BIOSFERA VA MIKROORGANIZMLAR EKOLOGIYASI REJA: Tuproq mikroflorasi. Suv mikroflorasi. Havo mikroflorasi. Bakteriyalar tabiatda boshqa tirik organizmlarga qaraganda, keng tarqalgan. CHunki ular nihoyatda mayda bo'lganligi va tashqi muhit omillariga tez moslasha olganligi, turli-tuman oziq moddalarni iste'mol etishi sababli boshqa organizmlar yashay olmaydigan joylarda ham yashay oladi. Ular tuproqda, suvda, havoda va boshqa organizmlar tanasida uchraydi. Mikroorganizmlarning tuproqda tarqalishi. Mikroblar tashqi muhitdagi hamma obyektlardan ko'ra tuproqda ayniqsa ko'p bo'ladi. Mikroblar suv va havoga asosan tuproqdan tarqaladi. Tuproqda mikroblarning hayoti va faoliyati uchun organik va mineral moddalar, yetarli namlik, quyosh nurlaridan himoya qilishga o'xshash eng qulay sharoitlar mavjud. Tuproqning turli qatlamlarida mikroblar bir tekis tarqalgan emas. Eng ustki qatlamida mikroblar kam bo'ladi, chunki bu yerda mikroblar kuriydi va quyosh nurlarining ta'sirida tez nobud bo'ladi. yerning 10-20 sm chuqurlikdagi qatlamida mikroblar hammadan ko'prok bo'ladi. yer chuqurlashgan sari mikroblarning xarakteri uzgaradi va ularning umumiy miqdori kamaya boradi, 4-5 m chuqurlikdagi tuproq esa deyarli sterilli bo'lishi mumkin. Lekin mikroblar ancha chuqur qatlamlarda ham bo'lishi mumkin. Tuproqning tarkibiga, yoritilish sharoitiga, namlik darajasiga, yil fasllariga, iqlim sharoitiga va omillariga qarab tuproq mikroflorasi miqdor va sifati jihatidan ham farq qiladi. Masalan, taqir, toshloq, qumloq tuproqlarda mikroblar juda kam bo'ladi, haydab quyilgan va ug'itlangan tuproqlarda ayniqsa ko'p bo'ladi. Organik moddalar ko'p bo'lgan yerlarda mikroblarning har xil turlari ko'payishiga qulay sharoit yaratiladi. Ular ayniqsa o'simliklarning ildizida (rizosferada) ko'p miqdorda to'planadi. Tuproqda bir necha million, hatto milliardgacha bakteriya bo'lishi mumkin. 1 g mozor tuprog'ida 19 mlrd bakteriya borligi aniqlangan. M. V. Fedorovning ma'lumotlariga ko'ra 1 gektar yerning 25 sm chuqurlikdagi tuprog'idan olingan mikroblarning og'irligi 3 tonnaga yetgan, demak, 1 g tuproqda 5 mlrd bakteriya bo'lgan. Tuproqda ayniqsa sporali aeroblar (Vas. mycoides, Vas. subtilis, Vas. megatherium, Vas. mesentericus va boshqalar), sporali anaeroblar (Vas. eporogeaes, Vas, putrificus va boshqalar), termofil bakteriyalar, pigment hosil qiluvchilar, kokklar (Micrococcus albus va boshqalar) ko'p uchraydi. Tuproqda nitrifikatsiyalovchi, denitrifikatsiyalovchi, azot tuplovchi, oltingugurt bakteriyasi, kletchatkani parchalovchi; mog'or zamburug''lari, achitkilar, sodda hayvonlar va mikroskopik yusinlar bo'ladi. Ularning ayrimlari oziqlarga tushib, ularni buzadi. Ayrim tur bakteriya, achitki, mog'or zamburug''larning sof ko'lturasi ajratilib, ulardan antibiotiklar, vita'minlar, fermentlar va boshqalar tayyorlanadi. Tuproqdagi organik va mineral moddalarning almashinuvida mikroorganizmlar asosiy rol uynaydi; tuproqdagi mikroblarning ta'sirida har yili tuproqqa tushadigan barcha organik moddalar (o'simlik qoldiqlari, mol uligi) oddiy birikmalarga parchalanadi va ular o'simliklar uchun oziq moddaga aylanadi. Tuproq strukturasini va gumusni hosil qilishda mikroorganizmlarning ahamiyati juda katta. Gumus tabiatdagi turli o'simlik birikmalaridan, anaerob va aerob bakteriyalar hamda zamburug''lar ishtirokida hosil bo'ladi. Evolyutsion taraqqiyot natijasida tuproq mikroorganizmlarning ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.25 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.25 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: doc