Ekologiya, fitotsenologiya va o'simliklar geografiyasi. Reja: 1. Ekologiya fani , predmeti. 2. Tabiatni muhofaza qilishning madaniy va estetik ahamiyati. 3. Ekologiyaning rivojlanish tarixi. 4. Tabiatni muhofaza qilishda jamoatchilik. 5. Ekologik ta'lim - tarbiya -biosferani saqlab qolishining muhim omillari. 6. Ekologiya va hadislar 7. Biotsenoz haqida tushuncha. 8. Ijtimoiy ekologiya. 9. Geobotanika asoslari. 10. Tabiatni muhofaza qilish. EKOLOGIYA PREDMETI, VAZIFALARI, TARIXI VA FANLAR BILAN BOFLIQLIGI Inson tabiat og'ushida yashaydi, ijod etadi, faoliyat ko'rsatadi, uning ko'rkam manzarasidan zavq oladi, sahovatli marhamatlaridan bahramand bo'ladi. Tabiat, u qanday ko'rinishida bo'lishidan qat'i nazar o'zgacha gashtli fusunkor bo'lishi mumkin. Bizni o'rab turgan tabiatning ko'rkam manzarasi nafaqat qushlar, musavvirlar, shoirlar, bastakor-mashshoqlar, xonandalar uchun ilhombahsh ko'rinishi bo'libgina qolmasdan, balki kishilarining ruhiyatini yengillashtiruvchi ma'naviy ozuqa beruvchi tabiiy manba bo'lib xizmat qiladi. Ekologiya so'zi yunoncha so'zdan olingan bo'lib, - oykos -uy, joy, logos - fan demakdir. Bu so'z nemis olimi E.Gekkel tomonidan 1869 yilda Organizmlarning umumiy morfologiya deb nomlangan asarida berilgan. Botanika faniga esa 1895 yil Varming tomonidan kiritilgan. 1910 yilda butun ittifoq botaniklar kongressida ekologiya mustaqil fan sifatida vujudga keldi. Ekologiyaning predmeti - organizmlar gruppasi va tashqi muhit orasidagi bog'lanishlarning tuzilishi va unga bog'liq bo'lgan jonlanish, taraqqiy etish,tarqalish va konkurentlar xususiyatlarini o'rganadi. Hayotning hamma ko'rinishlari-o'simliklarning formasi, evolyutsiyasi tashqi muhitning ta'siriga bog'liqdir. Masalan, o'simlik namlik yetarli bo'lgan joyda va quruq adir sharoitida ekilsa, bir xil urug'i unib chiqqan o'simliklar bir-biridan butunlay kuchli farq qiladi. Namlik yetarli joyda o'simlik barglari katta-katta, o'simlik baland bo'lib o'sadi. Qqurg'oqchilik joydagi esa mayda bargli, past bo'yli, barglari tukchalar bilan qoplangan. Ekologiya antropogen va har xil omillar ta'sirida tabiatdagi bog'lanishlarning buzilishi to'g'risida ma'lumot beradi. U tabiiy resurslardan ratsional foydalanishda va tabiatni muhofaza qilishda ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, har yili o'rmon xo'jaliklari tabiatda o'suvchi dorivor o'simliklarni yig'ib olib dori tayorlash uchun topshiradi. Bunda agar yig'ib olinayotgan o'simliklar miqdori qayta o'sib chiqayotgan o'simliklar miqdoridan oshsa, unda o'simliklar sekin-asta yo'qola boshlaydi. Shuning uchun dorivor o'simliklarni yig'ish faqatgina ilmiy tomondan asoslangan normalar asosida terib topshirilishi kerak. Bu normalar va yig'ish muddatlari o'simliklar jamoasi qayta tikla unish uchun asos bo'lishi kerak. Hozirgi vaqtda ekologiya fani bir necha fanlar kompleksidan iborat bo'lib - ekonomika, texnika, madaniy fanlarning vazifalarini o'z ichiga oladi, lekin biologik muammolar bu kompleksda asosiy bo'lib qoladi, chunki odam, hayvonlar va o'simliklar dunyosi bu biologik obyektlar bo'lib bir-birlari bilan va tashqi muhit bilan o'zaro bog'liqdir. Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini quyidagi biologik spektr tuzilishida yozsa bo'ladi. A'zo gen--hujayra--to'qima--organ--organizm--populyatsiya--jamoa + abiotik muhit = ekosistema. Ekologiya asosan bu spektorning o'ng qismida ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
72.32 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
72.32 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx