Evolyutsiya nazariyasi. Ch.Darvin evolyutsion nazariyasining mohiyati RYeJA: Ch.Darvinning Bigl kemasidagi sayohati. Darvinizmning rivojlanishidagi 3 oqim. Evolyutsiya sintetik nazariyasining umumiy tavsifi. Xulosa. Tayanch so'z va iboralar: Ch.Darvin, Bigl, evolyutsion ta'limot, klassik Darvinizm, Lamarkcha Darvinizm, sintetik nazariya, tur, adaptatsiya. Tabiiyotshunoslik oldida turgan asosiy vazifa, uning turli shoxobchalarida yig'ilgan dallilarni, fikr-mulohazalarni to'plash, xulosalash va ular zaminida organik olam evolyutsiyasi haqidagi yaxlit nazariya ishlab chiqishedi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun haddan tashqari sinchkov va keng mantiqqa ega bo'lgan zukko shaxs zarur edi. Charlz Darvin shunday shaxs ekanini amalda namoyon etdi. Darvinning tarjimai holi va Biglg' kemasidagi safari. Evolyutsion nazariyaning asoschisi bo'lmish Ch. Darvin 1809 yili 12 fevralda Angliyaning Shryusberi shahrida shifokor oilasida tvallud topdi. U maktabni tugatgach, Edinburg dorilfununining shifokorlar tayyorlaydigan fakulg'tetiga o'qishga kirdi. Biroq ko'pgina tibbiyot fanlarining lotin tilida o'qitilishi hamda bemorlarni narkozsiz operatsiya qilinishi Darvinda tibbiyotga nisbatan hech qanday qiziqish uybotmadi. Shu sababli, u dorilfununni tashlab otasining tavsiyasiga ko'ra Kembridj dorilfununining cherkov xodimlari tayyorlaydigan fakulg'tetiga o'qishga kirdi. Bu yerda Darvin diniy aqidalar bilan unchalik shug'ullanmasdan professorlar D.Guker va A. Sedjviklar rahbarligida tabiiy fanlar bilan shug'ullandi va tabiatga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda faol qatnashdi. 1831 yili dorilfununni tamomlasa ham cherkov xodimi bo'lib ishlamadi. Yosh Darvinning tabiiy fanlarni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqining zo'rligi va tabiat qo'ynida kuzatish ishlari olib boirsh mahoratidan xabardor bo'lgan prof. Genslo uni dunyo safariga otlanayotgan Biglg' (Iskovich) kemasiga tabiiyotshunos sifatida qabul qilinishiga tavsiyanoma berdi. Mazkur kemaning tabiatshunosi sifatida Darvin besh yil mobaynida Atlantika, Tinch va Hind okeanlarida, ko'pgina orollarda, Janubiy Amerikaning sharqi-g'arbiy qirg'oqlarida, Avstraliya, Afrikaning janubiy o'lkalarida bo'ldi va u erlarda qadimgi davrlarda va hozirgi vaqtda tarqalgan o'simlik va hayvonlar bilan tanishdi. U ilgari vaqtlarda o'lib ketgan va hozir yashayotgan hayvonlar o'rtasida juda ko'p o'xshashdik va farqlar borligini ehtirof etdi. U Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini o'zaro taqqoslab, Janubiy Amerikada lama, tapir, yalqov, chumolixo'r, zirhli hayvonlar borligini, ular Shimoliy Amerikada uchramasligini aniqladi. Darvinning uqtirishicha qadimgi davrlarda bu ikki qitha yagona bo'lgan. Keyinchalik Meksika tog'lari tufayli yagona qitha ikkiga bo'lingan. Natijada ularning hayvonot va o'simlik olamida farqlar paydo bo'lgan. Darvinni, ayniqsa, Janubiy Amerikaning g'arbiy qirg'og'idan 900 km uzoqlikdagi Galopogoss arxipelagining hayvonot va o'simliklar olami hayratga soladi. U yerda qushlar, sudrali yuruvchilar ko'p uchraydi. Chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vhyuroklar, sudraluvchilardan toshbaqalarni har bir oroldagi xillari o'ziga xos tuzilishga ega. Umuman olganda, Galopogoss arxipelagining hayvonot va o'simliklar olami Janubiy Amerika hayvon va o'simliklariga o'xshash. Lekin ayrim belgi, xossalari bo'yicha farq qiladi. Darvin besh yillik safardan juda boy kolleksiya, gerbariy va qotirilgan, fiesirlangan hayvon va o'simliklar bilan qaytdi. ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.48 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.48 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: doc