Biosfera va uning evolutsiyasi

Biosfera va uning evolutsiyasi

O'quvchilarga / Biologiya
Biosfera va uning evolutsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Biosfera va uning evolyutsiyasi Reja Biosfera tushunchasi, uning chegaralari takibiy qismlari va funksiyalarini. Biosferada biosmassaning tarqalishi, moddalarning, energiyaning davriy aylanishining mohiyati va ahamiyati. Biogen igratsiyada katnashuvchi asosiy guruhlarni - produtsentlar, konsumentlar, redutsentlarni. Biosfera evolyutsiyasining asosiy bosqichlari, biogenez, noogenez bosqichlarining farqlari, noosfera tushunchasining mohiyatini. Insoning biosferaga kursatadigan taosirlari (foydali va zararli) O'zbekiston sharoitida biosferaga ko'rsatilgan zararli taxsirlarini. Biosferaning qonuniyatlarini to'g'ri tushunish va undan to'g'ri foydalanishning insoniyat uchun ahamiyatini urganib olishlaringiz lozim. Biosfera (yunoncha bios - hayot, sfera - shar so'zlaridan olingan) tushunchasi fanga birinchi marta avstriyalik geolog olim E.Zyuss tomonidan tirik organizmlar yashaydigan yer kobigini belgilash maqsadida kiritilgan. Biosfera haqidagi taolimotni rus akademigi V.I. Vernadskiy yaratgan va rivojlantirgan. Biosfera - tirik organizmlar yashaydigan va ularning taosirida tinmay uzgaradigan yer shari kobigining bir kismidir. Yerdagi xamma biogeotsenozlarning yig'indisi umumiy ekologik sistema - biosferani hosil qiladi. Shunday qilib, biosferaning elementar (eng kichik) birligi biogeotsenozalar hisoblanadi. Biosfera tirik va ulik tarkibiy kismlardan iborat. Sayyoramizda yashaydigan xamma tirik organizmlarning yig'indisi biosferaning tirik moddasini tashkil etadi. Tirik organizmlar, asosan Yerning gazsimon (atmosfera) suyuk (gidrosfera) qattiq (litosfera) geologik kobiklarida joylashgan. Keyingi maolumotlarga karaganda biosferaning yuqori chegarasi dengiz satxidan 22 km balandlikda, atmosferaning kuyi qatlami troposferada joylashgan. hayot gidrosferaning xamma kismida xatto eng chuqur - 11 km gacha bo'lgan joylarda xam uchraydi. hayot yerning qattiq kobigi litosferaning yuqori katlamlarida 3-4 km chuqurlikkacha bo'lgan masofada tarkalgan. Biosferaning kuyi chegarasi okeanlarning eng chuqur joylariga va litosferada neftp bor bo'lgan, anaerob bakteriyalar yashaydigan qismlariga tarkaladi. Biosferaning ulik tarkibiga atmosferaning, gidrosferaning va litosferaning moddalar va energiya almashinuvi jarayonida katnashuvchi qismlari kiradi. Sayyorada hayot chegaralari biosferaning chegaralarini aniklaydi. Biosfera - Yerning tirik organizmlar yashaydigan geologik kobiklarining bir kismidir. Biosferaning o'ziga xosligi organizmlar faoliyati tomonidan iroda kilinuvchi moddalarning davriy aylanishidir. Biosfera energiyani tashqaridan - quyoshdan olgani uchun ochiq sistema hisoblanadi. Tirik organizmlar moddalar davriy aylanishini iroda qilib, sayyoraning yuzasini uzgartiruvchi kuchli geologik omil hisoblanadi. Tirik moddaning funksiyalari. Tirik moddaning quyidagi asosiy biokimyoviy funksiyalari mavjud: 1) gaz almashinishi; 2) oksidlanish qaytarilish; 3) kontsentratsiyalash, jamgarish; 4) biokimyoviy. Gaz almashinish funksiyasi fotosintez va nafas olish jarayonlariga bog'liq. Avtotrof organizmlarning organik moddalarni sintezlash jarayonida qadimgi atmosfera tarkibidagi korbonat angidrid ko'p miqdorda sarflanadi. Yashil o'simliklar toboro kupayib borishi bilan atmosferaning gaz tarkibi xam uzgara boshlaydi. Korbonat angidrid miqdori kamayib, kislorod orta boshlaydi. Atmosfera tarkibidagi kislorodning xammasi tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo'ladi. Nafas olish jarayonida kislorod sarflanib, karbonat angidrid hosil bo'ladi va yana atmosferaga chikariladi. Shunday qilib tirik organizmlarning faoliyati natijasida hosil bo'lgan atmosfera hozirgi davrda xam ularning faoliyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.42 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.42 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga