Biologiya va ekologiyadan ommaviy tadbirlar o'tkazish

Biologiya va ekologiyadan ommaviy tadbirlar o'tkazish

O'quvchilarga / Biologiya
Biologiya va ekologiyadan ommaviy tadbirlar o'tkazish - rasmi

Material tavsifi

MUSTAQIL ISH MAVZU: Biologiya va ekologiyadan ommaviy tadbirlar o'tkazish Bajardi: Qabul qildi: Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. A. Karimov Ta'lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar, ularning maqsad va vazifasi, kеlib chiqishi, uning sabablari, unga bo'lgan ehtiyojlar, noan'anaviy ta'limning nazariy g'oyalari, ta'lim jarayonida qo'llaniladigan noan'anaviy ta'lim usullarining turlari va ahamiyati, ularning faoliyati, nazariy fan, o'quv fani, ta'lim-tarbiya tizimi, ta'lim-tarbiya jarayoni, xususiy fanlarni o'qitish tеxnologiyalari, turli fanlar bilan bog'liqligi va ilmiy tadqiqotlar sohasiga xos ko'rinishlarini, o'qituvchi o'quvchilarni faollashtiradigan, o'zi va o'rganuvchi uchun qulay bo'lgan yo'llarni, usul va uslublarni, o'qitish shakllari, metod va vaziyatlarni izlaydi hamda zamonaviy o'qitish texnologiyalarga suyanib o'quv jarayoni samaradorligini oshiradi. O'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatib, o'quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi. Buning uchun har bir o'qituvchi o'z fanini o'qitishning eng samarali zamonaviy usullarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o'rganib borish orqali o'z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi. Biologiyadan tuzilgan DTS o'quvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar me'yorlangan bo'lib, uni o'quvchilar dars davomida egallashlari ancha mushkul. Shu sababli, o'qituvchi o'qitishning zaruriy shakli bo'lgan uy vazifalari va darsdan tashqari ishlarda o'quvchilarning muayyan ko'nikma va malakalarni egallashlarini nazarda tutmog'i lozim. Jumladan, Botanika o'quv fani DTSda o'quvchilar tomonidan: O'simliklarda boradigan hayotiy jarayonlarni aniqlash maqsadida kuzatishlar o'tkazish, oddiy tajribalar qo'yish; O'simliklarni parvarish qilish: Qalamcha tayyorlash va qalamchadan ko'paytirish, payvandlash; Tabiatda o'zini tutish qoidalariga rioya qilish; Darslikdagi matn va rasmlar bilan ishlash; Darslik mundarijasi yordamida mo'ljal olishni bilish, matn va rasmlar bilan ishlay olish, mavzuning asosiy mazmunini farqlay olish, savollarga javob berish, biologik atamalar lug'ati bilan ishlay olish ko'nikmasiga ega bo'lishi qayd etilgan. Mazkur ko'nikmalarni tarkib toptirishda darsdan tashqari ishlar muhim rol o'ynaydi. Shu sababli, yuqoridagi ko'nikmalarni o'quvchilarda tarkib toptirish uchun o'qituvchi uy vazifasi va darsdan tashqari ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim. Uy vazifalari darslik bilan ishlash, qo'shimcha adabiyotlarni o'qish, mavzuga oid rasmlarni chizish, tabiiy obyektlar ustida kuzatish o'tkazish va oddiy tajribalar qo'yish bilan ifodalanadi. Darslik bo'yicha uy vazifalari o'quvchilarning dars mavzusi bilan bog'liq bo'lgan o'qituvchining amaliy va darslik bo'yicha topshirig'ini uyda mustaqil bajarishlarini tashkil etish shaklidir. Ommaviy kechalarda maktabning ko'pchilik o'quvchilari bir necha sinf yoki butun maktab jalb etilishi mumkin. Odatda maktabda turli tadbirlar: qishlovchi qushlarni boqish, yovvoyi o'simliklarni urug'lari va mevalarini terib saqlashga bag'ishlangan kechalar o'tkazilishi mumkin. Bunday kechalarda maktabning ko'pchilik o'quvchilari bir necha sinf yoki butun maktab jalb etilishi mumkin. Bu esa sinfdan tashqari ishning ommaviy formasiga kiradi. Bu ish biologiya o'qituvchisi, yosh tabiatshunos to'garagining azolarini faollari ishtirokida, maktab ma'muriyati ishtirokida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.03 KB
Ko'rishlar soni 460 marta
Ko'chirishlar soni 248 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.03 KB
Ko'rishlar soni 460 marta
Ko'chirishlar soni 248 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga