Biotsenoz, biogeotsinoz va ekotizimlar

Biotsenoz, biogeotsinoz va ekotizimlar

O'quvchilarga / Biologiya
Biotsenoz, biogeotsinoz va ekotizimlar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Biotsenoz,biogeotsinoz va ekotizimlar Reja: 1. BIOSYeNOZ,FITOTsYeNOZ,BIOTOP 2. BIOTsYeNOZLARNING TUR TARKIBI 3. BIOTsYeNOZNING EKOLOGIK TUZILIShI 1. Biotsenoz, fitotsenez, biotop Organizmlar o'ziga bog'liq bo'lmagan holda tabiat qurshovida bo'lib, ana shu tabiatdagi barcha omillar bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Bu bog'lanishlar shu individlar uchun ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin. Barcha jonli organizmlar o'zaro bog'langan muhitsiz yashay olmaydilar. Biotsenozdagi barcha individlarning o'zaro munosabatlari ularning oziqlanishi va rivojlanishi, yashash sharoitidagi noqulay omillarning ta'sirini pasaytirish imkoniyatlarini yaratadi. Barcha jonli organizmlarning bir-birlariga ko'rsatadigan ta'sirlarining yig'indisiga biotik omillar deb ataladi. Organizmlarni o'rab olgan barcha jonli organizmlar, ularning biotsenotik muhitini hosil qiladi. Har bir turning vakili faqat shunday jonli muhitda yashashi mumkinki, qaysikim boshqa organizmlar bilan munosabatda bo'lganda ularga normal hayotiy omillarni yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, jonli organizmlarning har xil shakllari yerda har xil birikmalarda bo'lishi mumkin, buning natijasida har xil jamoalarni hosil qiladi, bunga faqat birga yashashga moslashgan turlar kiradi. Birga oziqlanadigan gruppalarga va o'zaro bog'langan organizmlarni biotsenozlar deb yuritiladi. «Biotsenoz» lotincha so'z bo'lib «bios» - hayot, «tsenoz» - umumiy, yani biotsenoz hayotni umumiy masalalarini o'rganadi. Biotsenoz a'zolarining birga hayot kechirishga moslanganligi ularning muhit sharoitlariga bo'lgan talabining bir xilliri va qonuniy ravishda o'zaro munosabatlarida seziladi. «Bioienoz» atamasi hozirgi zamon ekologik adabiyotlarda hududdagi organizmlarning tarqalishini aks ettirish maqsadida qo'llaniladi (bu quruqlikka nisbatan bir xil o'simliklar jamoasini ajratishda qo'llaniladi). O'simliklar jamoasi lotin tilida «fitotsenoz», hayvonlar jamoasi esa «zootsenoz» deb ataladi. Fitotsenoz bilan zootsenoz birgalikda umumbiologik tushunchani - biotsenozni tashkil qiladi, yani tirik organizmlar jamoasi degan manoni anglatadi. Malumki, Yer kurrasida mavjud bo'lgan tirik organizmlar o'zaro malum munosabatda bo'lib qolmasdan, balki tashqi muhit va ayniqsa, iqlim va tuproq muhiti bilan vositali yoki vositasiz munosabatda bo'ladi. Bunday munosabatlarni o'rganuvchi sohaga biogeotsenologiya deyiladi. Biogeotsenologiya avvalo tirik arganizmlarning tuproqqa bo'lgan munosabatini o'rgangani uchun uning obyekti biogeoienoz hisoblanadi. Biogeotsenoz haqidagi tushunchani birinchi bo'lib akademik V. N. Sukachev 1942 yili fanga kiritgan. Bu tushuncha bilan u Yer yuzining malum bir bo'lagida o'zaro o'xshash sharoitlarning mavjudligi va shu sharoitda mikroorgaiizmlar, hayvon va o'simliklarning birgalikda yashashi natijasida bir-biriga nisbatan ta'sir ko'rsatishini kuzatish hamda o'rganish kerakligini qayd qiladi. Soddaroq qilib aytganda, o'lik tabiat bilan tirik tabiat o'rtasidagi munosabatlarni biogeotsenologiya o'rganadi. O'simliklar biotsenozlarni bir-biriga nisbatan tashqi ko'rinishini o'rganganda ularning faqat yer ustki qismi tana ko'rinishinigina etiborga olinmasdan, balki uning ostki kismi (yani ularning ildiz sistemalarining bir-biriga nisbatan tuproqning turli qatlamlarida aralishini) xam ko'zda tutiladi. Muayyan bir hududda turlar tarkibi, turlar soni, yarusligi, tashqi ko'rinishi bilan bir-biridan malum darajada ajraladigan bir necha jamoalarni ko'rish mumkin. Bunday hollarda jamoa, mikrojamoa yoki mikrobiotsenozlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 24.92 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 24.92 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga