Biologiya o'qitishning faol metodlari

Biologiya o'qitishning faol metodlari

O'quvchilarga / Biologiya
Biologiya o'qitishning faol metodlari - rasmi

Material tavsifi

Biologiya o'qitishning faol metodlari REJA: 1. O'qitishning interfaol metodlari. 2. Muammoli izlanish metodlari. . 3. O'qitishning mantiqiy metodlari 4. Mustaqil ishlash metodlari. 5. O'qitishda o'quvchilarning faoliyatini rag'batlantirish va asoslash metodlari. 6. O'qitishdagi nazorat va o'zo'zini nazorat metodlari. Interfaol - inglizcha interakt so'zidan olingan bo'lib, inter hamkorlikda akt harakat qilmoq ma'nosini bildiradi. Interfaollik deganda o'quvchining o'quvchi bilan hamkorlikda yoki kompьyuter bilan muloqoti o'zaro ta'sir ko'rsatish rejimida ishlashi tushuniladi. Interfaol o'qitish bu avvalo dialog tarzda o'qitish, muloqot jarayonida barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal etishidir. Interfaol o'qitishning asosiy mohiyati o'qitish jarayonida barcha o'quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo'llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi. Shu sababli, biologiyani o'qitishda o'qitishning reproduktiv metodlari bo'lgan og'zaki bayon, ko'rgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o'qituvchi mazkur metodlarning o'ziga xos xususiyatlari, ular tarkibiga kiradigan metodik uslublarni to'g'ri anglashi va o'z o'rnida samarali foydalanish ko'nikmalarini egallagan bo'lishi lozim. Muammoli izlanish metodlari dars davomida izchil va maqsadga yunaltirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o'quvchilar avval o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini yangi vaziyatlarda qo'llashi orqali o'quv materialini faol o'zlashtirishga xizmat kiladi. Bu metodlar guruhi o'quvchilarning aqliy rivojlanishi, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni taxlil qilish va undan chiqishning eng maqbul yo'lini topishi, mo'ljalni to'g'ri olishiga zamin tayyorlaydi. Muammoli hikoya metodida, o'qituvchi yangi mavzuni o'rganish jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratadi, o'quvchilar bilan hamkorlikda hikoya muammoli savollarga javob topishga, o'quv farazlarini xosil qilish va dalillashga imkon yaratiladi, o'quvchilarning javoblari asosida muammolar hal etiladi. Muammoli amaliy metoddan foydalanganda muammoli topshiriqlar tuziladi, shu asosda tajribalar o'tkaziladi, muammoli vaziyatlarni hal etish yuzasidan o'quv farazlarini hosil qilinadi va o'quvtadqiqot tajribalari o'tkazilib, o'quv xulosalari va umumlashmalarini ta'riflab muammolar hal etiladi. Muammoli metodlardan foydalaniladigan darslarni keyingi yillarda yangi nom bilan («Tafakkur bo'roni» B.R.Qodirov), («Miyaga hujum», «Fikrlar to'qnashuvi», «Fikrlar jangi» V.M.Karimova, F.A.Akramova), O'qitishning mantiqiy metodlari guruhi, Mazkur metod o'quv materiali mazmunining yo'nalishini belgilab, o'quvchilarning bosh g'oyani ajratish, o'rganilayotgan ob'yektni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish ko'nikmalari, aqliy faoliyat usullarini egallash, abstrakt tafakkurni rivojlantirish, sababoqibat bog'lanishlarni anglash imkonini yaratadi. O'qitishning mantiqiy metodlari guruhiga induktiv, deduktiv, tahlil, bosh g'oyani ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlari kiradi. Induktiv metodda o'quvchilarning e'tibori avval xususiy faktlarni o'rganishga jalb qilinadi, so'ngra xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo'naltiriladi. Deduktiv metodda o'quvchilar avval umumiy qonunlarni o'rganadi, so'ngra umumiydan xususiy xulosa chiqarishga o'rgatiladi. O'quvchilar tahlil metodi yordamvda axborotni angaab idrok etadi, o'rganilgan ob'yektlarning o'xshashlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 11.54 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 11.54 KB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga