Evolyutsion tushunchalarning paydo bo'lishi

Evolyutsion tushunchalarning paydo bo'lishi

O'quvchilarga / Biologiya
Evolyutsion tushunchalarning paydo bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

Evolyutsion tushunchalarning paydo bo'lishi Qadimgi sharq mamlakatlari. Tabiatning tuzilishi, unda ro'y beradigan voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar eramizdan bir necha ming yillar ilgari qadimgi sharq mamlakatlari - Misr, Xitoy, Hindistonda paydo bo'lgan. Xususan, qadimgi Misrda ko'pgina hayvon, o'simlik turlari farqlangan. Donli, sabzavot, mevali daraxtlar ekib o'stirilgan. Qoramol, ot, qo'y, echki, eshak, cho'chqalar boqilgan. Bir o'rkachli tuya, ohu, mushuk, g'oz, o'rdak, kaptar, oqqush turlari xonakilashtirilgan. Qadimgi Hindistonda yashovchilar tabiat olov, yer, suv, havo, efirdan tashkil topgan, tabiatdagi yer, suv, havo va olovning o'zaro kombinatsiyasidan tirik organizmlar, o'simliklar, hayvon- lar paydo bo'lgan, ular o't, shilimshiq modda bilan o'zaro aralashishi natijasida qon, go'sht, yog', suyak, miya hosil bo'lgan degan fikrni yoqlaganlar. Miloddan oldingi VI-I asrlarda yaratil- gan tabiatga oid qo'llanmalarda qayd qilinishicha, tirik mavju- dotlarda bolalarning ota-onalarga o'xshashligini ta'minlovchi o'zgarmas irsiy sifatlar mavjud. Bola erkak va ayolning urchish organlarining qo'shilishidan paydo bo'ladi. Miloddan oldingi IX-VII asrlarda Xitoyda yozilgan asar- larda tabiatdagi barcha narsalar - suv, olov, yer, metallar bir- biriga qarama-qarshi bo'lgan moddiy zarrachalardan paydo bo'lgan, ular o'z navbatida o'simliklar, hayvonlar, odamlarning kelib chiqishi uchun asos deb hisoblanilgan. Miloddan oldin yashagan xitoyliklar ikki ming yil mobaynida dehqonchilik, qoramolchilik bilan shug'ullanishgan, shu sababli ham Xitoy ko'pgina madaniy o'simliklar, xonakilashtirilgan hayvon turla- rining vatani sanaladi. Sharq mamlakatlarida miloddan oldingi paydo bo'lgan o'lik va tirik tabiat to'g'risidagi tasavvurlar, tushunchaiar keyinchalik qadimgi Yunon va Rim faniga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Qadimgi Yunoniston va Rim. Miloddan avvalgi V asrgacha yashagan yunon olimlari tushunchasiga ko'ra olam - suv, olov va havodan paydo bo'lgan. Dastlabki hayvonlar esa suvdan kelib chiqqan. Ular tanasini tangachalar qoplagan. Quruqlikda yashashga o'tishi bilan esa tangachalar yo'qolgan. Geraklit tabiat o'zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi degan. Yunon olimlaridan Empedokl (490-430) fikriga ko'ra barcha o'lik va tirik tabiat bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan olov, suv, havo, tuproqdan kelib chiqqan. Dastlab hayvonlarning a'zolari, qismlari alohida-alohida paydo bo'lgan, so'ng ular «Muhabbat» ta'sirida o'zaro qo'shilib, organizmlarni hosil etgan. Organlarning bir-biriga muvofiq qo'shilishidan normal, nomuvofiq qo'shilishi- dan esa anormal organizmlar rivojlangan. Oldingilar urchib nasl qoldirgan, keyingilari esa o'lib ketgan. Qadimgi Yunonistondagi tabiatshunoslik rivojiga Aristotel (384-322) ayniqsa katta hissa qo'shgan. U hayvonlar klassi- fikatsiya asosini yaratgan. Solishtirma anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarini bayon etgan. U «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlar tanasining qismlari» degan asarlarni yozgan. Bu asarlarda olim tabiatda hayvonlarning asta-sekin rivojlanishi to'g'risida ba'zi fikrlarni ilgari surgan. Aristotel hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan. U hayvonlarni klassifikatsiyalashda ayrim xossalarga emas, balki ko'p belgilarga e'tibor berish ke- rakligini e'tirof etgan. U barcha hayvonlarni ikkita katta guruh- ga: «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo'lgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 58.87 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 58.87 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga