Fermentlarni immobillash va barqarorlash texnologiyasi

Fermentlarni immobillash va barqarorlash texnologiyasi

O'quvchilarga / Biologiya
Fermentlarni immobillash va barqarorlash texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Fermentlarni immobillash va barqarorlash texnologiyasi. Reja: 1.Fermentlarning immobillash guruhlari. 2.Immobillashgan fermentlarning katalitik xususiyatlari 3.Immobilizatsiyaning ferment holatiga ta'siri. Fermentming immobillash deganda, uni shunday bir muhitga kiritilishini tushunish kerakki, bu muhitda ferment umumiy hajmning ma'lum (cheklangan) qismidagina o'zining xatti-haraka-tini erkin bajara olishi kerak. Fizikaviy immobillashda ferment tashuvchi bilan kovalent bog'lar orqali birikmaydi. Shunga ko'ra mavjud fizikaviy immobillash usullarini quyidagi to'rt giiruhga bo'lish mumkin (46-rasm). erimaydigan tashuvchilar tomonidan adsorbsiyalashga asoslangan usullar guruhi; fermentni gel (iviq) modda teshik (pora)lariga kiritishga asoslangan usullar guruhi; fermentni reaksion tizim hajmidan yarimo'tkazgich to'siq (membrarm)lar yordamida saqlashga asoslangan usullar guruhi; ferment shunday ikki fazali reaksion muhitga kiritiladiki, u muhitning bir qismida ferment eriy olishi mumkin bo'lgan usullar guruhi. 46-rasm. Fermentlarning immobillash usullari: a - erimaydigan tashuvchilarda adsorbsiyalash, b - gelning g'ovaklariga kiritish, J- yarimo-tkazgich membrana orqali fermentni ajratish. с - ikki fazali reaksion muhitni ishlatish. Fermentlami tashuvchilarga adsorbsiyalash orqali immobillash Fermentlami tashuvchilarga adsorbsiyalash orqali immobillash usuli fermentlami immobillashning eng qadimiy usullari-dan hisoblanadi. 1916-yilda J.Nelson vaE.Griffin faollashtirilgan ko'mir va aluminiy gidroksidi geliga invertaza fermentini adsorb-siya usulida immobillaganlar. Adsorbsion immobillash usuli o'zining oddiyligi bilan ajra-lib turadi. Tashuvchiga ferment eritmasini qo'shib, adsorbsiyalan-magan fermentni bir necha marta yuvib tashlash mumkin. Adsorb-siya yo'li bilan immobillash usulining qulayligi shundaki, ishlatila-digan tashuvchilar arzon va keng tarqalgan (47- a, e rasm). Tashuvchilami turli konfiguratsiyada va g'ovakli holatlarda olish mumkin. Ba'zi hollarda oqsil molekulalarining tashuvchiga adsorbsiyasi yetarli darajada spetsifiklikka ega bo'ladi. Fermentlar bilan tashuvchi orasidagi bog'ning unchalik mustahkam emasligi, bu usulning kamchiliklaridan biridir. Chunki reaksiya mobaynida fermentning tashuvchidan desorbsiyalanishi qimmatbaho biokata-lizatorni yo'qotishga va reaksiya mahsulotlarini ifloslanishiga olib keladi. Gelga kiritish yo'li bilan fermentlami immobillash Gelga kiritish yo'li bilan fermentlami immobillashning mohiya-ti shundan iboratki, ferment molekulasi gel hosil qiluvchi polimer to'rga kiritiladi. Gelning to'rida fermentning ushlanib turishi ferment molekulasi bilan u polimer zanjir o'rtasida o'zaro vodorod va ion bogbanning ham hissasi katta. Gel va polimer zanjir orasidagi bo'shliq suv bilan to'lgan bo'lib. gel hajmining ко'p qismini egallaydi. Masalan. keng qo'llaniladigan akril kislota hosilalarining polimer gellari polimerning konsentratsiyasi va uning kimyoviy tabiatiga qarab tarkibida 50 % dan 90 % gacha suv tutadi. Gelga fermentlarni immobillashda ikkita asosiy usul mavjud. Birinchisida, ferment monomerli suvli eritmaga tushirilib poli-merlanish qilinadi. Buning natijasida unga ferment molekulasi kir-gan polimer gel hosil bo'ladi. Ko'pincha reaksiya aralashmalariga bifunksional bog'lovchi moddalar solinadi. Bu o'z navbatida polimerning uchlamchi tur tuzilishiga o'tishi uchun yordam beradi. Ikkinchi usul shundan iboratki, bunda ferment tayyor polimer eritmasiga solinadi, so'ng polimer biror-bir yo'l bilan gel holatiga o'tkaziladi. Organik gellarni qo'llash. Bu usulning mohiyati shundaki, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 153.47 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 153.47 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga