Biologiyani o'qitishda o'quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish

Biologiyani o'qitishda o'quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish

O'quvchilarga / Biologiya
Biologiyani o'qitishda o'quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish - rasmi

Material tavsifi

Biologiyani o'qitishda o'quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish. Darsning maqsadi va vazifalari: a) ta'limiy: O'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo'llari, o'quv munozaralari, bahslar, fikrlarni asoslash, o'z o'zini baholash, o'zaro nazorat qilish. Dialog, polilog o'quv muloqotlari. O'quvlar jamoasida ijodiy izlanish ishlarini tashkil etish bosqichlari xaqida tushunchalar berish. b) tarbiyaviy. Fikr inson faoliyati, uning o'z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma'naviy insoniy sifatlarni shakllantirish orqali talabalarning estetik, ekologik, iqtisodiy , ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish. v) rivojlantiruvchi: O'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun, ta'lim tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasini qo'llash zarur. Darsning turi: ma'ruza. Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o'tish joyi: № 536 xona. Darsning jixozlanishi: Adabiyotlar, tablitsa. Fanlar bilan bog'lab o'tish: psixologiya, pedagogika, . Xayot bilan bog'lab o'tish: insonga o'qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya nazariy fazilatlarni, ma'lum hunarni egallash uchun zarur bo'lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini o'rgatishdir, Darsning texnologik xaritasi. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashuv, davomat, yangiliklar. (2 min) 11. O'tilgan mavzuni so'rash va mustaxkamlash: (30 min) 1. Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha bering. 2. Pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonida qanday darajada qo'llanishini aniqlang. 3. Biologiyani o'qitishda qanday texnologiyalardan foydalanish tavsiya etilgan? 4. Biologiyani o'qitishda didaktik o'yinli darslardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 5. Biologiyani o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning qanday afzalliklari mavjud? 11. Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) Interfaollik, tanqidiy, tahliliy, bog'lanishli, ijodiy, mustaqil, mantiqiy, tizimli fikr yuritish 4. Asosiy qism. (30min) Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. O'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo'llari. 2. O'quv munozaralari, bahslar, fikrlarni asoslash, o'z o'zini baholash, o'zaro nazorat qilish. 3. Dialog, polilog o'quv muloqotlari. 4. O'quvlar jamoasida ijodiy izlanish ishlarini tashkil etish bosqichlari. Fikr inson faoliyati, uning o'z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma'naviy insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lganligi uchun, biologiyani o'qitish jarayonida o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish zarur. Biologiyani o'qitishda o'qituvchi o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun avvalo: O'quvchilarning darsda mustaqil ishlashlari uchun o'quv topshiriqlarini tuzishi; Biologik ob'yektlar, tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni o'rganish maqsadida tajriba va kuzatish o'tkazish yuzasidan ko'rsatmalar tayyorlashi:O'quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustahkam ta'limi uchun qo'shimcha adabiyotlar va mulьtimedialarni tanlashi lozim.O'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun, ta'lim arbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasini qo'llash zarur. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasining asosiy g'oyasi o'quvchilarni har tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari: - o'quvchilarni o'z bilish faoliyatini sub'yektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi. - o'quvchilarning bilish faoliyati imperik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.6 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.6 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga