Evolyutsion g'oyalar tarixi. Beruniy va Lamarkning evolyutsion qarashlari, kontseptsiyasi

Evolyutsion g'oyalar tarixi. Beruniy va Lamarkning evolyutsion qarashlari, kontseptsiyasi

O'quvchilarga / Biologiya
Evolyutsion g'oyalar tarixi. Beruniy va Lamarkning evolyutsion qarashlari, kontseptsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Evolyutsion g'oyalar tarixi. Beruniyning evolyutsion qarashlari. Lamarkning evolyutsion kantseptsiyasi. Reja: 1.Evolyutsiya nazariyasi fanining mazmuni, maqsad va vazifalari. 2.Evolyutsion g'oyalar, tarixi, Aristotel. 3. o'rta Osiyo evolyutsion fikrni rivojlanishi: 4.Abu Nasr Farobiy. 5. Abu Rayxon Beruniyning evolyutsion qarashlari. 6.Jan Lamark va uning evolyutsion konsepsiyasi. Evolyutsiya nazariyasi fani - nazariy biologiyaning asosi, uning o'ziga xos poydevoridir. U evolyutsion ta'limot yoki darvinizmning tabiiy tanlanish konsepsiyasi negizida shakllanib, hozirgi paytda uni biologiyaning fundamental yo'nalishlari asosida boyitgan holda tiriklik haqidagi fanning nazariy poydevoriga aylangan. Evolyutsiya nazariyasi tiriklik tarixiy taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari va harakatlanuvchi kuchlarini o'rganadi. U organik olam rivojlanishining qonuniyatlarini aniqlash asosida mazkur jarayonni boshqarish yo'llarini kulga olishni o'z oldiga maqsad qilib kuygan. Evolyutsiya nazariyasining asosini Darvin nazariyasi (bosh va yagona yo'naltirilgan evolyutsion omil - tabiiy tanlanishning yetakchi roli haqidagi tasavvur) tashkil qiladi. Tiriklik biologiyaning xamma yo'nalishlarida tadqiq etilayotgani sababli, evolyutsiya nazariyasi biologik fanlar tizimidagi barcha xususiy va umumiy fanlarga tayanadi va ular bilan chambarchas bog'liq. Evolyutsion yondoshish zamon biologiyasi dunyoqarashining asosi bo'lganligi tufayli, evolyutsiya nazariyasi biologik fanlar tizimida markaziy urinni egallaydi. Zero, xar qanday fakt va hodisani tabiiy-ilmiy evolyutsion yondoshishsiz talqin etilishi mumkin emas. Shu nuqtai nazardan evolyutsion jarayonni o'rganishda zamonaviylik prinsipiga tayanish (zamonaviylik o'tmishni bilish uchun o'ziga xos kalit bo'lib xizmat qiladi) tarixiy prinsipning roli va ahamiyatini yanada yakkolrok kursatib beradi (zamonaviylikni chuqur bilish uchun o'tmishni o'rganish darkor). «Evolyutsiya» atamasi biologiyada ilk bor XVII asrda shveytsariya olimi Sh.Bonne tomonidan kullanilgan bo'lib, bu so'z dastlab «yoyilib ochilish» manosini anglatar edi. (Masalan, atirgul gunchasini ochilishi va xokazo). Keyinchalik bu atama fanning turli tarmoqlarida qo'llaniladigan buldi. Biologik evolyutsiya zamirida makromolekular va tirik organizmlarning o'z-o'zini hosil qilishning ajoyib jarayonlari yotadi. Ular kator avlodlarda tirik organizmlarni qayta uzgarib yangilanishi uchun cheksiz imkoniyatlarga ega. Biologik evolyutsiya tirik tabiatning takrorlanmaydigan va malum darajada yunaltiril-gan tarixiy taraqqiyotidir. U populyatsiyalarning genetik tarkibini o'zgarishi, moslanishlarni shakllanishi, turlarni hosil bo'lishi va ularning ulishi bilan bog'liq bo'lib, biogeotsenozlarni va yoppasiga biosferani yangilanishiga sababchi bo'ladi. Rivojlanib turuvchi tirik tizimlarni hamisha yashayotgan sharoitlarga mos kelishi biologik evyutsiyaning mantikiy natijasidir. hozirgi davrda antropik omillar ta'sirida biosferada sodir bulayotgan o'zgarishlar insonlarni tashvishga solmokda. Odamni tabiiy tizimlarning hayotiga uylamay kupol ravishda aralashuvi, biosfera evolyutsiyasi qonuniyatlarini etarli darajada bilmaslik oqibatida kurrai zaminimizning kator hududlarida tabiiy muvozanat buzildi. Natijada, tiriklik evolyutsiyasining «illatlari» sifatida zararkunandalik va boshqa kator ilgari tabiat biologik hodisalar kelib chikdi. Agarda insonni biosfera bilan munosabatlari ilmiy asosda tashkil etilmasa kayd etilgan holatlarning oqibatlari kelajakda yanada xavflirok bo'lishi mumkin. Biosfera evolyutsiyasining o'tmishini, o'ziga xos xususiyatlarini, turlar majmualarining hozirgi zamonda va kelajakda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.16 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.16 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga