Biologiyadan davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. Darsning maqsadi va vazifalari: a) ta'limiy: Ta'lim standarti haqida umumiy tushuncha,biologiya ta'lim standartining tarkibiy qismlari,o'quv dasturi haqida tushuncha,biologiya o'quv dasturining tuzilishi. b) tarbiyaviy. ta'lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy kadr qimmat tuyg'usi, yuksak ma'naviyat, ijtimoiy normalarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish nazarda tutiladi. v) rivojlantiruvchi: ta'lim uzluksizligi va izchilligi;ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo'lish va iste'dodni rag'batlantirish; Darsning turi: ma'ruza. Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o'tish joyi: № 536 xona. Darsning jihozlanishi: Adabiyotlar, tablitsa. Fanlar bilan bog'lab o'tish: psixologiya, pedagogika hayot bilan bog'lab o'tish: insonga o'qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya nazariy fazilatlarni, ma'lum hunarni egallash uchun zarur bo'lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini o'rgatishdir, Darsning texnologik xaritasi. Darsning borishi: 1. tashkiliy qism: salomlashuv, davomat, yangiliklar. (2 min) 2. O'tilgan mavzuni so'rash va mustahkamlash: (30 min) 1. V.F.Zuyev asarida biologiya o'qitishning qanday masalalari hal qilingan. 2. Asrning 20-30 yillarida maktablarda biologiya o'qitish qanday usullarda va shakllarda amalga oshirilgan. 3.Nima sababdan o'tgan asrning 1965-yillarida maktab biologiya darsliklarining holati fan rivojidan orqada qoldi. 4.O'zbekistonda biologiya o'qitish metodikasi qaysi vaqtdan boshlab rivojlangan. 5.Respublikada nashr qilingan biologiya o'qitish metodikasiga oid qanday qo'llanmalarni bilasiz. 3. Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) Standart atamasi. Ta'lim standarti. Biologiya ta'lim standarti. O'quv dasturi. Biologiya o'quv dasturi. 4. Asosiy qism. (30min) Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risida gi qonuni 2. Biologiya ta'lim standartining tarkibiy qismlari. 3. Davlat ta'lim standarti haqida umumiy tushuncha 4. O'quv dasturi haqida tushuncha. 1. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risida gi qonuni Mustaqil O'zbekistonning dastlabki Ta'lim to'g'risida gi qonuni 1992 yil 2 iyuldan joriy etilgan bo'lib. U U11 bo'lim 44 moddadan iborat edi. Ta'lim to'g'risidagi qonunga asosan, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risidagi qonuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1X sessiyasida, 1997 -yil 29 - avgust kuni qabul qilingan. Bu qonun fuqoralarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishnnig huquqiy asoslarini belgilaydi hamda xar kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan. Qonun quyidagi bo'limdan tashkil topgan: 1. Umumiy qoidalar: Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari 2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi, vazifalari va uni ro'yobga chiqarish bosqichlari 3. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli 4. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari 5. Dasturni ro'yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida gi qonuni. Ushbu dasturning ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.94 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.94 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx