Hashoratlar morfologiyasi Reja: 1. Kirish. 2. Fan tarixi 3. Hashoratlar morfologiyasi: 3.1. Tashqi tuzilish va o'simtalar vazifasi: 3.2. Mo'ylab xillari 3.3. Og'iz apparatining tuzilishi 3.4. Oyoq xillari va tuzilishi 3.5. Qanot tuzilishi 3.6. Qorin xillari Entomologiya - (yunoncha entomon-hashorat, logos-fan) hashoratlarni o'rganuvchi fan. U biologiya fanining tez suratda rivojlanib borayotgan bir tarmog'i bo'lib, o'zi ayni vaqtda qator mustaqil ilmiy sohalarga: umumiy entomologiya, qishloq xo'jaligi entomologiyasi, o'rmon xo'jaligi entomologiyasi, meditsina entomologiyasi hamda veterenariya entomologiyasiga bo'linadi.Hashorat turlari tabiatda juda keng tarqalgan va ular turlicha tuzilishga ega. Hozirgi vaqtda 1 mln. ga yaqin hashorat turi borligi malum Chunki ular kam o'rganilgan hududlar va tropik, zonalardan har yili 7-8 mingga yaqin yangi turi topilib turadi. Umuman hashoratlarning turlari va soni qolgan hamma hayvon turlari bilan o'simlik turlarini qo'shib hisoblagandan ham ko'p. Har bir tur o'ziga xos tuzilishga va xusiyatga ega. Hashoratlarning tuzilishidagi o'ziga xos belgilarini muhitga moslashish darajasini, tabiatda tutgan o'rnini, odamlar uchun ahamiyatini boshqa tomonlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarini chuqurroq o'rganish zararkunanda hashoratlarni yo'qotish va ayni vaqtda foydali hashoratlarni saqlab, ulardan foydalanish imkoniyatini beradi. Entomologiya fani tarixidan. Hashoratlarga bo'lgan qiziqish qadim zamonlardan boshlangan.Ularga dastlab oziq mahsuloti sifatida qaralgan bo'lsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yo'lga qo'yilgach, zarakunandalar sifatida o'rganila boshlandi, Shunda ular orasida foydali hashoratlar borligi malum bo'ldi. Natijada entomologiya fani shoxobchalari bo'lmish ipakchilik va asalarichilik vujudga keldi. Lekin hashoratlarni ilmiy asosda o'rganish XYII asrdan boshlandi. Italyan olimi I. Malpigi (1628-1694) tut ipak qurtining anatomiyasi va ayirish sistemasiga, Golland olimi Ya.Svammerdama (1637-1680) hashoratning anotomiyasi hamda metamorfozasiga asos soldilar. XYII asrda buyuk shved olimi, tabiatshunos K.Linney(1707-1778) ning Tabiat sistematikasi asarida hashoratlar kuzga ko'rinarli o'rinni egallaydi. O'sha davrning buyuk tabiatshunos olimi R.A.Reomyur (1683-1757) hashoratlarning morfologiyasi va biologiyasini o'rgandi. XYII asrning ikkinchi yarmida Rossiyada hashoratlar faunasini o'rganishda tabiatshunos olim, akademik P.S.Pallas (1741-1811) katta xissa qo'shdi. XIX asrda fan va madaniyatning rivojlanishi natijasida entomologiyaning fan sifatida shakllanishiga sharoit yaratildi. o'sha davrda bir qancha mamlakatlarda entomologik ilmiy jamiyatlar tashkil etildi. Masalan, 1832 yili Fransiyada, 1833 yili Angliyada shunday jamiyat tuzildi. Rossiyada 1859 yili Rus entomologik ilmiy jamiyati tashkil etildi. Hozirgi kunda O'zbekiston entomologik jamiyati bu sohani rivojlantirish yo'lida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Keyingi yillarda Respublika agrokimyosi va o'simliklarni himoya qilish tadqiqotlar markazini tashkil etilishi, O'zbekiston o'simliklarni himoya qilish instituti va boshqa shunga o'xshash tashkilotlarning vujudga kelishida katta rol o'ynaydi. O'rmon zarakunandalari asosan 1911 yildan boshlab o'rganila boshlandi. Shu yili Toshkentda Turkiston Entomologiya stansiya tashkil qilingan edi. Bizda 1930 yilda Toshkent qishloq xo'jaligi institutida, entomologiya fanini rivojlantirishda o'zlarining munosib ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.62 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.62 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx