Genlarning o'zaro ta'siri

Genlarning o'zaro ta'siri

O'quvchilarga / Biologiya
Genlarning o'zaro ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Genlarning o'zaro ta'siri Reja. Genlarning o'zaro ta'sir etish xillari. Genlarning komplementar ta'siri. Genlarning epistaz ta'siri. Genlarning modifikator ta'siri. 1) Mendel qonunlarini o'rganish jarayonida bitta gen bitta belgini yuzaga chiqarishini ko'rib chikdik. Ammo ayrim holatlarda chatishtirishlar natijasi Mendel qonuniyatlaridagidek bo'lib chikmadi. Chunki ayrim holatlarda bitta belgi ikki va undan ortik genlarning o'zaro ta'siri natijasida va aksincha bir necha belgilar bitta gen ishtirokida yuzaga chiqishi aniklandi. Bu esa duragaylarda belgilarning ajralish nisbatiga albatta ta'sir qiladi. Demak Xar bir organizm genotipini bir-biriga aloqasi bo'lmagan alohida olingan genlarning to'plami deb bulmaydi. Genlarning o'zaro ta'siri deyilganda genlarning jismoniy jihatdan bir-biriga ta'sir ko'rsatishi emas balki ularning birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarining belgilarni yuzaga chiqarish jarayonidagi o'zaro ta'sir tushuniladi. Genlarning o'zaro ta'sirining allel va allel bo'lmagan genlarning o'zaro ta'siriga ajratib ko'rsatish mumkin. Allel genlarning o'zaro ta'siri tulik dominantlik, chala dominantlik, o'ta dominantlik va kodominantlik shakllarida yuzaga chikadi. Tulik dominantlik - geterozigotali duragaylarning barchasida fakat bitta allelning belgisi tulik namoyon bo'lib, ikkinchi allel belgisining paydo bulmasligi. Chala dominantlikda dominant gen o'z xususiyatini tulik yuzaga chikara olmaydi. Belgi chala dominantlik bilan yuzaga chikkanda birinchi avlodning geterozigotali duragaylarida dominant belgi tulik paydo bulmaydi. o'ta dominantlik - dominant allelning geterozigota Xolida - Aa, gomozigotaliligiga - AA karaganda o'z belgisini kuchlirok nomoyon qilishi. Kodominantlik - geterozigotali organizmda Xar ikkala allelga Xam xos belgilarning yuzaga chiqishi. Odatda Xar bir gen mustaqil ravishda bitta belgini yuzaga chikaradi. Lekin ayrim holatlarda bitta genning belgini yuzaga mustaqil chiqarishda unga allel bo'lmagan, ikkinchi gen o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Allel bo'lmagan genlarning uch xil ta'siri yaxshi urganilgan: komplementarlik, epistaz va polimeriya. 2) Komplementarlik - allel bo'lmagan genlarning Xar biri alohida-alohida belgini yuzaga chikarib, birgalikda esa boshqacha belgini yuzaga chiqarishi. Komplementarlikda ikkinchi avlod duragaylarida belgilarning ajralishi 9:3:3:1, yoki 9:7 yoki 9:3:4 nisbatlarda bo'ladi. Genlarning komplementar ta'siri turli xil bo'lishi mumkin. Masalan, ok gulli no'xatlar chatishtirilganda kizil gulli no'xatning paydo bo'lishi, kora ( AAvv ) sichkon bilan albinos (aaVV ) sichkon chatishtirilganda va niXoyat kelib chiqishi har xil bo'lgan sharsimon kovoklar chatishtirilganda kuramiz. Agar kelib chiqishi har xil ( AAvv va aaVV ), lekin sharsimon kovoklar chatishtirilsa, F1 da fakat gardishsimon ( AaVv ) kovoklar vujudga kelib, F2 da ajralish 9:6:1 bo'ladi, yani 9 ta gardishsimon, 6 ta sharsimon, 1 ta chuzinchok kovoklar hosil bo'ladi. Bunda dominant komplementar genlarning Xar biri alohida sharsimon kovokni, ikkala komplementar dominant gen o'zaro ta'sir etib, gardishsimon kovokni vujudga keltiradi. Bu genlarning retsessiv allellari o'zaro ta'sir etishi natijasida chuzinchok ( aavv ) kovok rivojlanadi. Sutemizuvchilarning hujayralarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.42 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.42 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga