Evolyutsiyani harakatlantiruchi omillari. Tabiiy tanlash shakllari. Reja: Evolyutsiyani harakatlantiruchi omillar. o'simlik va hayvon zotlarini xilma-xilligi. sun'iy va tabiiy tanlash va uning shakllari. Yashash uchun kurash. Ch. Darvin sayohatdan keyin yigirma yil davomida evolyutsiya nazariyasini yaratish ustida jiddiy ishladi va uni «Tabiiy tanlash yo'li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashga moslasha olgan zotlarning saqlanib qolishi» degan mashxur asarida (1858) yoritdi. U yana bir necha asarlar yozdi. Ulardan «Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o'simliklarning uzgaruvchanligi», (1868), Odamning paydo bo'lishi va jinsiy tanlash» (1871), «o'simliklar olamida chetdan va o'z-uzidan changlanishning ta'siri» (1876) kabilarni kursatib utish kerak. Bu asarlarida olim organik olam evolyutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, uzgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini etirof etdi. U bu asarlarda turlarning paydo bo'lishi nazariyasini atroflicha rivojlantirishga va chuqurlashtirishga jiddiy etibor beradi. Darvin organizmning uzgaruvchanligi yangi nav va zotlar yaratishning eng muhim zamini bo'lib xizmat qilishini anikladi. U seleksionerlar yangi zot va navlarni etishtirishda uzgaruvchanlikning bir necha shakliga tayanib ish ko'rishni anikladi. Shunga asosan Darvin uzgaruvchanlikni belgilangan (ommaviy) va belgilanmagan (yakka tartibdagi) uzgaruvchanlikka bo'ladi. Belgilangan uzgaruvchanlik bevosita tashqi muhit ta'siri ostida yuzaga keladi. Issik yoki sovuk, namlik yoki kurgokchilik, yorug'lik, tuproq unumdorligi ta'siri bilan belgilangan o'zgarishlar kelib chiqishi mumkin. hayvonlar muntazam ko'p va sifatli ozuka bilan ozuklansa tez usadi. Yaxshilab o'g'itlangan bog va polizda ustirilayotgan o'simliklarning vegetativ organlari ancha kuchli rivojlanish tomoniga karab uzgaradi. Sharoit o'zgarishi natijasida barcha individlar o'xshash, yani malum o'zgarishlarni boshidan kechiradi. Bu uzgaruvchanlikni nomi shundan kelib chikkan. Belgilangan uzgaruvchanlikda organizmlarning tashqi belgilari - fenotipi uzgaradi, lekin genotipi uzgarmaydi. Irsiy bo'lmagan uzgaruvchanlikni modifikatsion uzgaruvchanlik deb xam ataladi. Darvin bitta podaning uzidagi hayvonlar orasida yoki bitta dalaning uzidagi o'simliklar orasida uchraydigan xaddan tashqari xilma-xil o'zgarishlarni belgilanmagan uzgaruvchanlik deb atadi. Bu o'zgarishlarning belgilanmaganligi shundaki, turli xil tashqi taasurotlar tufayli alohida individlarda turlicha yo'nalishdagi tasodifiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Belgilanmagan o'zgarishlar sust tafovvutlardan to kuzga tashlanadigan darajada yakkol va keskin bo'lishi mumkin. Darvin zamonida xali irsiyat va uzgaruvchanlik qonuniyatlari kashf etilmagan edi. Uzgaruvchanlik muammosi X1X asarning oxirgi va XX asr boshlarida ilmiy asoslanib berildi. Darvin hayvon va o'simliklardagi uzgaruvchanlikning vujudga kelishini urganib, organizmda turli a'zolar va ularning sistemalari o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni kursatuvchi bir kator muhim qonuniyatlarni izoxlab berdi. Ana shunday o'zaro bog'lanishni kursatuvchi qonuniyatlar jumlasiga: 1. Korrelyativ uzgaruvchanlik hamda: 2. Kombinatsion uzgaruvchanlik kiradi. Korrelyativ yoki nisbiy uzgaruvchanlikda muayyan bir azo uzgarganida boshqa a'zolar xam doim yoki deyarli doimo u bilan bir vaqtda uzgaradi. Kyuve uzining «korrelyatsiya prinsipida» hayvon tanasining xamma a'zolari o'rtasida ularning tuzilishida xam, funksiyalarida xam ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.84 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.84 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx