Ekosistemalar. Biosfera. Reja: 1. Ekosistemalar va ularning tuzilmasi. Ekosistemada energiya oqimi. 2.Ekosistemalar maxsuldorligi. 3.Ekosistemadagi o'zgarishlar. Suktsessiya. 4.Biosfera va uning xususiyatlari. Tayanch iboralar: Ekosistema.Produtsent, konsument va redutsentlar. Biogeotsenoz. Ozik zanjiri. Trofik daraja. Birlamchi va ikkilamchi maxsuldorlik. Ekologik piramida qoidasi. Davriy va yo'naltirilgan o'zgarishlar. Ekzogenetik va endogenetik almashinish. Suktsessiya. Klimaks holat. Agroekosistema. Biosfera. 1.Organizmlar jamoasi anorganik muhit bilan chambarchas boglangan. o'simliklar tanasiga tashqaridan uglerod IV-oksid, suv, kislorod va mineral tuzlar tushib turgandagina yashay oladi. Geterotrof organizmlar o'simliklar hisobiga yashasada, ular xam kislorod va suv kabi anorganik moddalarga muhtojdir. Xar qanday muhitda xam, agar anorganik moddalar zaxirasi tiklanib turmasa, ular tugab qolishi mumkin. Organizmlarning hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan biogen elementlarning atrof muhitga qaytarilishi organizmning hayot faoliyati jarayonida (nafas olish, ekskretsiya) hamda ular ulgandan keyin parchalanishi natijasida yuz beradi. Demak, jamoalar noorganik muhit bilan shunday sistema hosil kiladiki, bu sistema ichida organizmlarning hayot faoliyati natijasida yuzaga chikadigan atomlar oqimi davra hosil qilib aylanib turadi. Modda almashishi mumkin bo'lgan tirik organizmlar bilan ulik tabiat komponentlarining majmuasi ekosistema deb ataladi. Bu so'zni ingliz ekologi A.Tensli 1935 yilda fanga kiritgan. A. Tensli ekosistemani tabiatning asosiy birligi deb hisoblagan. Ekosistemada modda almashishi sodir bo'lishi uchun noorganik elementlarning uzlashtiriladigan holatdagi zaxirasi hamda organizmlarning 3ta ekologik guruhi: produtsentlar, konsumentlar va redutsentlarning bo'lishi shart. Ekosistemadagi avtotrof organizmlar produtsentlarni tashkil qiladi va ular o'z tanalarini anorganik birikmalar hisobiga ko'radilar. Konsumentlar-geterotof organizmlar bo'lib, produtsentlarning yoki boshqa konsumentlarning organik moddasini istimol qiladi va uni yangi shaklga o'tkazadi. Redutsentlar ulik koldiklar hisobiga yashaydi va organik birkmalarni anorganik birkmalar holatiga o'tkazadi. Organizmlarning bunday guruhlarga ajratish nisbiydir. Chunki produtsentlar va konsumentlar kisman redutsentlar vazifasini xam bajaradi, tashqi muhitga anargonik birkmalar xam ajratadi. Atomlarning doira buylab aylanishi konsumentlarsiz xam amalga oshishi mumkin. Lekin bunday ekosistemalar juda kam. Masalan, fakat mikroorganizmlardan iborat ekosistemada bu hodisa kuzatiladi. Ekosistemaning xajmi juda turli-tuman. Daraxt pustlogidagi lishayniklar to'plamidan tortib, butun Yer sharini alohida ekosistema deb qarash mumkin. Kichik ekosistemalarda xam biogen elementlarning aylanishi ruy beradi. Lekin moddalarning va organizmlarning ekosistema chegarasidan tashqariga chiqishi sodir bo'lib turadi. Kattarok ekosistemalarda modda almashishi tulikrok amalga oshadi. Lekin eng katta ekosistemalar xam yopiq xoldagi modda aylanishiga ega emas. Ekosistema ta'limoti bilan bir katorda biogeotsenoz taxlimoti xam mavjud. Biogeotsenoz tushunchasi N.V.Sukachev tomonidan fanga kiritilgan. Ekosistema va biogeotsenoz tushunchalar bir-birga yaqin. Lekin ekosistema modda aylanishi ruy beradigan sistema deb karalsa, biogeotsenoz maxlum o'simliklar bilan koplangan maydonlarga nisbatan qo'llaniladigan tushunchadir. Ekosistemada organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning aylanishi yuzaga chikib turishi uchun energiya kelib turishi zarur. Yerdagi hayot quyosh enegiyasi ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.6 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.6 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: doc