Evolutsion ta'limot Reja : 1) Tabiat haqidagi tushunchalarning paydo bo'lishi 2) Markaziy osiyoda evolutsion g'oyalarning paydo bo'lishi 3) Darvingacha bo'lgan davrda tabiat fanlarining rivojlanishi. Sistematika fani 4) Tur - evolutsiyaning asosiy bosqichi 5) Evolyutsiya dalillari Mazkur bobda asosiy bilimlar qatoriga Darvinning madaniy o'simliklar, xonaki hayvonlarning xilma-xilligi, kelib chiqishi, o'zgaruvchanlik, irsiyat, sun'iy tanlash, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, tur paydo bo'lishi, organizmlardagi mosla-nishlar, ularning hosil bo'lishi haqidagi tushunchalar kiritilgan. Organik olam evolu-tsiyasi to'g'risidagi hozirgi zamon biologiya fanining yutuqlari, ya'ni mikroevolutsiya asoslari: evolutsiyaning boshlang'ich materiali, birligi, hodisasi, omillari, tabiiy tanla-nish illari haqidagi bilimlar shular jumlasidandir. Siz bu bilimlarni o'zlashtiribgina qol-may, balki ulardan amaliyotda foydalanish ko'nikmalariga ham ega bo'lishingiz kerak. TABIAT HAQIDAGI TUSHUNCHALARNING PAYDO BO'LISHI Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqida. Tirik tabiat haqidagi tasawurlar eramizdan bir necha ming yil oldin qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyoda paydo bo'lgan. Miloddan oldingi XVI asrda misrliklar ko'pgina dorivor, madaniy o'simlik xillarini bilganlar. Ular donli ekinlar, sabzavotlar, meva daraxtlarining bir necha turlarini ekib o'stirganlar. Misrliklar qoramol, ot, eshak, qo'y, echki va cho'chqalarni boqqanlar. Bir o'rkachli tuyani, mushuk, g'oz, o'rdakni xonakilashtirganlar. Hindistondan tovuq keltirib boqqanlar. Qadimgi Hindiston xalqlari ham miloddan oldingi XX-XV asrlarda ko'pgina madaniy o'simliklarni ekkanlar, qoramol, kaptar, it boqqanlar. Birinchi marta tovuq, lni xonakilashtirganlar. Qadimgi hindlar tabiat besh elementdan: olov, yer, suv, havo va efirdan tashkil topgan, odamdagi shilimshiq modda - o't, havo bilan aralashib, qon, go'sht, yog', suyak va miyani hosil etgan, degan fikrda bo'lganlar. Ularning qayd qilishlarjcha, homila erkak va ayol jinsiv bezlari mahsulotining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Ko'pgina madaniy o'simliklar, xonaki hayvonlarning kelib chiqish markazi Xitoy hisoblanadi, Miloddan oldingi 200-yiUarda Xitovda dehqonchilik. chorvachilik bir-rnuncha rivojlangan. Tut ipak qurti boqish esa undan anchagina oldin amalga oshgan. Boshqa mamlakatlarda bo'lgani kabi Xitoyda ham biologik bilimlar, tibbiy va falsafiy qarashlar shakllangan. Qadimgi Xitoy tabiatshunos olimlari o'simliklar, hayvonlar, hatto suv, daraxt, olov, yer va ba'zi narsalarning o'zaro qo'shilishidan hosil bo'lgan, degan fikrni ilgari surganlar. Markaziy Osiyoda yashagan qadimgi odamlar dunyoqarashi, turmush kechirish tarzi, atrofdagi o'lik va tirik tabiat to'g'risidagi tushun-chalari otashparastlarning muqaddas kitobi «Avesto» da o'z ifodasi-ni topgan. Zardushtiy dinining mazkur kitobi bundan deyarii 2700 yil muqaddam qadimgi Xorazm o'lkasida bunyod etilgan (1-rasm). Avestoda dunyoning yaratilishi, tabiat va undagi narsalar, voqea-hodisalar, odamlar-ning hayot kechirish tarzi bir-biriga qarama-qarshi kuchlar - Axura Mazda va Anxra Ma-nuning o'zaro kurashi sifatida tasvirlangan. Koinot va hayotning yaratuvchisi Axura Mazda yaxshi va go'zal narsalarni bunyod etsa, Anxra Manu vomon. xunuk narsalar. chunonchi, bo'ri, ajdaho, zararkunanda ha-sharotlar, chayon, qurbaqa, chivin, chumo^ lilarni varatgan. It vafodor ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.89 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.89 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx