Gibridom texnologiya asosida monoklonal antitelalar olish Monoklonal antitelalar - gomogen antitelalar bo'lib, gibrid hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. Bu hujayralar bitta izotipli spetsifik immunoglobulinlarni ishlab chiqaradi. Bunday gibrid hujayralar - gibridomalarni olish metodikasi 1984 yilda Milshteyn, Kyoler va Yerne tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metod quyidagiga asoslangan: immunizatsiyalangan hayvon (masalan, sichqon) taloq hujayralaridan V-limfotsitlarning mieloma (rak) hujayralari bilan gibridi olinadi. So'ng gibrid hujayralar ko'paytiriladi va seleksiya qilinadi. Bunda seleksiyada kerakli klonlar ajratib olinadi. Ular malum antitelalarni ishlab chiqaradi. Bu antitelalar esa yuqori spetsifiklikka ega bo'ladi. Olingan antitelalar malum epitopga nisbatan spetsifikligi bilan ajralib turadi. Monoklonal antitelalar bir jinsli bo'lib, ular o'zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yani: spetsifikligi; avidligi; affinligi; barqarorligi bilan ajarlib turadi. Gibridom texnologiyalar asosida juda katta bo'lgan miqdorda gomogen antitelalarni malum antigenga nisbatan ishlab chiqarish mumkin. Sichqonda shish hosil qilish uchun uning qorin bo'shlig'iga mineral yog' yoki inert qattiq plastik - kantserogen moddalar yuboriladi. Rakni hosil bo'lishi genetik jihatdan muhim. Bular faqat inbred sichqonlar liniyasida rivojlanadi. Sichqonlar mieloma hujayralari juda ko'p biokimyoviy eksperimentlar uchun qulay. Lekin sichqonda mieloma hosil qilish qiyin. Gibridom hujayra olishni spontan usuli ham mavjud. Bunda, yani somatik hujayralarni gibridizatsiyasida tetraploid, diploidlar, yani geterokarionlar hosil bo'ladi. So'ng bir nechta yadrolar birlashib bitta yadroni hosil qiladi. Va hamma hujayra xromosomalarini birlashtirgan gibrid hujayra hosil bo'ladi. Hujayralarni qo'shilish chastotasini ko'tarish uchun quyidagi agentlar kerak: virus Senday - hujayrani yorib kirish xususiyatiga ega; lizoletsitin; polietilenglikol. Yuqorida ko'rsatilgan moddalarni qo'shilishini o'zigina hujayralar qo'shilishini to'liq ta'minlamaydi. Ularni gibridlarini ko'payishi, o'sishi, seleksiyada ozuqa muhiti muhim o'rin egallaydi. Tajribaning sharlaridan biri shu bo'ladiki, mielomli hujayralarda gipoksantin-guanin-difosriboziltransferaza (GGFRT) fermentini kodlovchi gen repressirlangan bo'lishi zarur. Mielomli hujayralar muhitida GGFRT bo'lmaganligi uchun halok bo'ladi. Normal hujayralarda bu ferment bo'lsa ham, ular ko'paya olmaydilar, natijada ular ham halok bo'ladi. Oxirida faqat gibrid hujayralar faoliyat ko'rsatadi. Hosil bo'lgan klonlardan maqsadli antigenlar uchun monoklonal antitelalar ajratiladi (1-rasm). 1-rasm. Gibridom texnologiya: (1) hayvonlarni immunizatsiyalash; (2) taloqdan V-limfotsitlarni ajratib olish; (3) mieloma hujayralari kulbturasi; (4) V-limfotsitlar va mieloma hujayralarini qo'shilishi; (5) hujayra liniyalarini segregatsiyasi; (6) antitelalar ishlab chiqaruvchi liniyalarni skrining va seleksiyasi; (7) gibridomani in vitro (a) yoki in vivo (b) ko'payishi; (8) antitelalarni olinishi. Monoklonal antitelalarning ahamiyati Monoklonal antitelalar diagnostikada keng qo'llanilishining sababi shundaki, uning sezgirligi yuqori bo'lishidir. Malumki immunitetda ishtirok etuvchi T-hujayralarning bir necha turlari mavjud: T-xelperlar, T-supressorlar, T-kuchaytiruvchilar, T-effektorlar, T-normal killerlar, T-tabiiy killerlar, T-nulevoy hujayralar. Monoklonal antitelalar T-xelperlardagi markerlarni aniqlashga yordam beradi: Th1 + AG + Makrofag + V-limfotsit → AT ishlab chiqariladi. Th2 + Makrofag + V-limfotsit ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
134.42 KB
Ko'rishlar soni
274 marta
Ko'chirishlar soni
67 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
134.42 KB
Ko'rishlar soni
274 marta
Ko'chirishlar soni
67 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: doc