hujayra yadrosi Reja: 1. Yadroning tuzilishi va faoliyati. 2.Yadro kobigi (Kariolema). 3. Yadrocha. 4. Xromatin. 5. Xromosomaning nozik tuzilishi va uning shakllanishi. Yadro hujayralarning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo'lib, u eukariot organizmlar hujayralarning hammasida uchraydi. Fakat ayrim yuksak darajada tuzilgan hujayralardagina (sut emizuvchilarning eritrotsitlarida) yadro bulmasligi mumkin. hujayra yadrosini Robert Broun 1831 yilda aniklagan. Yadro (yunonocha-karyop; lotincha- pusleus) terminini 1833 yilda Broun tarafidan fanga kiritilgan bo'lib, u o'simlik hujayralaridagi sharsimon doimiy tuzilmalarni shu nom bilan atagan. Yadro tsitoplazma bilan doimiy o'zaro munosabotda bo'lib, u bilan birga hayotiy jarayonlarda ishtirok etadi. Yadrosiz hujayralarning asosiy hayotiy faoliyati tuxtaydi. Yadrodan mahrum bo'lgan amyoba oziqlanishi mumkin, ammo uni hazm kilolmay tezda nobud bo'ladi. Yadrosiz hujayralarning bo'linish i tuxtaydi. Masalan, bir hujayrali suv uti-atsetabulyariya kundalang kesilganda, yadrosiz soyabon kismi halok bo'ladi. Yadro juda murakkab faoliyatlarni bajaradi; yadro hujayraning eng zarur kismi bo'lib, barcha hayotiy jarayonlarni boshqaradi; yadro irsiy belgilarning nasldan naslga berilishida va hujayrada oqsil moddalar sintezlanishida asosiy rol uynaydi; to'qima, organ va organizm hujayraning bo'linish i hisobiga usadi va rivojlanadi, yani kariokinez bo'linish i ta'minlaydi va shundan keyingina hujayra bulinib kupayadi. Yadro va uning tarkibiy qismlari hujayraning interfaza holatida urganiladi. Yadro umumiy tuzilishga ega bulsa ham, ular kattaligi,shakli hamda ichki tuzilmalarining rivojlanishi, ko'rinishiga ko'ra farqlanadi. Kupgina hujayralarning yadrosi yumalok,tuxumsimon shakllarda bo'ladi. Yadroning shakli hujayraning shakliga mos bo'ladi, fakat bazi hujayralarda noto'g'ri shaklda ham bo'lishi mumkin. Sharsimon, kubsimon, ko'p kirrali hujayralarda yadro yumalok shaklga ega. Prizmatik, silindrsimon hujayralarda yadro uzun ellipssimon, yassi hujayrada esa duksimon bo'ladi. Noto'g'ri shakldagi yadrolarga bazi bir leykotsitlarning yadrosi misol bo'ladi. Yadro hujayrada asosan bitta (bir yadroli hujayrada) yoki ikkita(ikki yadroli hujayrada) bo'ladi. Masalan, infuzoriya tufelkasida ikkita yadro, yani katta yadro (makronukleus) va kichik yadro (mikronukleus) bo'ladi. ko'p yadroli hujayralar yoki simplastlar ham mavjuddir. Masalan, karnaychi degan infuzoriyaning yadrosi tasbehsimon, kizil kumikdagi hujayralarda uzuksimon, leykotsitlarda kolbasimon sigmentlangan bo'ladi. Yadroning o'lchami, kattaligi turlicha bo'lib, 4 mkm dan (spermatozoid) 40 mkm gacha (tuxum hujayra) bo'ladi. Yadro o'lchami tsitoplazma ulchamiga kupincha to'g'ri proportsional bo'ladi. Yadro va tsitoplazmaning xajm nisbati yadro-plazma nisbati deb ataladi. Yadroning hujayrada joylashishi har xil bo'lib, hujayraning faoliyati va shakliga bog'liq bo'ladi. Differtsiallashmagan hujayralarda yadro geometrik markazda joylashadi. hayvon va odamlarning bez hujayralarida yadro hujayralarning bazal kismida joylashib, apikal kismi sekret bilan band bo'ladi. Yadro quyidagi asosiy strukturaviy komponentlardan iborat: 1-yadro kobigi;2-xromatin strukturalari; 3-bir yoki necha yadrocha; 4-karioplazma (yadro shirasi) (7-rasm). 7-rasm.A.hujayra yadrosi kundalang kesimining sxematik ifodasi: 1-yadro pusti; 2-yadro poralari; 3-yadrocha; 4-karioplazma;5-ichki membrana;6-tashqi membrana; 7-yadro pustining poralari. B. Yadroning elektron mikroskopda ko'rinishi. Yadroning ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.94 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.94 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: doc