Darvinning su'niy va tabiiy tanlanish konsepsiyalari

Darvinning su'niy va tabiiy tanlanish konsepsiyalari

O'quvchilarga / Biologiya
Darvinning su'niy va tabiiy tanlanish konsepsiyalari - rasmi

Material tavsifi

Darvinning sun'iy va tabiiy tanlanish konsepsiyalari Reja: sun'iy va tabiiy tanlanish konsepsiyalarining yaratilish tarixi. Ch.Darvinning sun'iy tanlash koptseptsiyasining mazmuni. Ch.Darvinning tabiiy tanlanish konsepsiyasining mohiyati. Ch.Darvinning daholigi evolyutsion o'zgarishlarni va umuman evolyutsion jarayonning mexanizmini tabiiy tanlanishda ekanligini anglashdan iborat bulsa, uning muvaffakiyati tabiiy tanlanishning mohiyatini tushunish uchun sun'iy tanlash jarayonining mazmunini urganib, shunga oid mulohazalarni sun'iy tanlashdan boshlash kerakligini tushunishdan iborat buldi. boshqacha qilib aytganda, Darvin tabiiy tanlanish mexanizmining «kaliti»ni sun'iy tanlashda ekanligini angladi. Mazkur masalaga oid zikr qilingan mulohazalar shu xildagi yondashishni xakikatda xam yagona to'g'ri ekanligini kursatadi. sun'iy tanlash konsepsiyasini yaratilishiga (biz uni chalkashlikni oldini olib «nazariya» deb nomlamadik nazariya tarkibida, yani evolyutsiya nazariyasida, boshqa nazariya bulmaydi) Darvinning yashagan davri, joyi, ijtimoiy-iqtisodiy shart sharoitlar katta ta'sir kursatdi. XIX asrni o'rtalarida Angliya sanoat va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi kuchli rivojlangan mamlakatga aylangan edi. qishloq xo'jaligida seleksiya ishlariga katta etibor bo'lganligidan hayvon va o'simliklarning sanoat ishlab chiqarishga sifatli xomashyo yetkazib beruvchi zot va novlari yaratildi (bu borada kuylarning dunyoga mashxur bo'lgan jun etkazuvchi zotlari diqqatga sazovor). Seleksiyaga oid shu yo'nalishdagi ishlarni chuqur o'rganishdan tashqari (ko'p xollarda Darvin o'zi xam yangi zot va navlarning yaratilishida shaxsan katnashib, kator zot va navlarni yaratgan), Darvin bu masalaga oid ko'p ilmiy adabiyotlarni va tarixiy ma'lumotlarni urganib chikdi. Ch.Darvinni xar qanday guruh zot va navlarda hayvon va o'simliklarning o'ta xilma-xilligi xayratga soldi. Masalan, kaptarlarning usha paytda 150 ga yaqin zotlari malum edi. (Ularning kupi Hindistonda sunggi 3-4 asr davomida yaratilgan bo'lishiga qaramasdan, Yevropada etishtirilgan kator kaptar zotlari xam tarkalgan edi). Kaptarlarning barcha zotlari bitta yagona ajdod - yovvoyi tog koya kaptaridan kelib chikkanligiga qaramasdan (bu tur hozir xam tabiatda mavjud - o'rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda uchraydi), ular orasida shunchalik bir-biriga uxshamaydiganlari bor ediki, tashqi belgilariga karab xar bir zotni tabiatdagi alohida ajdodi bulsa kerak deb uylash mumkin bo'lgan. Lekin, aslida mazkur holat bunday bo'lmagan, buning isboti, kaptarlarning barcha zotlari bir-birlari bilan o'zaro erkin kupayib duragaylar hosil kila oladi; bundan tashqari, xar bir zot uni keltirib chikargan va ajdodi hisoblangan yovvoyi tog koya kaptari bilan xam o'zaro kupayib nasl koldira olgan. Xuddi shu xildagi fikrni hayvon va o'simliklarning boshqa zot va navlariga nisbatan xam bildirish mumkin (hayvonlardan kuylar, kora mollar, itlar va xokazo, o'simliklardan karam va boshk.). Darvin zot va navlar xilma-xilligining sabablari bilan alohida kizikdi. 'ar bir zot va navning xilma-xillik borasida chegarasi yuk. (Bitta turdan kelib chikkan zot va navlarning miqdori cheksiz; seleksiya tufayli minglab va un minglab sonda yaratilgan navlar malum). Kaysi omil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.4 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.4 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga