Evolutsiyaning sintetik nazariyasi XX asrga kelib irsiyat va o'zgaruvchanlik, bir va har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atroflicha o'rganila boshlandi. Genetika, ekologiya, molekular biologiya singari biologiyaning yangi shoxobchalari shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo'shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaning asosiy qoidalari bo'lib: Evolutsiyaning boshlang'ich materiali mutatsion va kom- binativ o'zgaruvchanlik hisoblanadi. Evolutsiyaning boshlang'ich birligi bo'lib populyatsiya sanaladi. Evolutsiyaning boshlang'ich omili populyatsiya to'lqini, genetik-avtomatik jarayonlar va alohidalanishdan iborat. Har bir tur populyatsiyalardan tashkil topgan. Tur morfologik, bioximik, fiziologik, ekologik, genetik jihatdan nisbatan farqlanuvchi, jinsiy jihatdan alohidalashgan kenja tur, populyatsiyalar majmuasidan tashkil topgan. Genlar almashishi, oqimi faqat tur doirasida amalga oshadi. Evolutsiya divergent, ya'ni bir ajdod turdan bir necha yangi turlar kelib chiqishi, ayrim hollarda esa yagona ajdod turdan ya- gona yangi tur kelib chiqishi ko'rinishida bo'ladi. Evolutsiya asta-sekin kechuvchi uzoq muddatli jarayon bo'lib, bunda turlarning kelib chiqishi bir populyatsiyaning boshqa, yangi populyatsiya bilan almashishi orqali tavsiflanadigan evolutsion bosqich sanaladi. Turning asosiy mezoni jinsiy alohidalanish ekanligi e'ti- borga olinsa, mazkur mezonni jinsi yaxshi ifodalanmagan orga- nizmlarga nisbatan tatbiq qilib bo'lmaydi. Mikroevolutsiya tur doirasidagi, makroevolutsiya esa tur- dan yuqori taksonlardagi evolutsion jarayonlarni ifodalaydi. Mikroevolutsiya Tur doirasidagi evolutsiya jarayonlari haqida so'z yuritilar ekan, avvalo evolutsiyaning, boshlang'ich birligi, materiali, hodi- sasi va omillari kabi tushunchalarni bir-biridan farq qilish zarur. Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi. Har bir turga kiruvchi organizmlar areal doirada bir xil tarqalmagan bo'lib, ba'zi joylarida siyrak, boshqa joylarda esa zich joylashgan. Chunonchi, qayin G'arbiy Sibirning o'rmon-dashtida kichik- kichik daraxtzor holida tarqalgan. Bir turga kiruvchi individlar- ning arealda bir xil tarqalmasligi, turli yerlarda hayot sharoitining har xil bo'lishidandir. Populyatsiya deyilganda bir tur tarqalgan arealning ma'lum qismida joylashgan shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan ayrim belgi-xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan, urchib ko'paya oladigan individlar yig'indisi tushuniladi. Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi deyilishiga sabab shuki, u tur doirasidagi mustaqil evolut- sion rivojlanish mumkin bo'lgan organizmlarning kichik yig'indi- sidir. Tur doirasida organizmlar oila, gala, poda bo'lib yashay- dilar. Lekin ular uzoq muddat shunday holatda bo'lmay, tezda tarqalib ketishlari mumkin. Shunga binoan ular evolutsiyaning boshlang'ich birligi bo'la olmaydi. Turning arealda egallagan joyi- ga qarab unda populyatsiyalar soni har xil bo'ladi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joylardagi turlarda populyatsiyalar soni ko'p, tor arealda tarqalgan turlarda populyatsiyalar soni kam bo'ladi. Har xil turga kiruvchi populyatsiyalar bir-biridan avvalo egallagan areali hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakat- lanish tezligi, o'simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog'liq. Tok shilliqqurtining harakatlanish radiusi bir necha o'n metr bo'lsa, ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
112.54 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
112.54 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx