Biosfera va jamiyat. Biosfera va uning evolyutsiyasi Reja Biosfera tushunchasi, uning chegaralari takibiy qismlari va funksiyalarini. Biosferada biosmassaning tarqalishi, moddalarning, energiyaning davriy aylanishining mohiyati va ahamiyati. Biogen igratsiyada qatnashuvchi asosiy guruhlarni - produtsentlar, konsumentlar, redutsentlarni. Biosfera evolyutsiyasining asosiy bosqichlari, biogenez, noogenez bosqichlarining farqlari, noosfera tushunchasining mohiyatini. Insoning biosferaga kursatadigan taosirlari (foydali va zararli) O'zbekiston sharoitida biosferaga ko'rsatilgan zararli taxsirlarini. Biosferaning qonuniyatlarini to'g'ri tushunish va undan to'g'ri foydalanishning insoniyat uchun ahamiyatini urganib olishlaringiz lozim. Biosfera (yunoncha bios - hayot, sfera - shar so'zlaridan olingan) tushunchasi fanga birinchi marta avstriyalik geolog olim E.Zyuss tomonidan tirik organizmlar yashaydigan yer qobig'ini belgilash maqsadida kiritilgan. Biosfera haqidagi taolimotni rus akademigi V.I. Vernadskiy yaratgan va rivojlantirgan. Biosfera - tirik organizmlar yashaydigan va ularning taosirida tinmay o'zgaradigan yer shari qobig'ining bir qismidir. Yerdagi xamma biogeotsenozlarning yig'indisi umumiy ekologik sistema - biosferani hosil qiladi. Shunday qilib, biosferaning elementar (eng kichik) birligi biogeotsenozalar hisoblanadi. Biosfera tirik va o'lik tarkibiy qismlardan iborat. Sayyoramizda yashaydigan xamma tirik organizmlarning yig'indisi biosferaning tirik moddasini tashkil etadi. Tirik organizmlar, asosan Yerning gazsimon (atmosfera) suyuq (gidrosfera) qattiq (litosfera) geologik qobiqlarida joylashgan. Keyingi maolumotlarga qaraganda biosferaning yuqori chegarasi dengiz satxidan 22 km balandlikda, atmosferaning quyi qatlami troposferada joylashgan. hayot gidrosferaning xamma qismida hatto eng chuqur - 11 km gacha bo'lgan joylarda xam uchraydi. hayot yerning qattiq qobig'i litosferaning yuqori qatlamlarida 3-4 km chuqurlikkacha bo'lgan masofada tarqalgan. Biosferaning quyi chegarasi okeanlarning eng chuqur joylariga va litosferada neftp bor bo'lgan, anaerob bakteriyalar yashaydigan qismlariga tarqaladi. Biosferaning o'lik tarkibiga atmosferaning, gidrosferaning va litosferaning moddalar va energiya almashinuvi jarayonida qatnashuvchi qismlari kiradi. Sayyorada hayot chegaralari biosferaning chegaralarini aniqlaydi. Biosfera - Yerning tirik organizmlar yashaydigan geologik qobiqlarining bir qismidir. Biosferaning o'ziga xosligi organizmlar faoliyati tomonidan iroda qilinuvchi moddalarning davriy aylanishidir. Biosfera energiyani tashqaridan - quyoshdan olgani uchun ochiq sistema hisoblanadi. Tirik organizmlar moddalar davriy aylanishini iroda qilib, sayyoraning yuzasini o'zgartiruvchi kuchli geologik omil hisoblanadi. Tirik moddaning funksiyalari. Tirik moddaning quyidagi asosiy biokimyoviy funksiyalari mavjud: gaz almashinishi; 2) oksidlanish qaytarilish; 3) kontsentratsiyalash, jamg'arish; 4) biokimyoviy. Gaz almashinish funksiyasi fotosintez va nafas olish jarayonlariga bog'liq. Avtotrof organizmlarning organik moddalarni sintezlash jarayonida qadimgi atmosfera tarkibidagi korbonat angidrid ko'p miqdorda sarflanadi. Yashil o'simliklar toboro ko'payib borishi bilan atmosferaning gaz tarkibi xam o'zgara boshlaydi. Korbonat angidrid miqdori kamayib, kislorod orta boshlaydi. Atmosfera tarkibidagi kislorodning xammasi tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo'ladi. Nafas olish jarayonida kislorod sarflanib, karbonat angidrid hosil bo'ladi va yana atmosferaga chiqariladi. Shunday qilib tirik organizmlarning faoliyati natijasida hosil bo'lgan atmosfera hozirgi davrda xam ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.09 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.09 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: doc