Darvin ta'limotining mohiyati

Darvin ta'limotining mohiyati

O'quvchilarga / Biologiya
Darvin ta'limotining mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Darvin ta'limotining mohiyati Darvinning yirik asarlari. Darvin dunyo safaridan qaytgach, to'plangan materiallar ustida Angliyaning ko'zga ko'ringan tabi- atshunos olimlari bilan hamkorlikda shug'ullana boshladi. Shu bilan bir qatorda yangi hayvon zotlari, o'simlik navlarini chiqarish tajribasini o'rgandi hamda ilgari o'tgan va o'zi bilan zamondosh bo'lgan tabiatshunos olim- larning asarlari bilan tanisha boshladi. Shularga asoslanib, u organik olam evolutsiyasi haqida dastlab 1842-yili ilmiy asar yozdi va uni yana 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi. Va nihoyat Darvin 1859-yili «Turlarning paydo bo'lishi» degan mashhur asarni nashr ettirdi. , . U yana bir necha asarlarni yozdi. 23-rasm- C ar z Darvin Ulardan «Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o'simliklarning o'zgaruvchanligi» (1868), «Odamning paydo bo'lishi va jinsiy tan- lasnish» (1871), «O'simliklar dunyosida chetdan va o'z-o'zidan changlanishning ta'siri» (1876) kabilarni ko'rsatib o'tish kerak. Bu asarlarda olim organik olam evolutsiyasiga oid ko'pla dalillarni keltiradi va o'zidan oldin o'tgan va ayni paytdagi zamondoshlarining bu sohadagi tadqiqot natijalari, fikr-muloha- zalarini bayon etadi. Olim organik olam evolutsiyasining harakat- lantiruvchi kuchlari: irsiyat, o'zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e'tirof etdi. Ch. Darvin 1882-yili vafot etdi. Sun'iy tanlash Dunyo bo'ylab safardan Darvin tashqi muhit ta'sirida turlar o'zgarishi mumkin ekanligiga ishonch bilan qaytdi. Geologiya, paleontologiya, solishtirma anatomiya, embriologiya fan dalillari turlar turg'un emas, balki o'zgaruvchan ekanligidan dalolat bera- di. Shunga qaramay o'sha davrdagi hukmron dunyoqarash ta'sirida bo'lgan ko'p tabiatshunos olimlar bir turning boshqa turga aylanganligini ko'rmaganliklarini ro'kach qilib, organik olam evo- lutsiyasini tan olmas edilar. Shu bois yosh Darvin o'z faoliyatini evolutsion jarayon mexanizmlarini aniqlashdan boshladi. Avvalo xonaki hayvon, madaniy o'simlik navlarining kelib chiqish sabablarini o'rgandi. Ongsiz tanlash. Arxeologiya ma'lumotlarining ko'rsatishicha, odam paydo bo'lmasdan ilgari yer yuzida madaniy o'simliklar, xonaki hayvonlar bo'lmagan. Ibtidoiy odamlar yowoyi hayvonlarni ovlash, tabiatda yovvoyi holda o'suvchi o'simliklarning urug'larini, mevalarini va boshqa qismlarini iste'mol qilish bilan hayot kechirganlar. Bundan 9-10 ming yil oldin yovvoyi hayvon bolalarini qo'lga o'rgatish, yovvoyi o'simliklar orasidan oziqabop xillarini o'z kulbalari atrofiga ekish rasm-rusm tusini olgan va bu tajriba avloddan avlodga berila borgan. Insonlar har gal qo'l ostidagi hayvonlar, o'simliklar orasidan ko'p mahsulot beradigan xillarini saralab, boshqalarini o'z ehti- yojlari uchun ishlatganlar. Bunday saralash ko'p ming yillar mobaynida davom ettirilgan. Oqibatda odam xohishidan tashqari yovvoyi o'simlik, hayvonlardan foydali belgi xossalari bilan bir- muncha farq qilgan mahalliy hayvon zotlari, o'simlik navlari paydo bo'lgan. Insonlarning bunday faoliyatida yangi nav, zot chiqarish asosiy maqsad qilib olinmaganligini e'tiborga olib, Darvin bunday ibtidoiy tanlashni ongsiz tanlash deb nomladi. Sun'iy tanlashning ongsiz shakli hozirgi vaqtda ham rivojlanishi qoloq bo'lgan qabilalarda, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 173.6 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 173.6 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga