Hujayralarning kimyoviy tarkibi va xossalari

Hujayralarning kimyoviy tarkibi va xossalari

O'quvchilarga / Biologiya
Hujayralarning kimyoviy tarkibi va xossalari - rasmi

Material tavsifi

hujayralarning kimyoviy tarkibi va xossalari Reja: 1. hujayraning kimyoviy tarkibi. a) oqsillar; b) fermentlar; v) yoglar; g) karbonsuvlar; d) suv va noorganik tuzlar. 2. hujayraning fizik-kimyoviy xossalari. Kimyoviy analiz orqali hujayra tarkibi atmosfera va Yer kobigida keng tarkalgan moddalar borligi aniqlangan. Odam tanasining 96% 4 elementdan: uglerod, vodorod, kislorod va azotdan takshil topgandir. Kaltsiy, fosfor, kaliy va oltingugurt esa odam tanasining 3% ini tashkil qiladi. Oz miqdorda natriy, xlor, yod, temir, magniy bo'ladi. Mis, marganets, kobalt, rux va boshqa mikroelementlar esa ulardan ham kam bo'ladi. hujayraning hayotiy xususiyatlari tarkibidagi oqsilga bog'liq. Modda almashinuvi, hujayra moddalarning yangitdan hosil bo'lib turishi - hujayradagi hayotiy jarayonning asosini tashkil qiladi. Bu: assimilyatsiya yoki oralik muhitdagi moddalarning tsitoplazma moddasiga aylanishi (tabiiy sintez); dissimlyatsiya-tsitoplazmadagi moddalarning hujayra ehtiyoji uchun energiya hosil qilib parchalanishi; o'sish - hujayraning malum qismlarining kattalashuvi va yangitdan paydo bo'lishi natijasida tsitoplazma masasining olishi; differentsirovka-yangi funksional xususiyatlarning hosili bo'lishi bilan hujayra tuzilishining murakkablanishi, harakatlanish - hujayraning muhitda siljishi; irsiyat-biologik belgilarning saqlanishi va nasldan-naslga utishi kabi murakkb jarayonlardan iborat. hujayradagi quyidagi kimyoviy komponentlardan tuzilgan: oqsil. oqsil tarkibida uglerod, vodorod, kislorod, azot va ozik miqdorda oltingugurt va fosfor bo'ladi. oqsillar aminokislotalardan tashkil topgan.Aminokislotalarda kislotali (karboqsil)gruppa- SOON va ishkoriy (amin) gruppa - NN mavjud. Kislota va ishkoriy gruppalarning bo'lishi aminokislotalarga amfotermik xususiyat beradi. Aminokislotalar polipeptid boglar orqali birlashib uzun polipeptid zanjirlarni hosil qiladi. Aminokislotalarning birlashish tartibi har bir hayvon oqsil molekulalarining mahsuligini belgilaydi. Aminokislotalarning o'zaro polipeptid zanjirlar hosil qilib birlashishi hamda ularning yon zanjirlarining o'zaro reaksiyaga kira olish xususiyati oqsil molekulalarining murakkab tuzilishini belgilaydi. hozirgi vaqtda oqsil molekulasining birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va kupincha turtlamchi strukturasi farqlanadi. Birlamchi struktura aminokislotalarning oqsil zanjirida ketma ketligi bilan belgilanadi. oqsilning ikkilamchi strukturasi alfa - spiral va beta struktura ko'rinishida bo'lishi mumkin. Birinchisi - globulyar oqsillar uchun, ikkinchisi molekulalari bir - biriga paralel yotuvchi fibrillyar oqsillar uchun xarakterlidir. oqsilning uchlamchi strukturasi spiral shakldagi polipeptid zanjirning dumalok bo'lib uralishidan hosil bo'ladi. oqsilning turtlamchi strukturasi- uchlamchi strukturalarining yig'indisidan iborat. Bir necha noaktiv subedinitsa birlashib bitta funktsioanal aktiv subedinitsa hosil qiladi. oqsillar fakat aminokislotalardan tashkil topgan bulsa, oddiy oqsillar yoki proteinlar deyiladi. Oddiy oqsillar hayvon hujayrasi yadrolarida uchraydigan protein va gistonlar, hujayra tsitoplazmasi va kon plazmasidagi albumin va globulinlar, mushak tolasidagi miozin va boshqalar misol bula oladi. Murakkab oqsil yoki proteidlar oqsil va oqsil modda prostetik grupadan tashkil topgan. Prostetik gruppa turiga karab, quyidagi murakkab oqsillar farq kilinadi. Glyukoproteidlar - karbonsuv birikmasini ushlovchi murakkab oqsillar. Bularga ovqat hazm qilish yo'lidagi shillik bezlar sekretida uchraydigan mutsin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.76 KB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.76 KB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga