Geterozis.tsitoplazmatik irsiyat Reja. 1) Autbriding va inbriding to'g'risida tushuncha. 2) Geterozisning ko'rinish xillari va ulardan amaliyotda foydalanish. 3) Geterozisni saklab qolish muammolari va geterozis nazariyasi. 4) o'simlik va hayvonlarda tsitoplazmalik irsiyat. 1) Chatishtirish uchun xo'jalikda kimmatli belgilarga ega bo'lgan formalarni tanlash seleksiyada kombinatsion uzgaruvchanlikni bosh-karishning asosiy usuli bo'lib hisoblanadi. Organizmlarni ko'paytirishda: yaqin karindosh organizmlarni chatishtirish yoki o'simliklarning o'zini-o'zi bilan chatishtirish (inbriding) va karindosh bo'lmagan organizmlarni chatishtirish (autbriding) usullari kullaniladi. hayvonlarda karindoshlik darajasi yaqin bo'lgan organizmlar, o'simliklarda esa o'zini-o'zi bilan chatishtirilganda geterozigota Xolida bo'lgan genlar gomozigota Xoliga utadi. Maxsus tekshirishlar karindosh urchitish organizmning noziqlanishiga, maydalashishiga, maxsuldorlikning, bola berishning pasayishiga olib kelishini kursatdi. Karindosh juftlashning zararli ta'siriga inbred depressiya deyiladi. Inbridingning ta'siri bazi Xollarda foydali bo'lishi Xam mumkin. Seleksiyada karindoshlik jihatdan yaqin bo'lmagan organizmlarni chatishtirish-autobriding keng kullaniladi.Bir-biriga yaqin bo'lmagan formalar chatishtirilganda gomozigota holda bo'lgan zararli retsessiv mutatsiyalar geterozigota Xolga utib,duragay organizmlarning hayotchanligiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. qishloq xo'jalik tajribasi Xatto bir turga oid, lekin karindosh bo'lmagan organizmlarni chatishtirishdan olingan birinchi bugin duragaylar hayotchan,serhosil,kasalliklarga chidamli, yani geterozis xususiyatiga ega bo'lishini kursatadi. 2) o'simlik va hayvonlar seleksiyasida geterozis deb ataluvchi duragaylarning hayotchanligini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Geterozis termenini 1914 yilda amerikalik olim Dj.Shell taklif etgan. har xil avlod, tur, navlar va inbred liniyalar chatishtirilganda birinchi bugin o'simliklarda hayotchanlik,hosildorlik va boshqa bir kancha belgilar bo'yicha boshlang'ich ota-ona formalardan uzib ketish hodisasi yuz beradi. Birok keyingi (F2,F3 va Xakozo) bugin duragay organizmlarda geterozis hodisasi sunadi. Shved genetik olimi A.Gustafsson taklifi bilan o'simliklarda geterozis hodisasi uch asosiy tilga bo'lib urganiladi.Bular reproduktiv,somatik va adaptiv tiplar bo'lib,Xar biri o'simliklarda yuzaga chikanda o'ziga xos xususiyatlar paydo bo'ladi. Reproduktiv geterozisda o'simliklarning kupayish organlari yaxshi rivojlanadi, urug va meva hosildorligi mul bo'ladi.Somatik geterozisda luragay organizmlarnig vegetativ kisimlari yaxshi rivojlanadi. Moslanuvchi yoki adaptiv geterozisda duragaylarning hayotchanligi yuqori bo'ladi. Geterozis hodisasi chorvachilik va o'simlikshunoslik tajribasida keng kullaniladi. ayniqsa, chetdan changlanadigan o'simliklardan, masalan, makkajo'xoridan yuqori hosil etishtirishda geterozisdan foydalaniladi. Geterozis hodisasini o'z-uzidan changlanuvchi o'simliklarda malum darajada boshqarish mumkin. o'z-uzidan changlanuvchi liniyalarni ishlab chiqarishda birdaniga ishlatib bulmaydi. Ular o'zaro chatishtirilib geterozis duragay olishda ishlatiladi. Duragay urug olish uchun avval eng yaxshi navlardan inbred liniyalar tanlab olinadi. Inbred liniyalar Xar bir navning o'simliklarini 6-7 bugin davomida o'z changi bilan changlatishi natijasida hosil kilinadi. Shu yul bilan bir navga oid bo'lgan o'simliklarning bir xilda, yani gomozigota bo'lishi ta'minlanadi. Inberd liniyalar olishda tanlash usulidan foydalaniladi. Olingan ikkita inberd liniyani o'zaro chatishtirishda (A x V) liniyalararo duragay vujudga keladi. Birnichi bugin liniyalararo duragaylarning foydasi ulardagi geterozis darajasi bilan baholanadi. Keyingi vaqtlarda ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.85 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.85 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx