hujayra komplaeksi, kimyoviy birikmalar biomolekulalar Reja: 1. Oqsil molekulasining tuzilishi va tarkibi 2. Oqsillarning Xossalari 3. Oqsil Tuzilmasi Va Funksiyasi 4. Nuklein Kislotalar Tayanch so'zlar.Mikroelementlar, makroelementlar, oqsillar, nuklein kislotalar, anorganik, organik, biomolekulalar, uglevodlar, protein, proteid, karboqsil guruh, dikarbon, monokarbon, monoamino, diamino, radikal, gidroqsil, element Biokimyo evolyutsiyaning molekulyar mexanizmi, o'simliklardagi fotosintez biokimyosi haqidagi masalalarni o'z ichiga olib, juda katga ahamiyatga egadir. XX asrning 50 - 60 yillarida, genlar replikatsiyasi mexanizmini tushuntirib berishga imkon ochgan DNK tuzilishi anikdangandan keyin molekulyar biologiya shakllana boshladi. Tirik organizmlardagi molekulalarning o'zgarishini ikki yo'nalishda o'rganish mumkin: Birinchi yo'nalish: tirik hujayra organizm va organlarning funksiyalarini bajarish uchun ushbu jarayonning qanday roli borligani aniqlash bo'lib, bunday molekulyar jarayonlar biologik hodisalarni tushuntirib berish uchun xizmat qiladi. Ikkinchi yo'nalish: biokimyoviy jarayonlarning kimyoviy va fizik asoslarini anikdash, ya'ni molekulalarning organizmda nima bo'lishini kimyoviy va fizik qonunlar asosida tushuntirib berish. SHuningdek, biokimyo fani bir qancha bo'limlarga ajratilib, viruslar biokimyosi, o'simliklar biokimyosi, hayvonlar biokimyosi, meditsina (odam) biokimyosi kabi bo'limlarga ajratilib o'rganiladi. SHuni ta'kidlash kerakki, biokimyo umumbiologik ahamiyatga ega bo'lib, hayotiy jarayonlarning kimyoviy xossalarini, o'ziga xos qonuniyatlarini o'z ichiga oladi. Biokimyo tuzilishi jihatdan barcha darajadagi tirik organizmlarning rivojlanishi va funksiyalarini ado etib borishiga sabab bo'lib boruvchi kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni o'rganadi. Hujayrada kechadigan kimyoviy jarayonlar. Tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayoti ularning hujayralarida kechadigan to'xtovsiz kimyoviy jarayonlarga bog'liqdir. Hujayrada kechadigan kimyoviy jarayonlar bevosita fermentativ reaksiyalar bilan bog'liqdir. Bunday murakkab jarayonlar esa biokimyo fani asosidao'rganiladi. Biologik kimyo (biokimyo) barcha tirik organizmlar tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tarkibini, sifat o'zgarishldri va miqdoriy nisbatlarini, ularda kechadigan hayotiy jarayonlar asosini tashkil qiluvchi kimyoviy jarayonlarni o'rganadi. Barcha tirik organizmlar o'zida to'xtovsiz ravishda moddalar va energiya almashinuvi jarayonlari borishi bilan jonsiz tabiatdan farq qiladi. Ular o'ziga xos ajoyib tuzilgan bo'lib, organizmda boradigan moddalar almashinuvi jarayonlarini avtonom boshqarish, o'z-o'zini qayta tiklay olish, tashqi muhit ta'siriga javob bera olish, holat va xususiyatlarini o'zgartira olish kabi hayotiy. jarayonlar doimo hujayrada kechadi. Biokimyo fani tirik organizmlarni tashkil qiluvchi va hayotini ta'minlovchi moddalarni, organizmda boradigan kimyoviy jarayonlarni o'rganar ekan, quyidagi bo'limlarga bo'linadi: Statik biokimyo - tirik organizmlarning kimyoviy tarkibini, ularni tashkil qilgan moddalarning kimyoviy tabiati, xossa va xususiyatlarini, miqdoriy nisbatlarini o'rganadi. Dinamik biokimyo - tirik mavjudotlarni tashkil qilgan moddalarning kimyoviy o'zgarishlarini, yangilanish va energaya o'zgarishini o'rganadi. Funktsional biokimyo - bir tomondan, har xil kimyoviy moddalarning tuzilishi bilan o'zgarishlari orasidagi bog'lanishni, ikkinchidan, o'z tarkibida xuddi pgu moddalarni tuttan to'qima va organlarning funksiyasi bilan ularda boradigan moddalar almashinuvi jarayonlari orasidagi o'zaro bog'lanishni o'rganadi. Biokimyoning bunday bo'linishi shartli bo'lib, amalda ular ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.02 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
37.02 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx