Biologiyani o'qitish shakllarining sistemasi. Darsning maqsadi va vazifalari: a) ta'limiy: O'qitishning shakllari. O'qitish shakllarining o'zaro bog'lanishi. b) tarbiyaviy. O'tkazilgan ishning natijasi mehnat madaniyatini tarbiyalaydi, uning rasmiylashtirilishi estetik tarbiyaga , o'rtoqlik kollektivining tashkil qilinishi esa etik tarbiyaga yordam beradi. v) rivojlantiruvchi: Bilimlarni taqqoslash, xulosalar va xal qilinishini talab kiladigan, o'ylab tuzilgan tegishli savollar mustaqil tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi Darsning turi: ma'ruza. Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o'tish joyi: № 536 xona. Darsning jihozlanishi: Adabiyotlar, tablitsa. Fanlar bilan bog'lab o'tish: psixologiya, pedagogika, . hayot bilan bog'lab o'tish: insonga o'qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya nazariy fazilatlarni, ma'lum hunarni egallash uchun zarur bo'lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini o'rgatishdir, Darsning texnologik xaritasi. Darsning borishi: 1. tashkiliy qism: salomlashuv, davomat, yangiliklar. (2 min) 11. O'tilgan mavzuni so'rash va mustahkamlash: (30 min) 1. O'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo'llarini o'rganing. 2. Biologiyani o'qitishda o'quv munozaralari, bahslar o'tkazish usullarini o'rganing. 3. O'quvchilarda o'quv munozaralari va bahslarda ishtirok etish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarini shakllantirish yo'llarini o'rganing. 4. O'quvchilarda fikrlarini asoslash, o'z o'zini baholash, o'zaro nazorat qilish ko'nikmalarini shakllantirish yo'llarini o'rganing. 5. Biologiyani o'qitishda dialog, polilog o'quv muloqotlarini o'tkazishllarini o'rganing. 6. O'quvchilar jamoasida ijodiy izlanish ishlarini tashkil etish bosqichlarini aniqlang. 11. Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) Sistema, o'qitish shakllari, o'qitish shakllarining bog'liqligi, biologiya o'qitish shakllarining tarbiyaviy ta'siri 4. Asosiy qism. (30min) Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. O'qitishning shakllari. 2. O'qitish shakllarining o'zaro bog'lanishi. «Sistema» yunon tilida narsalar, hodisalar, tushunchalarning ma'lum mantiqiy tartibdagi bir butun birikmasini ifodalaydi. Metodikada sistema tarbiyaviy ta'lim jarayoni va uning tarkibiy elementlarining bir butunligi hamda rivojlanish prinsiplari bilan taqozo qilinadi. Maktabda o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berish o'quv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi. O'qitishning shakli - bu tarbiyaviy ta'lim jarayonida o'qituvchi tomonidan foydaanidigan o'quvchilarning o'quv idrok qilish faoliyatini uni o'tkazilish sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir. Maktabda o'rganiladigan barcha predmetlar uchun o'quv ishlarining asosiy shakli darsdir. Dars - ma'lum fanlarni, ma'lum xajmdagi bilimlarni ma'lum yoshdagi o'quvchilar guruhiga, maxsus tayyorgarligi bo'lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi. Darslarda davlat dasturi va ma'lum darajada darslik belgilagan o'quv materiali o'qitiladi. Darslarga qatnashish o'quvchilar uchun majburiydir. Biologiya o'qitishning asosiy shakli -darslarga qo'shimcha holda maktab amaliyotida o'qituvchining o'quvchilar bilan olib boradigan o'quv ishlarining boshqa shakllari tarixan vujudga kelgan. Dastlab majburiy bo'lmagan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari mashg'ulotlar, ekskursiyalar o'qitish sistemasiga qo'yilgan. Hozirgi vaqtda metodika va maktab amaliyotida biologiya bo'yicha o'quvchilar bilan olib boriladigan o'quv ishlarining quyidagi shakllari qabul qilingan: darslar va ular bilan bog'liq bo'lgan ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.79 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.79 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx