hujayra tiriklikning elementar birligi Reja: 1. Tiriklikning hujayrasiz va hujayraviy shakllari. 2. hujayra evolyutsiyasi. 3. hujayraning shakli va o'lchamlari. hujayra - tirik organizmning tuzilish asoslari, yashash jarayonlarini hamda irsiy belgilarni uzida mujassamlashtirilgan tuzilmadir. Binobarin, odam yoki hayvonlar bir butun organizm holida hujayralar va hujayralararo tuzilmalar yig'indisidan tarkib topgan. Fiziologik holatiga ko'ra, hujayralar shakli va tarkibi har xilligi bilan bir biridan farq qiladi, yani hujayralarning vazifasi ularning shaklini belgilaydi. Tarixiy biologik rivojlanish nuqtai nazaridan karaydigan bulsak, hayot yer yuzasidagi jonsiz materiyaning jonli materiyaga aylanishdan, anikrok qilib aytganda, hujayralar paydo bo'lishidan kelib chikkan. Masalan, dastlab yumalok shakldagi oqsilli eng sodda tanachalar paydo bo'lgan. Sung ular tanasida moddalar almashinuvi jarayoni paydo bo'lgan. Shu bilan ular yashashi uchun zarur moddalarni tashqi muhitdan uzlashtirib, o'z hayot faoliyatida hosil bo'lgan chiqindi moddalarni ajratib turgan. Bunday sodda organizmlarning yashash muhiti asta sekin o'zgarishi va murakkablashi natijasida ular organizmda moddalar almashinuvi jarayonlari ham uzgarib,tabakalanib borgan,bu esa o'z navbatida organizmlarning tuzilishi ham kisman o'zgarishiga olib kelgan, yani organizmda shakli va mohiyati jihatidan dastabki tanachalardan farq qiluvchi yangi tuzilmalar paydo bula boshlagan. Yillar utishi bilan tarixiy biologik rivojlanish davom etib, atrof -muhit o'zgarishi va yashash sharoitining yana ham murakkablashishishi oqibatida asta- sekin murakkab tuziligan yangi-yangi organizmlar paydo bula boshlagan. Bu esa, albatta, ular tanasidagi oqsillar tuzilishiga ham tarkibiy o'zgarishlar kiritgan, natijada ular turli vazifalarni bajarishga ham moslashib borgan. Malumki,hozirgi fan nuqtai nazaridan karaganda, tirik organizmlarning rivojlanishida va shakllanishida nuklein kislotalar- dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalar asosiy vazifani bajaradi. Ular organizm uchun zarur bo'lgan oqsil moddalarni sintezlaydi va uzida genetik ma'lumotlarni saklab keladi. Tiriklikning hujayrasiz va hujayraviy shakllari. Rang - barang organik olamda tiriklikning ikki xil: hujayrasiz va hujayraviy shakllari tafovut etiladi. hujayrasiz shaklga viruslar kiradi. hujayraviy shaklga prokaroitlar, eukaroitlar mansubdir. Virusning mavjudligi 1892 yilda ilk bor botanik olim D.I. Ivanovskiy tomonidan, tamaki bargining kasalini o'rganish natijasida topilgan. Bu mavjudot o'ta mayda bo'lib, har qanday (xatto chinni)filtrdan ham utib ketadi. Viruslar o'z tuzilishiga ko'ra o'ta sodda bo'ladi. Ularda oqsil gilof (kapsid )ga uralgan bir molekula nuklein kislotasi mavjud. Kupgina viruslar ustidan oqsil va lipiddan iborat yana bir parda - adperkapsid bilan uralgan. Viruslarning tuzilishi fakatgina elektron mikroskop orkaligina urganiladi. Viruslar ikki guruhga bulinadi: DNK va RNK tutuvchi viruslar, yani riboviruslarga tamaki mozaikasi virusi, DNK tutuvchi viruslar-desoksiviruslarga chechak, papilloma viruslari, adenoviruslar, bakteriofag misol bo'ladi. (1-rasm) Viruslarning yetuk zarrachalari virospora (viron) larda hayot belgilari kurinmaydi. Ammo viruslar esa hayotning shu bosqichida hujayraga kirishi bilanok tiriklikning barcha belgilarni namoyon qiladi.Viruslarga ulik materiya bilan ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.31 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.31 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx