar va ularning turlari. 3. Ko'rgazmali metodlar va ular tarkibiga kiradigan uslublar. 4. Amaliy metodlar va ularning turlari. Ma'lumki, ta'lim jarayoni o'quvchilarning bilim olish, ko'nikma va malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyokarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga yo'g'rilgan o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi sanaladi. Boshqacha aytganda, ta'lim mazmunining o'qitish metodlari yordamida o'zlashtirilishiga erishishdir. Metod so'zi umumiy ma'noda muayyan maqsadga erishish usulidir. O'qitish metodlari tom ma'noda o'qituvchining bilimlarni o'quvchilar ongiga yetkazish va ayni paytda ularni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirib olish usulidir. - O'qitish metodlari o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida qo'llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek, mazkur metodlarning undovchi, rag'batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat qiluvchi ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.21 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.21 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: doc