Evalyutsion jarayonning asosiy yo'nalishlari Reja: Mutatsion uzgaruvchanlik. G. de Friz ta'limoti. Spontal va induktiv mutatsiya. Foydali va zarali mutatsiyalar. Tayanch so'zlar va tayanch iboralar. Mutatsiya, rekombinatsiya, spontan mutatsiya, induktiv mutatsiya, generativ mutatsiya, somatik mutatsiya, kurtak mutatsiyasi, makromutatsiya. Organizm genotipning o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan uzgaruvchanlik mutatsion uzgaruvchanlik deyiladi, o'zgarishlar natijasida hosil bo'lgan organizm mutant deb ataladi. Mutatsion uzgaruvchanlik modifikatsion uzgaruvchanlikdan tubdan farq qiladi, hosil bo'lgan yangi belgi va xususiyatlar (mutatsiyalar) tashqi muhit qanday bo'lishidan kathi nazar nasldan-naslga berilaveradi. Mutatsiyalar hosil bo'lishi hujayraning nodir strukturasi - xromosomalarning o'zgarishiga bog'liq. Mutatsiya tashqi faktorlar yoki ichki sabablar tahsirida hujayraning irsiy strukturasida yuz beradigan o'zgarish bo'lib, organizmlarda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo'lishiga olib keladi. boshqacha aytganda, mutatsiya genlarning molekulyar o'zgarishi, genlar miqdorining hamda xromosomalar soni va strukturasining o'zgarishidir. Irsiy uzgaruvchanlik Darvinga xam mahlum bo'lib, uni noanik (yoki muayyan) uzgaruvchanlik deb atagan edi. U bunday uzgaruvchanlik kuchsiz tafovutlardan to kuzga tashlanadigan darajada yakkol va keskin bo'lishi mumkinligini aniklagan. Masalan, 1791 yilda Shimoliy Amerikadagi Massachusete degan joyda normal kuylardan oyoqlari juda kalta kuzichrklar tug'ilgan. Bunday keskin o'zgarishlar uismliklarda xam uchraydi. XVII va XIX asrlarda Angliyalik bogbonlar mevali va manzarali o'simliklar shoxidagi kurtaklardan mofologik jihatdan asosiy novdalardan keskin farq kiladigan novdalar usib chikkanligini aniklagan edilar. Ammo Darvin zamonida xali irsiyat va uzgaruvchanlik qonuniyatlari kashf etilmagan, shu sababli uznaruvchanlikning turli formalari o'rtasidagi tafovutlar aniq emas edi. Uzgaruvchanlik formalari haqidagi masala XIX asrning oxiri XX asr boshlarida ilmiy asosda ishlab chikildi. «Mutatsiya» terminini fanga golland botanigi G.de friz kiritgan. U organizm irsiy belgilarining keskin o'zgarishi hodisasini mutatsiya deb atadi. G. de Frizning asosiy ta'limoti «Mutatsiya nazariyasi» (1901-1903) degan asarida bayon qilingan bo'lib, hozirgacha o'z mohiyatini saklab kelmokda. Uning ta'limotida asosan quyidagi fikrlar ilgari suriladi: mutatsiya oralik ko'rinishiga ega bulmay, tusatdan hosil bo'ladi; yangi formalar xam turgun bo'ladi; mutatsiyalar sifat o'zgarishidan iborat; mutatsiyalar har xil yo'nalishda borib, xam zararli xam foydali bo'lishi mumkin; mutatsiyalarni aniqlash, tekshirish olingan organizmlar miqdoriga bog'liq; bir mutatsiyaning o'zi yana qaytadan hosil bo'lishi mumkin. G. de Friz mutatsiya tashqi sharoitga moslashgan yangi turlar hosil qilishi mumkin deb, tanlashga etarli baho bermadi. Aslida esa mutatsiya fakat uzgaruvchanlik manbai bo'lib, tanlash uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. G. de Frizning mutatsiyalar hamisha katta irsiy o'zgarishlardan iborat bo'ladi, degan fikrlari keyingi tadqiqotlarda tasdiklanmadi. Tabiatda keskin irsiy o'zgarishlar bilan bir katorda boshlang'ich formalardan biroz farq ialadigan kichik mutatsiyalar xam kuplab uchrab turadi. Shunga qaramay G. de Frizning mutatsiya to'g'risidagi ta'limoti seleksiya praktikasida juda katta axaimyatga ega bo'lib, mutatsiyalarning sakrash tarzida ruy ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.39 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.39 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: doc