Hujayra, uning tuzilishi va faoliyati

Hujayra, uning tuzilishi va faoliyati

O'quvchilarga / Biologiya
Hujayra, uning tuzilishi va faoliyati - rasmi

Material tavsifi

hujayra, uning tuzilishi va faoliyati Reja: 1. hujayra tuzilishining sxematik ifodasi. 2.Biologik membranalar. 3. hujayra kobigi. 4. hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari. Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga karaganda murakkab va xilma xil tuzilgan. Ularda haqiqiy yadro vaorganoidlar mavjud. Bir hujayralai suv utlari, zamburug'lar, sodda hayvonlar, yuksak tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar, hayvonlar va odamlar eukariot organizmlarni tashkil etadi. o'simlik va hayvon hujayra tuzilishiga ko'ra umumiy o'xshashlikka ega bo'lib, o'z navbatida malum qismlari bilan farq qiladi(4-5rasm) Xar bir hujayra plazmatik membrana-plazmolemma, tsitoplazma va yadrodan tashkiltopgan. hujayra tashqi muhitdan tsitoplazmatik parda bilan ajralib turadi. Yadrodan tashqari hujayraning ichidagi barcha tuzilmalarning hammasi tsitoplazma deb nomlanadi. Tsitoplazma - grekcha citos - idish, plasma- shira hosil bo'lish degan manoni anglatadi. Eukariotik hujaralar tsitoplazmasining tuzilishi va tarkibi turlicha bo'lib, gioplazma, hujayra organellari va kiritmalardan tuzilgan. Bu kismlar tsitoplazmada bo'lishi shartdir. Bu kismlar bir biri bilan bog'liq holda kelishib ishlaydi. Yadro: yadrocha, xromatin, karioplazma (yadro shirasi) va kariolemma (yadro kobigi) dan iborat. yorug'lik va elektron mikroskop orqali olingan ma'lumotlarga asoslanib, hujayraning qismlarini quyidagi sxemada ifoda etish mumkin. BIOLOGIK MYeMBRANALAR VA hujayra QOBIGI Biologik membranalar. Bu membranalar murakkab va o'ta maxsus, o'ziga xos tuzilmalar bo'lib, hujayraning hayotiy jarayonini belgilab turadi. Membranalar hujayraga moddalarning kirishi va chiqishini, membranalar bilan bog'liq bo'lgan biokimyoviy jarayonlarni va membranalarda joylashgan fermentlar orqali hujayra modda almashinuvini (metabolizmini) boshqarib turadi. Membranalar chegaralash funksiyasini ham bajaradi. Turli modda molekulalari (masalan oqsillar) maxsus, o'ziga xos xususiyatlarga fakatgina malum tartibda joylashishi va o'zaro munosabati natijasida ega bo'ladi. Moddalarning bunday munosabati biologik membranalarda kuzatiladi. hozirgi vaqtda biologik membrananing tuzilishini talqin etuvchi turli xil nazariyalar mavjud. Bularning ichida eng tarkalgani membraning kavatli tuzilishini ifodalovchi Davson va Danielli nazariyasidir. Bu olimlar boshqa tadqiqotchilarni eritrotsit membranasining lipid va oksidlardan iborat degan fikrni davom ettirib, lipidlar biomolekulyar parda shaklida membrana markazida joylashishini, oqsil molekulalari esa membrananing tashqi tarafida joylashishini talqin etdilar. Lipid molekulalari bir-biriga parallel joylashib, ularning gidrofil (polyar) qismlari oqsil molekulalariga karab yotadi. Lipid molekulasining gidrofob (nopolyar) qismlari esa bir-biriga karab yotadi.Shunday qilib, lipid molekulalari ikki oqsil kavati bilan boglangandir F. Shyostrand esa oqsil molekulalari globulyar tuzilishga ega deb hisoblaydi. Ana shunday tuzilish hamma membrana tuzilmalari uchun xarakterlidir. Robertson bunday tuzilishga ega bo'lgan membranalar elementar biologik membrana deb nomlagan. Oxirgi vaqtlarda membranalar tuzilishini ifodolovchi boshqa nazariyalar ham paydo buldi. Bu membranalarning globulyar subbiriklaridan tashkil topganligini talqin etuvchi mitsellyar nazariyadir. Bu subbirliklar lipoproteid komplekslaridan iborat bo'lib, oqsil molekulalari shu subbirlik tashqarisida, lipid esa ichida joylashadi. Kupchilik olimlarning fikricha, oqsil molekulalari aminokislotalarning polyar gruppalari va fosfolipidlarning boshchalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.97 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.97 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga