Evalyutsianing harakatlantiruvchi kuchlari . Reja: Irsiyat va uzgaruvchanlik. Modifikatsion uzgaruvchanlik. ko'p allellik. Tayanch so'zlar va iboralar. Spora, modifikatsion uzgaruvchanlik, fenotipik uzgaruvchanlik, kombinatsion uzgaruvchanlik, mutatsion uzgaruvchanlik, mutatsiya, makromutatsiya, mikromutatsiya, generativ mutatsiya, vegetativ. yuqorida tahkidlanganidek, genetika irsiyat va uzgaruvchanlik qonunlarini o'rganadigan fandir. Irsiyat organizmlarning belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi buginga berish xossasidir. Irsiyat o'simlik, hayvonlar va mikroorganizmlarning turi, navi, zotiga xos bo'lgan keyingi buginlarda saklab qolish vazifasini bajaradi. Irsiyat organizmlarning kupayishi va inlividual rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq. Jinsiy kupayishda erkak (sperma) va urgochi (tuxum hujayra) jinsiy hujayralarning uruglanishi natijasida yangi avlod vujudga keladi. Demak, jinsiy hujayralar bir avloddagi belgi va xususiyatlarning kelgusi buginga berilishida kuprik vazifasini bajaradi. Jinssiz (vegetativ) kupayishda yangi avlod bir hujayrali (sporalar) yoki ko'p hujayrali to'qimalardan (novda, barg, piyozbosh, tugunak va xoka'zolardan) rivojlanadi. Bu kupayish usuli esa somatik (tana) hujayralar avlodlar o'rtasidagi bog'lanishning moddiy negizi bo'lib xizmat qiladi. Jinsiy kupayishda xam jinssiz kupayishda irsiyatning moddiy negizi xromosomalarda joylashgan genlar hisoblanadi. Uzgaruvchanlik tur ichidagi individlarning o'zaro tafovut qilishidir. Bir turning individlari o'rtasida kuzatiladigan tafovutlar organizmdagi irsiy xossalarning o'zgarishiga bog'liq bo'lishi mumkin. Uzgaruvchanlik organizmning tashqi sharoit bilan o'zaro munosabatini aks ettiradi. Genetik nuqtai nazardan karaganda, uzgaruvchanlik organizmning individual rivojlanishi protsessida genotipning tashqi sharoit bilan o'zaro reaksiyasi natijasidir. Organizmlarning uzgaruvchanligi organik olam rivojlanishining asosiy faktorlaridan biri bo'lib, sunhiy tanlash bilan tabiiy tanlanish uchun asosiy manbadir. Uzgaruvchanlik xillari. Biologiyada irsiy va noirsiy uzgaruvchanlik xillari mahlum. Noirsiy uzgaruvchanlik organizm belgilarining o'zgarishi bo'lib, bu zugarish jinsiy kupayishda nasldan-naslga berilmaydi. Bunday uzgaruvchanlikni Darvin aniq uzgaruvchanlik deb atagan edi. hozir u genetikada modifikatsion yoki fenotopik uzgaruvchanlik deyiladi. Irsiy uzgaruvchanlik genotip bilan bog'liq bo'lganligidan organizmning uzgargan belgi - xususiyatlari nasldan - naslga beriladi. Genlarning kombinatsiyasi va rekombinatsiyasidan vujudga keladigan uzgaruvchanlik kombinatsion uzgaruvchanlik deyiladi. Genlar kombinatsiyasi va ularning o'zaro tahsiri irsiy uzgaruvchanlikni vujudga keltiradi. Genlar kombinatsiyasi ikki protsess: 1) meyozda xromosomalarning mustaqil tarqalishi va uruglanishda ularning tasodifan kushilishi; 2) xromosomalarning chalkashuvi va genlar rekombinatsiyasi asosida amalga oshadi. Kombinatsion uzgaruvchanlikda genlar uzgarmaydi, balki genotipda ularning kushilish va o'zaro tahsir mexanizmigina uzgaradi. Irsiy uzgaruvchanlikning ikkinchi xili mutatsion uzgaruvchanlik bo'lib, bunda organizmlarning genotipi uzgaradi. Demak, irsiy uzgaruvchanlik organizm genotipining, noirsiy uzgaruvchanlik organizm fenotipining o'zgarishidir. Ushbu bobda modifikatsion va mutatsion uzgaruvchanlik bilan tanishamiz. Modifikatsion uzgaruvchanlik. Modifikatsion uzgaruvchanlik organizm fenotipining o'zgarishidir. Organizm belgi xususiyatlarining rivojlanishi genotipi bilan tashqi sharoitning o'zaro tahsiriga bog'liq. Genotipi bir xil bo'lgan organizmlar har xil rivojlanish sharoitida parvarish kilinsa, ular bir kator belgilari bo'yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Organizmning butun rivojlanish protsessi - uruglangan tuxum hujayradan vujudga kelgan organizm umrining ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.29 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.29 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: doc