Evolyutsiyaning genetik asoslari Reja: Evolyutsion jarayonni asoslab beruvchi omillar. Mutatsiya - evolyutsiyaning birdan - bir va yagona genetik asosidir. Modifikatsion «uzgaruvchanlik»ning asossizligi. Evolyutsiya - mutatsion jarayonning maxsuli va natijasi sifatida. Evolyutsion jarayonning genetik asoslari, anikrogi genetik asoslanishi deganda tur tizimida sodir bo'luvchi mutatsion jarayonlar nazarda tutiladi. Mutatsiyalar - turning barcha qismlarida boruvchi biokimyoviy o'zgarishlardir. Ular uzgaruvchanliklarning asosiy manbai hisoblanib, ayni shular hisobiga paydo bo'luvchi yangi belgilar evolyutsiyaning borishini ta'minlaydi. Demak, mutatsiyalar evolyutsiyani keltirib chikaradigan va uni davom etishini ta'minlaydigan asosiy bosh manbaadir. Yirik mutatsiyalar, kuprok xromosomalar darajasida boruvchi biokimyoviy o'zgarishlar, kamdan-kam holatlarda sodir bo'lib turadi. Ularni keltirib chikaruvchi ta'sirlar (turli kuchli energiyalar, masalan, radioaktiv parchalanishda hosil bo'luvchi nurlar) kuprok tashqi muhitda joylashadi. Bu xildagi mutatsiyalarda xromosom apparatidagi buzilishlar ayrim xromosomalarning qismlarini uzilib ketishiga, qo'shimcha, ilgari bo'lmagan, xromosoma bo'laklarini paydo bo'lishiga; xromosomalarning bazilarini butunlay yukolib ketishiga, yoki qo'shimcha, to'plamda kuzda tutilmagan yangi xromosomalarni hosil bo'lib qolishiga; xromosomalar to'plamini 2 va undan kuprok xissada ortib ketishiga va boshqa xildagi o'zgarishlarga olib keladi. Bu xildagi yirik mutatsiyalarning oqibatida hosil buladigan belgilar organizmning tuzilishidagi ilgaridan hosil qilingan mutanosibliklarga yod bo'lganligidan, ular organizmni yashovchanligiga qarama-qarshi bo'lganligidan xam individ bu xildagi tusaddan paydo bo'luvchi belgilarga tayyor bo'lmaganligidan, u kuprok hayotiy bulmaydi, kasallanadi, majrux, kingir-kiyshik holatlarga chidaolmaydi va kupincha xalok bo'ladi. Ularga nisbatan kichik mutatsiyalar xromosomalar tarkibidagi dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) darajasida sodir bo'ladi. Ularning kuzga kuringani DNKning malum bir informatsiyaga javobgarlik qiluvchi va gen deb ataluvchi kismida, ayrim nukleotidni tushib qolishi, yoki boshqa nukleotid bilan urin almashib qolishi, yoxud ortikcha, ilgari bo'lmagan nukleotidni paydo bo'lib qolishi kabi holatlarni yuzaga kelishidan iborat. Kayd qilingan mutatsiyalar xam organizmda sezilarli o'zgarishlarni hosil qilishi mumkin. Chunki ularning ta'siri orqali DNK dagi o'ziga xos rekonstruksiyalar (qayta qurilishlar) oqsil biosintezida o'z aksini topadi va uzgargan xildagi oqsilni hosil qilinishi organizmda sezilarli o'zgarishlarni keltirib chikaradi. Bunday mutatsiyalarga xam organizm ilgaridan tayyor bo'lmaganligidan ular unga salbiy ta'sir etadi. Mayda mutatsiyalar (evolyutsiyaga material yetkazib beruvchi, uzgaruvchanlikni hosil qiluvchi va evolyutsiyani hamisha borishini ta'minlab turuvchi mutatsiyalar) yuqoridagilardan organizm tomonidan sezilmasligi bilan farqlanadi. Bu xildagi mutatsiyalar tirik olam tarkibidagi barcha individlarda tuxtovsiz ravishda yoppasiga xamma turlarni kamrab olgan holda sodir bo'ladi (boshqacha qilib aytganda, Yer yuzida mayda mutatsiyalar ta'sirida bo'lmagan biror bir jonivor yuk). Irsiyatning asosiy saklovchisi va nasldan naslga o'tkazuvchisi bo'lgan DNK molekulasida utuvchi mayda mutatsiyalar DNK molekulasi orbitalaridagi elektronlarni almashib qolishi, bir orbitadan ayrim elektronni kushni orbitaga (undan yadroga yaqinrok bo'lganiga yoki uziga nisbatan yuqorirok turgan orbitaga) utishi kabi holatlarni o'z ichiga oladi. Garchi DNK tirik ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.11 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.11 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx